Psixik rivojlanish va ta'lim Reja: 1. Psixik rivojlanish shartlari 2. ta'lim va tarbiya jarayonida bola psixik rivojlanishining asosiy yo'llari 3. ta'lim jarayonida bolalar rivojlanishining pedagogik shartlari va qonuniyatlari 4. Yosh bo'yicha rivojlanishning davriylashtirilishi 1. Psixik rivojlanish shartlari Inson psixikasi doimo rivojlanishda. Bola insoniyat tarixi davomida jamg'argan tajribalarni o'zlashtirishi jarayonida rivojlanadi. Bu jarayon kattalar tomonidan doimiy nazorat, yani ta'lim sharoitida amalga oshadi. ta'lim bolaning psixik rivojlanishi jarayonida belgilovchi rol o'ynaydi. ta'lim tabiiy istedod, ijtimoiy muhit va u yoki bu yosh uchun samarali, tushunarli ta'lim usullariga asoslanadi. Shunday qilib, shu narsani ko'rish mumkinki, go'daklikda ko'rgazmali-harakatli fikrlash, keyin esa ko'rgazmali-obrazli, og'zaki-mantiqiy, mavhum, umumiy nazariy fikrlash turlari paydo bo'ladi. Rivojlanish jarayonida faqat bilim va harakat usullarining o'zgarishi, murakablashishi sodir bo'lmaydi. Bolaning psixik rivojlanishi uning butun shaxsidagi o'zgarishlar, yani shaxsning umumiy xususiyatlari rivojlanishini o'z ichiga oladi. Rivojlanish dinamikasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) bola shaxsini yo'naltirishdagi umumiy xususiyatlar (o'qish, anglash, atrofdagilar bilan munosabat), 2) faoliyatining psixologik tuzilishi xususiyatlari (motiv, maqsad, obyekt) va 3) anglash mexanizimining rivojlanish darajasi. Shunday qilib, bolaning butun rivojlanish jarayonini uch qismga bo'lish mumkin: 1) ta'lim jarayonida bilim va faoliyat usullarining rivojlanishi, 2) egallangan usullarni tatbiq etish mexanizmlarining psixologik rivojlanishi, 3) shaxs umumiy xususiyatlarining rivojlanishi (yo'naltirilganlik, faoliyatning psixologik tuzilishi, anglash va fikrlash). Ko'rsatilgan rivojlanish yo'llarining har biri o'ziga xos. Bu yo'llarning barchasi o'zaro bog'liqlik va faqat birgalikdagina psixik rivojlanish deb ataluvchi shaxsdagi o'zgarishlar jarayonini tashkil etadi. 2. ta'lim va tarbiya jarayonida bola psixik rivojlanishining asosiy yo'llari Inson psixik rivojlanishining ijtimoiy shartliligi rivojlanish jarayonini bilim va ko'nikmalarning oddiy to'planib borishiga bog'lash mumkinligini anglatmaydi. Inson psixik rivojlanishining ijtimoiy tabiatini hisobga olish mazkur jarayonning murakkabligi va ko'pqirraliligini tushunish imkonini beradi, chunki faqat shunday yondashuvdagina rivojlanish u yoki bu alohida vazifalarning miqdoriy ortishi emas, aksincha insonning umuman rivojlanishi sifatida namoyon bo'ladi. ta'lim va psixik rivojlanish mazmuni. Bilim va faoliyat uslubining murakkablashishi ta'lim jarayonida bolalar rivojlanishining asosiy va belgilovchi tomonini tashkil etadi. Masalan, shveytsariyalik psixolog J.Piaja o'zi olib borgan tadqiqotlar asosida takidlashicha, 7-8 yoshdan kichik bolalar raqam bilan bog'liq faoliyatga qodir emas. Shuningdek, bolaning psixik rivojlanishiga ta'lim mazmunining o'zgarishi va uning ta'siri haqida L.A.Venger, P.Ya.Galperin, D.B.Elkonin, V.V.Davidov va boshqalar yozgan. Usul va bilimlarni qo'llash psixologik mexanizmlarining rivojlanishi. Faoliyatning umumiy turi aniqlangach, bolalar tomonidan ayni usullar turli darajada qo'llanilishi mumkin. O'quvchilar faoliyatning nisbatan yuqori shakllari va turlariga (shuningdek, aqliy) masalan, aniq va abstrakt bilimlarni bog'lay olish va o'zaro nisbatini aniqlay bilishga o'rgatilishi lozim. Shaxs umumiy xususiyatlarining rivojlanishi. Rivojlanish jarayonida faqat bilim va faoliyat usullarining o'zgarishi va murakkablashishi sodir bo'lib ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22 KB
Ko'rishlar soni
201 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:53
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22 KB
Ko'rishlar soni
201 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:53 ]
Arxiv ichida: docx