Psixokorreksion trening mashg'ulotlari

Psixokorreksion trening mashg'ulotlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixokorreksion trening mashg'ulotlari - rasmi

Material tavsifi

A.Abdullaev PSIXOKORRYeKSION TRYeNING MAShG'ULOTLARI (Xulqi og'ishgan o'quvchilar bilan psixologik korreksion-rivojlantiruvchi treninglar) Toshkent-2017 Psixokorreksion trening mashg'ulotlari (Xulqi og'ishgan o'quvchilar bilan psixologik korreksion-rivojlantiruvchi treninglar): Uslubiy qo'llanma Tuzuvchi-muallif A.Sh.Abdullaev - T.: , 2017. - 71-b. Mazkur qo'llanma ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalari, umumiy o'rta ta'lim maktablari va o'rta-maxsus ta'lim muassasalari amaliyotchi psixologlari uchun xulqi og'ishgan o'smirlar bilan psixokorreksion ishlarni olib borishda tavsiya etiladi. Unda xulqi og'ishgan o'smirlar bilan ishlashda psixokorreksion jarayonga tizimli yondoshish, psixokorreksion dastur tuzish yo'l-yo'riqlari amaliy jihatdan ochib berilgan. Individual ham guruhiy psixokorreksion faoliyatda qo'llanilishi mumkin bo'lgan amaliy trening mashg'ulotlar keltirilgan. Shuningdek, guruhiy psixokorreksion dasturlarda qo'llash mumkin bo'lgan diqqatni oshiruvchi va ishchanlik muhitini shakllantiruvchi chigil yozdi mashqlar tavsiflangan. Amaliy qo'llanma, ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalari, umumiy o'rta ta'lim maktablari va o'rta-maxsus ta'lim muassasalari amaliyotchi psixologlarining xulqi og'ishgan o'smirlar bilan ishlash jarayonini yanada takomillashtirish hamda ularning faoliyat sifatini yanada oshirishga qaratilgan. Qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo'mitasining Zamonaviy yondashuv asosida ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya maktablari va kasb-hunar kollejlari tarbiyalanuvchilarining jamiyatga ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiyasi, moslashuvi va integratsiyasi mavzusidagi ilmiy loyihasi doirasida tayyorlandi. Taqrizchilar: A.Rasulov - Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent T.Xurvalieva - Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Mazkur qo'llanma Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi huzuridagi Ilmiy-uslubiy kengashning 2017 yil 21 iyundagi 2-sonli qarori bilan tasdiqlanib, nashrga tavsiya etilgan. Kirish. Abdulla Avloniyning Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo haloqat, yo saodat - yo faloqat masalasidir degan gaplari qariyb bir asrki o'zining zalvorini yo'qotgani yo'q, fikrimizcha yo'qotmaydi ham. Chunki, o'smirlik yoshiga kelib shaxs shakllanayotgan bir davrda xulqdagi og'ishlarning asosiy sabablaridan biri bu tarbiyadagi xatolar va noto'g'ri tarbiya bo'lib qolmoqda. Albatta, xulq og'ishiga yana bir qator sabablar ham yo'q emas, shunday bo'lsada oilaviy yoki pedagogik tarbiyada jiddiy etibor berish kerak bo'lgan, xulq og'ishlikni oldini olish va bartaraf etishning asosi bo'lgan muhim jihatlar bor. Tarbiyada mukammal formula yo'qki, jamiyatda hamma bola bir hil darajada tarbiyalansa. Har bir bola o'ziga xos ijtimoiy muhitda o'sadi, tabiiyki unga ijobiy hamda salbiy ta'sirlar turlicha bo'ladi. Bolani voyaga etgunicha oq choyshabga o'rab katta qilishning iloji yo'q va doim ham bolaga etarlicha etibor qila olmaymiz. Qaysidir vaziyatda kimningdir etiborsizligi, kimningdir aybi bilan bola yomon bolaga aylanib qoladi. Psixologik jihatdan uni xulqi og'ishgan deviant xulq atvorli bola deb atash mumkin. Shunday bolalar haqida eshitsak, ko'zimiz tushganda guruch kurmaksiz bo'lmaydi-da deb qo'yamiz. Lekin bola qanchalik yomon bo'lmasin uni kurmakka chiqarish noto'g'ri. Bizning fikrimizcha har qanday bola bu nihol. Lekin ayrim nihollar shamol ta'sirida yo boshqa biror tabiiy ta'sir natijasida qiyshayishi, sinishi mumkin. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 199.22 KB
Ko'rishlar soni 355 marta
Ko'chirishlar soni 30 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:55 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 199.22 KB
Ko'rishlar soni 355 marta
Ko'chirishlar soni 30 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga