Psixikaning taraqqiyoti

Psixikaning taraqqiyoti

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixikaning taraqqiyoti - rasmi

Material tavsifi

Psixikaning taraqqiyoti RYeJA: 1. Psixika materiya evolyutsiyasining natijasi ekanligi. 2. Psixikaning taraqqiyot bosqichlari. 3. hayvonlarning instinktlari, o'rgangan va «aqliy» xatti- xaraklari. 4. hayvonlarning o'zaro aloqasi va «tili». 5. Odam psixikasi va onigning filoginez va ontoginezdagi taraqqiyoti. Inson psixikasining paydo bo'lishi va rivojlanishi masalasi tadqiqotchilar oldida turgan eng dolzarb va murakkab masalalardan biridir. Ilmiy-materialistik ta'limotga ko'ra psixikaning paydo bo'lishi materiyaning o'zok rivojlanishi natijasidir. Organik va anorganik materiya doimo harakatda, o'zgarishda va rivojlanishda bo'ladi. hayvonlar psixikasining taraqqiyoti masalasi bilan atokli rus psixologi A.I.Leontev, zoopsixologlar K.E.Fabri va A.I.Severtsov shugullanganlar. K.E.Fabri eng sodda hayvonlar psixikasi taraqqiyotini ikki bosqichga - kuyi va yuqori bosqichga bo'ladi. Psixik taraqqiyotning kuyi bosqichi bir hujayrali, kisman ko'p hujayrali hayvonlarga xos bo'lib, bu bosqichda psixika primitiv holatda bo'ladi va hayvon tashqi ta'sirlarga sekanuvchanlik bilangina javob beradi. O'simlik va hayvon shaklidagi barcha tirik organizmlar o'z evolyutsiyasining xamma bosqichlarida aks ettirishning biologik shakli seskanuvchanlikka ega bo'ladi. Seskanuvchanlik tirik organizmning biologik ta'sirlarga javob berish qobiliyatidir. Oddiy seskanuvchanlikni bir xo'jayrali hayvonlarda xam ko'rish mumkin. Ular muhitning ta'siriga harakatlanish bilan javob beradilar. Biologik ta'sirlarga organizmning o'ziga xos harakatlari bilan javob berish usuliga tropizm yoki taksis deyiladi. Tropizmning bir kancha turi farq kilinadi. Buni quyidagi jadvaldan ko'rish mumkin: Tropizm turlari Ko'phujayrali hayvonlarda kuzgaluvchanlikning yangi shakli- -- - sezuvchanlik mavjuddir. A. A. Leontevning gipotezasiga ko'ra sezuvchanlik genetik jihatdan olganda seskanuvchanlikning uzidir. U xam muhitning tashqi ta'sirlariga javob berish asosida vujudga keladi. Fakat sezuvchanlik seskanuvchanlikka nisbatan yuqorirok bosqichdir. K.E.Fabri fikricha, psixik taraqqiyotning ikkinchi bosqichi ko'p hujayrali hayvonlarga xosdir. ko'p hujayrali hayvonlarda aks ettirish bir muncha yuqori bo'ladi. Bunday hayvonlarga kavakichlilar (gidra,meduza) ni kiritish mumkin. Ular xam bir hujayrali hayvonlar kabi suvda yashaydi. Lekin kavakichlilar uzining tuzilishi jihatdan bir hujayrali hayvonlardan ancha murakkabdir. Ularning murakkabligi hujayralarning bir- biridan farq kilganligidadir: tanasining tashqi kismidagi hujayralar koplagich, ichki hujayralar esa hazm qiluvchi bo'ladi. Evalyutsiya zanjirining yuqorirok pogonasida turgan ko'p hujayrali hayvonlarda tana tuzulishi xam ancha murakkablashadi, yer sharoitiga mos o'zgarishlar yuz beradi, turli taassurotlarni aks ettiradigan sezgi organlari vjudga keladi, aks ettirish xam murakkablashadi. Tugunli nerv sistemasiga ega bo'lgan hayvonlarda aks ettirish fakat shartsiz reflekslar orkaligina bulmaydi, balki hayot davomida ta'sirlanishning tugma turiga nisbatan ancha yangi, serharakat shakli - shartli reflekslar hosil bo'ladi. Tugunsimon nerv sistemasining murakkabrok shakllari atrofni aks ettirish imkoniyatini oshiradi. Ancha murakkab tugunsimon nerv sistemasiga ega bo'lganlardan o'rgimchaksimonlar va xashoratlarni olish mumkin. Ularning organizmi ancha murakkab tuzilishga ega. hayvonlarning evolyutsiyasi natijasida ularning retseptorida ajralish (spetsializatsiya) yuz bera boshlaydi. Masalan, kiskichbakaning uzun moylovi - tuyg'u organi, kaltalari xid biluvchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.85 KB
Ko'rishlar soni 258 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:54 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.85 KB
Ko'rishlar soni 258 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga