O'quv faoliyatini tashkil etish shakllari

O'quv faoliyatini tashkil etish shakllari

O'quvchilarga / Psixologiya
O'quv faoliyatini tashkil etish shakllari - rasmi

Material tavsifi

O'quv faoliyatini tashkil etish shakllari Reja: Ta'limni tashkil etishning asosiy shakli. Ma'ruza o'qishga qo'yiladigan asosiy talablar. Ma'ruza turlari: kirish, axborot, muammoli, vizual aloqa, binar. Ma'ruzaning tuzilishi. Ma'ruzani tashkil etish shakllari. Ta'limni tashkil etishning asosiy shakJi maktabda dars va oliy maktabdagi ma'ruza hisoblanadi. Biror bir ta'limni tashkil etish shakli o'quv ishlari masalasi va usullariga qarab tuzilishini va modefikatsiyasini o'zgartirishi mumkin. Misol uchun, dars - o'yin, dars - konferensiya, dialog, amaliyot va muammoli ma'ruza, binar, ma'ruza - telekonferensiya va boshqalar. Maktabda darslar bilan birga boshqa tashkiliy shakllar ham qo'llaniladi (laboratoriya praktikum, mustaqil uy ishi, fakultativ, to'garak). Ma'lum nazorat shakllari ham mavjud bo'lib ular: og'zaki va yozma imtihonlar, nazorat va mustaqil ishlar, nazorat, test topshirish, suhbat o'tkazish shular jumlasidandir. Oliy maktabda ma'ruzadan tashqari o'qitishning boshqa tashkiliy shakllaridan ham foydalaniladi - seminar, laboratoriya ishi, amaliy mashg'ulot talabalarning mustaqil ishi, ishlab chiqarish amaliyoti, boshqa o'quv yurtida yoki chet el o'quv yurtida stajirovkada bo'lish va shu kabilar. Ta'limning natijalarini baholash va nazorat qilish shakli sifatida imtihonlar, nazoratlar, baholash reyting tizimidan, referat, kurs ishlari va diplom ishidan foydalaniladi. Dars tiplari quyidagilardan iborat: Aralash dars. Uning tuzilishi: tashkiliy qismi, uy ishini tekshirish, yangi materialni o'rgatish, yangisini ilgari o'rganilgan material bilan solishtirish va mustahkamlash, amaliy topshiriqlarni bajarilishi, darsga yakun yasash va uyga topshiriqlar berish. Yangi materiallarni o'rganish darsi odatda, katta sinf o'quvchilarini o'qitishda qo'llaniladi. Ushbu turdagi dars doirasida quyidagi darslar olib boriladi - ma'ruza, muammoli dars, dars - konferensiya, kino dars, dars - tadqiqot. Bilimlarni mustahkamlash, ko'nikma va malakalarni shakllantirish darsi seminar, amaliy, ekskursiya, mustaqil ishlar hamda laboratoriya amaliyoti ko'rinishida olib boriladi. Umumlashtirish va tizimlashtirish darsi fanni to'liq o'zlashtirish uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan dasturning asosiy masalalari bo'yicha o'quv materialining katta qismlarini tizimli takrorlashga qaratilgan. Bunday darsni o'tishda o'qituvchi o'quvchilar oldiga muammoni qo'yadi, qo'shimcha ma'lumotlar olish manbalarini ko'rsatadi hamda o'xshash masala va amaliy mashqlar beradi, topshiriqlar va ijodiy xarakterdagi ishlarni topshiradi. Bunday dars paytida o'quvchilarning uzoq vaqt davomida - chorak, yarim yillik, o'quv yili davomida bir necha mavzular bo'yicha bilim, mahorat va ko'nikmalari tekshiriladi, baholanadi. Bilim, mahorat va ko'nikmalarni nazorat qilish hamda tuzatish darsi o'qitish natijalarini baholash uchun, o'quvchilarning bilim darajasini diagnostika qilish, o'quvchilarning o'z bilimlarini qo'llashga tayyorliklari, o'qitishning turli vaziyatlarida mahoratlari va ko'nikmalarini tekshirish uchun moijallangan. Bunday darslarning ko'rinishlari og'zaki yoki yozma so'rov, diktant, masala va misollarni ifoda etish yoki mustaqil yechish, amaliy ishlarni bajarish, imtihon, mustaqil yoki nazorat ishi, test olish bo'lishi mumkin. Yakuniy dars natijalariga qarab keyingi mashg'ulot odatiy xatolarni, bilimdagi kamchiliklarni tahlil qilishga, qo'shimcha topshiriqlarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 44.24 KB
Ko'rishlar soni 297 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:48 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 44.24 KB
Ko'rishlar soni 297 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga