Psixika va ongning taraqqiyoti Reja: 1. Psixikaning filogenetik taraqqiyoti: 1) psixikaning taraqqiyot bosqichlari; a) seskanuvchanlik; b) sezuvchanlik. 2) hayvonlar xatti - harakati tiplari: a) instinkt; b) ko'nikma; v) intellektual harakat. 2. Psixikaning muhit va a'zolar tuzilishiga bog'liqligi 3. Inson ongining rivojlanishi Mavzu bo'yicha tayanch tushunchalar: Seskanuvchanlik - psixika taraqqiyotining dastlabki bosqichi bo'lib tirik organizmning biologik ahamiyatga ega qo'zg'atuvchining ta'siriga javob berish. Sezuvchanlik - psixika taraqqiyotining yuqoriroq bosqichi, sezish bilan bog'liq. Tropizm - biologik omillarga reaksiya qilish usullari. Sensor bosqich - sodda hayvonlarning tashqi muhit ta'sirini tanlab aks ettirishi. Pertseptiv bosqich - yuksak nerv tizimiga ega bo'lgan hayvonlarning tashqi muhitdagi narsalarni yaxlit holda aks ettirishlari Instinkt - hayvonlarning tug'ma xatti -harakati Intellektual harakat - faxm - farosat bilan bog'liq xatti - harakatlar Ong - psixikaning yuksak darajasi Ontogenetik taraqqiyot - bitta organizmning rivojlanishi Filogenetik taraqqiyot - butun insoniyat rivojlanishi 1. Psixikaning filogenetik taraqqiyoti 1) psixikaning taraqqiyot bosqichlari. Jamiki materiya, jonsiz anorganik materiyadan tortib, to organik materiyaning yuksak hamda murakkab shakli - inson miyasigacha moddiy olamning umumiy xususiyati bo'lmish aks ettirish xususiyatiga, ya'ni turli ta'sirlarga javob qaytarish qobiliyatiga egadir. Jonsiz tabiatda harakat jism yoki moddalarning o'zaro mexanik fizik va kimyoviy munosabatlari tarzida namoyon bo'lishi mumkin. Tirik materiyaga o'tishda harakatning shakli sifat jihatdan o'zgaradi. Tirik materiyaga aks ettirishning biologik shakllari xosdir. Tirik materiya taraqqiyotining ma'lum bosqichida aks ettirishning sifat jihatidan yangi shakli bo'lmish psixika yuzaga keladi. Hamma tirik organizmlar, o'simliklardan tortib hayvonlargacha evolyutsiyaning barcha bosqichida aks ettirishning biologik shakli bo'lgan seskanuvchanlik xususiyatiga ega. Seskanuvchanlik - tirik organizmlarning biologik ahamiyatiga ega bo'lgan ta'sirlarga javob qaytarish qobiliyatidir. Sodda, bir hujayrali tirik organizmlarda elementar seskanuvchanlik xususiyati bor bo'lib, ular tashqi muhit ta'siriga harakat bilan javob qaytaradi, muhit ta'sirida hujayra protoplazmasininng xususiyati o'zgaradi. Biologik omillarga maxsus harakatlar bilan reaksiya qilish usullariga tropizm deb ataladi. Tropizmlar har xil bo'ladi, fototropizm - tirik organizmning issiqlik ta'siri ostida harakat qilishga moyilligidir, xemotropizm - ma'lum fizik - ximiyaviy muhitni tanlab olishga moyilligidir, topotropizm tirik organizmning mexanik qo'zg'atuvchi ta'siri ostida harakatlanishdir. Tropizmlar o'simliklarning o'z-o'zini boshqarishiga imkon beradi. Hayvonlarda ta'sirlanishning yangi turi - sezuvchanlik yuzaga kelgan. YUksak tashkil topgan hayvonlarda sezuvchanlik taraqqiy etadi, sezgi a'zolari tarkib topadi. Narsalarning organizm uchun aslida befarq, ya'ni organik ehtiyojlarini qondirmaydigan belgilari (hidlari, shakllari, ranglari) signallik ahamiyatiga ega bo'ladi. Hayvonlarda o'simliklarga qaraganda sezuvchanlik tufayli ancha ko'p ta'sirlarni aks ettirish vujudga keladi. Masalan, infuzoriyalarning ular uchun neytral (befarq) bo'lgan yorug'likka reaksiya qilishlari kuzatilgan. Tajriba quyidagicha o'tkazilgan: suv to'ldirilgan nayga sodda hayvonlar joylashtirilib, naychaning bir tomoni isitilgan, Bir hujayrali hayvon ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.25 KB
Ko'rishlar soni
642 marta
Ko'chirishlar soni
46 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:54
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.25 KB
Ko'rishlar soni
642 marta
Ko'chirishlar soni
46 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:54 ]
Arxiv ichida: docx