PSIXlKANING NERV-FIZIOLOGIK ASOSLARI PSIXlKANING NERV-FIZIOLOGIK ASOSLARI Yuqorida aytilganidek, psixikaning moddiy asosi nerv sistemasi va avvalo bosh miyadir. Shu sababli nerv sistemasining tuzilishini va qanday ishlashini bilmasdan turib, psixik hayot hodisalarini tushunib bo'lmaydi. I. NERV SISTEMASINING TUZILISHI, NERV TO'QlMASI, UNING ELEMENTLARI VA XOSSALARI Nerv sistemasi nerv to'qimasidan iborat, bu to'qima esa nerv hujayralaridan tuzilgan. Nerv hujayrasi protoplazmadan tuzilgan tana bo'Jib, ikki turli o'simtalari bor, bu o'simtalarning bir xillari kaJta, boshqa bir xillari uzun bo'ladi. Kalta o'simtalari sertarmoq bo'lib, dendritlar deb ataladi. Uzun o'simtalari aksonlar yoki neyritlar deb ataladi. Har bir hujayrada bu o'simtalar ikkitadan ortiq bo'lmaydi. Neyrit ikkita parda bilan o'ralgan. Neyritga yopishib turadigan birinchi pardasi yoysimon parda bo'Jib, uni et parda yoki mielin pardasi deb ataladi. Ikkinchi tashqi pardasini shvani pardasi deyiladi. Bu pardalar toladan o'tuvchi nerv qo'zg'alishini ajratib turuvchi izolatsiyadek bir vazifani o'taydi. Neyrit, odatda, nerv tolasi deb ataladi. Nerv hujayrasi, uning o'simtalari va ularni qoplovchi pardalar birgalikda neyron deb ataladi (2-rasm). Nerv sistemasi juda ko'p neyronlardan tuzilgan. Nerv tolalari miyadan tutam-tutam bo'lib chiqib nerv stvolini yoki oddiy so'z bilan aytganda, nervni hosil qiladi. Nerv hujayralari va mielinsiz tolalar to'plami miyaning kulrang mod- 2-rasm. Nerv hujayrasi. dasini, mielinli nerv tolalarining 26 I I, I I. I~ to'plami esa miyaning oq moddasini tashkil etadi. Hujayraiar ularning I yadrolari va toialari sinapsiar degan maxsus mayda tolachalar yorda-I mi bilan bevosita bog'- ianadi (sinaps grekcha so'z bo'Jib, «i1gak» degan I ma'noni bildiradi). Nerv sistemasining I maxsus xossalari bor, bu xossalardan asosiyiari qo'zg'aluvchanlik va I o'tkazuvchanlikdir. Bu xossalar shundan iborat. Agar nerv tolasining 1¥!1'I.~~;~4 '~ biror joyiga tegilsa, issiq, sovuq, elektr toki, kimyoviy moddalar va boshqa I shu kabilar bilan ta'sir etilsa, yoki o'zgartirilsa, nerv 3-rasm. Diffuz nerv sisfemasi. tolasining qo'zg'atilgan I joyida maxsus fiziologik jarayonlar ro'y beradi, buni qo'zg'alish deyiladi. Agar nerv tolasi yetarli darajada qo'zg'atilsa, bu qo'zg'alish sodir bo'igan joyidagina qolmay, balki nerv tolasi bo'ylab tarqaladi va bir nerv hujayrasidan ikkinchi nerv hujayrasiga o'tadi, nihoyat, qo'zg'atish kuchi muayyan darajaga yetganda qo'zg'alish butun nerv sistemasiga yoyilishi mumkin. Nerv to'qimasida qo'zg'alish jarayoni yuz berganda bir qancha hodisalar: eiektr, kimyo, issiqlik hodisalari paydo bo'ladi. Yonma-yon turgan bir nerv hujayrasining aksoni bilan ikkinchi nerv hujayrasining tutashadigan joyi sinapslar borligi tufayli, qo'zg'alish nerv toiaiarida bir tomonga tarqaladi. Mielin pardasi borligidan, qo'zg'aiish nerv tolasida ayrim-ayrim tarqaladi. Odamning nerv sistemasi hayvonot olamining uzoq, evolutsiyasi jarayonida va odamning tarixiy taraqqiyoti davomida vujudga kelgan. Nerv sistemasi birinchi marta kovakichli hayvonlarda ro'yirost ko'rinadi. Bu nerv sistemasi butun organizmga yoyiJgan ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
36.18 KB
Ko'rishlar soni
676 marta
Ko'chirishlar soni
84 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:54
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
36.18 KB
Ko'rishlar soni
676 marta
Ko'chirishlar soni
84 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:54 ]
Arxiv ichida: docx