Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar. R e j a : 1.Perinatal va chaqaloqlik davrida psixofiziologik rivojlanishga xos xususiyatlar. 2. Go'daklik davrining psixologik xususiyatlari. Go'dak va muloqot. 3. Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari. 4. Ilk bolalik davrida nutqning, o'z-o'zini anglashning rivojlanishi va 3 yosh inqirozi. ASOSIY TUSHUNCHALAR Predmetli faoliyat - ilk bolalik davrida yetakchi faoliyat turi bo'lib, bola atrofidagi predmetlarning ijtimoiy mohiyati va funksiyalarini o'zlashtirishdan iborat. Motivlar ierarxiyasi - Tarbiya sharoitiga qarab turli motivlarning ahamiyatliligiga ko'ra tabaqalanishi. Senzitiv davr - biror psixik funksiya yoki xususiyatning rivojlanishidagi eng tez va qulay davr. Jonlanish kompleksi -2-3 oylikka borganda bolaga tashqi muhitga va kattalarga nisbatan maxsus emotsional harakat paydo bo'ladi. Oyog'i va qo'llari bilan tipirchilay boshlaydi. Bu reaksiya jonlanish kompleksi deb ataladi. Uning paydo bo'lishi chaqaloqlik davri tuguganligini bildiradi. Yosh - psixik taraqqiyotning sifat jihatdan chegaralangan bosqichi bo'lib, fiziologik va psixologik jihatdan barcha normal kishilar uchun tipik hisoblanadi. Har bir yosh davriga xos taraqqiyotning ijtimoiy situasiyasi mavjud. (1- ilova) (2-ilova) Ma'ruza matni bilan tanishib, chaqaloqlik, go'daklik, ilk bolalik davrlari haqida va har bir davrdagi muhim o'zgarishlar hamda farqlarini belgilang. (3-ilova) Aqliy hujum usulidan foydalangan holda auditoriyaning tayyorgarlik darajasini aliqlash. 1. Go'daklik davrining asosiy xususiyatlarini ayting. 2. Ilk bolalik davrida bolaning aqliy rivojlanishi qanday amalga oshadi? Perinatal va chaqaloqlik davrida psixofiziologik rivojlanishga xos xususiyatlar. Bolaning ona qornidagi o'sish davri onaning organizmiga uzviy bog'liq holda kechadi. Chaqaloqning barcha hayotiy funksiyalari - ovqatlanish, nafas olish, nafas chiqarish, havo haroratining o'zgarishiga va atmosferadagi moddalar almashinuviga moslashish va hoka'zolar onaning organizmi orqali amalga oshadi. Chaqaloqning tug'ilishi sifat o'zgarish daqiqasi, ijtimoiy rivojlanishning yangi ko'rinishi boshlanadigan nuqta ekanligi bilan muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun tug'ilish tabiatning chaqaloq organizmiga kuchli larzaga keltiruvchi mo'jizasidir. Bunda ona qornidagi barqaror muhitda yashagan jonzot favqulodda yangi sharoitga, son-sanoqsiz xossa va xususiyatlarga ega bo'lgan qo'zg'ovchilar doirasiga tushadi. Avval chaqaloq organizmining ona organizmidan ajralishi sodir bo'lib, ijtimoiy-tabiiy sharoitlarga moslashuvi boshlanadi. Uning murg'ak organizmida tub o'zgarishlar ro'y beradi, unda yangi sharoitlarga ko'nikish davri kurashlar ostida o'tadi. Chaqaloq organizmi miqdor va sifat o'zgarishlariga, tashqi olamniig qarshiligiga, ta'siriga, tazyiqiga duch keladi; fazo, vaqt va harakat muammolari mutlaqo boshqacha tarzda uning bosh miya katta yarim sharlari po'stida aks eta boshlaydi. Chaqaloqda ona organizmi bilan anatomik, morfologik va konstitutsion bog'liqlik davri tugagan bo'lsa-da, biroq u dastlabki daqiqalardan boshlaboq mustaqil yashay olmaydi, onaga fiziologik jihatdan tobeligacha qolaveradi. Chaqaloq yashashi uchun organizmi talab qiladigan ovqat, oqsillar mazkur o'sish pallasida ona suti orqali borib turadiChaqaloq hayvonlarning bolalariga qaraganda, himoyaga muhtojroq, nochorroq bo'lib ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
150 KB
Ko'rishlar soni
1012 marta
Ko'chirishlar soni
139 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:52
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
150 KB
Ko'rishlar soni
1012 marta
Ko'chirishlar soni
139 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:52 ]
Arxiv ichida: docx