Ota ona va bolalar psixologik munosabatlari

Ota ona va bolalar psixologik munosabatlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Ota ona va bolalar psixologik munosabatlari - rasmi

Material tavsifi

Ota-ona va bolalar psixologik munosabatlari Xalqimizning milliy ongi, milliy g'ururi, milliy iftixori o'sib, ma'naviy dunyosi kundan kunga boyib bormoqda. Bu esa mustaqil davlatimizning ma'naviy asosini yanada mustahkamlashga imkoniyat yaratib bermoqda. Lekin bundan ma'naviyat sohasida hech qanday muammo yo'q degan xulosani chiqarib bo'lmaydi. Bugungi kunda erkin fuqaro ma'naviyati, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir. Ota-ona va farzand munosabatlari haqida gapirilganda, shuni alohida takidlash kerakki, ota-onaning haq-huquqlari farzandoldida muayyan burchlarni vujudga keltirsa, bolaning huquqlari ham ota-onalarga malum vazifalarniyuklaydi. Oilada farzand dunyoga kelsa uni eru ko'kka ishonmay extiyotlab katta qilishadi, bundan kelib chiqib u bola atrofdagilarni doimo unga bo'lgan etiboridan mustaqil ravishda yashash ko'nikmalarini uncha bilmagan holda ulg'ayib boradi. Keyingi dunyoga keluvchi farzandlarni tarbiyalashda ota-onalik ustanovkalarining ko'rinishlari paydo bo'la boshlaydi. Hayot tajribalari oshib borishi bilan birga farzandlariga o'zaro munosabatlari xususiyatlarini o'rgatib borishadi. Sibling maqomi: tung'ich-bushrok, kenja-ujar, tajang, gapini kildiradigan erkatoy va yolgiz farzand oiladagi barcha a'zolar uning xoxishini doimo bajarib yakka farzandligini tushungan holda u o'z fikrini, xoxishini doimo amalga oshishiga erishadi, tengkurlari bilan uynashda kizganchikligini namoyon etadi. Ota-ona va farzandlar munosabatlarini diagnostika qilish. Farzandxoh qiz bo'lsin, xoh o'g'il, Alloh tomonidan ota-onaga inom etilgan tuhfa va sinov hisoblanadi. Demak ota-onaga farzandni qadrlash, ularning huquqlariga rioya etish va chiroyli ta'lim-tarbiya berishorqali amalga oshiriladi. Bola huquqlarinihimoyalashdagi eng birinchi va asosiy omil bola dunyoga kelmasdan oldin yuzaga keladi hamdaqonuniy nikoh asosida oila ko'rishda o'z aksini topadi.go'dakning o'z nasabini bilishi va oilada dunyoga kelishi ota-ona zimmasidagi mas'uliyatli vazifalardan biri hisoblanadi. Farzandiga chiroyli va munosib ism tanlash ota-onaning mas'uliyatli vazifalaridan biri hisoblanadi. Farzand katta bo'lib oq qorani taniganida o'z ismidan uyaladigan bo'lmasligi lozim.Balki nomi unga ziynat bo'lib turishi darkor. Ona sutini emib, sog'lom katta bo'lish huquqi yangi to'g'ilgan har bir guo'dakning bu dunyodagi ilk ehtiyoji. hisoblanadi. So'nggi ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, yangi to'g'ilganbolaning sog'lom ulg'ayishi uchun ona sutidan foydaliroq ozuqa yo'q. Shunday ekan imkon qadar bolani ona suti blan oziqlantirish zarur. Malumki, emizish onaning huquqi sanaladi, lekin biror sabab bilan ona bunga qodir bo'lmasa, emizuvchi topish va uni rozi qilish ota vazifasiga kirishini diniy tomondan asoslab berilgan. Bola balog'at yoshiga qadar kattalarning yordamiga muhtoj bo'ladi. Ovqatlanish, qiyinish, yuvinsh va boshqa holatlarda ota-onasi, ular bo'lmasa yaqin qarindoshlari ko'mak berishlari, yani uni o'z himoyalarida saqlashlari, tarbiyalashlari shartdir. Shuningdek farzand balog'at yoshiga etgach, unga to'g'ri maslahat berish, hayot tarzini nazorat qilish ham ota-onaning vazifasi bo'lib, ular bo'lmasa, bu mas'uliyat yaqin qarindoshlariga yuklatiladi. Bolalarni moliyaviy jihatdan, yani oziq-ovqat, kiyim-kechak, turarjoy bilan ta'minlash otaning burchidir. Bu ta'minot albatta halol yo'l ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 12.96 KB
Ko'rishlar soni 226 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:52 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 12.96 KB
Ko'rishlar soni 226 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga