Psixik rivojlanish va uni davrlashtirish muammosi. R e j a : 1. Psixik rivojlanish haqida tushuncha, uning o'ziga xos xususiyatlari. 2. Psixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari, omillari. 3.Yosh taraqqiyotini davrlarga bo'lish 4.Yosh krizislari va yetakchi faoliyati. Asosiy tushunchalar: Senzitiv davr - biror psixik funksiya yoki xususiyatning rivojlanishidagi eng tez va qulay davr. Interiorizatsiya - avval tashqariga, boshqa odamlarga qaratilgan psixik funksiyaning shaxsning ichki funksiyasiga aylanishi. Akseleratsiya - bolalar va o'smirlarda ma'lum davrlarda somatik va fiziologik o'sishning tezlashuvi. Yosh - psixik taraqqiyotning sifat jihatdan chegaralangan bosqichi bo'lib, fiziologik va psixologik jihatdan barcha normal kishilar uchun tipik hisoblanadi. Har bir yosh davriga xos taraqqiyotning ijtimoiy situasiyasi mavjud. Psixik taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuchlar. Biogenetik qonunni F. Myuller va E. Gekkel kashf qilgan. Bunday qarashning ko'zga ko'ringan vakillaridan biri amerikalik psixolog S.Xolle (1844-1924) bo'lib, u Gekelning biogenetik qonunini psixologiyada bevosita ko'chiradi. Bu nazariyaga ko'ra ontogenezda bola o'z psixik taraqqiyotida filogenezni insonning tarixiy rivojlanish bosqichlarini qisqargan holda boshdan kechiradi. (chaqaloq-faqat sut emizuvchi hayvon, 6 oylikda maymunlar darajasiga yetadi, 2 yoshida oddiy odam, 5 yoshda ibtidoiy gala, maktabga kirgach ibtidoiy davr odami darajasida, 16-18 yoshda hozirgi zamon kishilari darajasiga yetadi deb hisoblaydilar. Inson zotidagi rivojlanishi bosqichlari filogenezni aynan takrorlamaydi. Biologizm tarafdorlaridan Krechmer «Konstitutsion nazariya» yaratgan. Z.Freyd esa shaxsning barcha xatti-harakatlari instinktlaridan kelib chiqadi deb hisoblaydi. Albatta, biologik omillar inson xulqini belgilovchi birdan bir omil emas. Sotsiogenetik nazariya - inson biologik tur sifatida tug'ilib, hayotdagi ijtimoiy shart-sharoitlarning bevosita ta'siri ostida shaxsga aylanadi, deb hisoblaydi. M: Rollar nazariyasi ta'limoti inson ijtimoiy muhitda bajarishi shart bo'lgan maxsus rollar uning xulq-atvorida, boshqalar bilan munosabatida sezilarli iz qoldiradi, deb hisoblaydi. S.Xoll rekapitulyatsiya qonunini (filogenezni qisqacha takrorlashni) psixologik o'sishning bosh qonuni deb hisoblaydi. Uning fikricha, ontogenez filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi. Olimning talqinicha, go'daklik hayvonlarga xos rivojlanish pallasidan boshqa narsa emas. Bolalak esa asosiy mashg'uloti ovchilik va baliqchilik bo'lgan qadimgi kishilarning davriga aynan mos keladi. 8-12 yoshlardagi o'sish davri yovvoyilikning oxiri va sivilizatsiyaning boshlanishidagi kamolotga tengdir. O'spirinlik esa jinsiy yetilishdan (12-13 yoshdan) boshlanib yetuklik davrigacha (22-25 yoshgacha) davom etib, romantizmga barobardir. S.Xollning talqinicha, bu davrlar bo'ron va tazyiqlar, ichki va tashqi nizolar (ziddiyatlar)dan iborat bo'lib, odamda individuallik tuyg'usi vujudga keladi. YOsh davrlarini tabaqalashning bu turi o'z navbatida tanqidiy mulohazalar manbai vazifasini o'taydi, chunki inson zotidagi rivojlanish bosqichlari filogenezni aynan takrorlamaydi va takrorlashi ham mumkin emas. Biogenetik konsepsiyaning boshqa bir turi nemis konstitutsion psixologiyasi (insonning tana tuzilishiga asoslangan nazariya) namoyandalari tomonidan ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs (psixologiyasi) tipologiyasining negiziga bir qancha biologik omillarni (masalan, tana tuzilishining tipi ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
313.83 KB
Ko'rishlar soni
427 marta
Ko'chirishlar soni
43 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:53
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
313.83 KB
Ko'rishlar soni
427 marta
Ko'chirishlar soni
43 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:53 ]
Arxiv ichida: docx