Psixologik tadqiqotlarda o'lchov usullarining qo'llanishi. R e j a : 1. Psixologik tadqiqot natijalarini miqdoriy tahlil qilishning zarurligi. 2. O'lchov shkalasi tiplari. 3. Nomlash (nominativ) shkalasi. 4. Tartib (ordinar) shkalasi. 5. Interval (oralik) shkalasi. 6. Munosabatlar shkalasi. Mavzu yuzasidan asosiy tushunchalar: Validlik-metodikaning tadqiqot predmetiga mosligi; Ishonchlilik- metodikaning o'lchov vositasi sifatida loyiqligi; obyektivlik- o'lchov natijalarining undan foydalanuvchi shaxsga bog'liq emasligi; SHkalalashtirish-psixik holatlarni o'lchash uchun qo'llaniladigan eksperimental va matematik usullar yig'indisi; Psixologik kuzatish va tajriba natijalarini so'z orqali ifodalaganda subyektivlik holatlari bo'lishi muqarrar, bunday subyektivlik holatlari muddatidan avval xulosa chiqarishda, asoslanmagan umumlashtirishlarda namoyon bo'ladi. Sifat jihatdan o'rganilayotgan psixik hodisa va jarayonlarni tavsiflashda ular o'rtasidagi farq va o'ziga xos rivojlanish xususiyatlarini to'la holda ta'riflashda qiyinchilik tug'diradi. Bunday tahlil kuzatish va tajriba natijalarida qay darajadagi xatolar bo'lishi mumkinligini aniq ko'rsatib bera olmaydi. SHuning uchun hamma vaqt miqdoriy tahlil sifat tahlil bilan birgalikda qo'llaniladi. Ana shunda subyektivlik holatlariga barham berilib, shakllantirilgan hukm va xulosalar tadqiqotchi shaxsiyatiga bog'liqlikdan xalos bo'ladi, natijalarni tekshirish imkoniyati vujudga keladi. Psixolog uchun kuzatish va tajriba natijalarini statistik metodlar yordamida aniqlashni bilish juda muhimdir. Psixologiya matematik fan bo'la oladimi? Psixologiyani matematikalashtirish - uning barcha sohalariga tarqaladi. Psixologiya yaqin kelajakda qay darajada eksperimental fan bo'lsa, shu darajada matematik fan ham bo'lib qoladi. Psixologiyani matematikalashtirishning ahamiyati qanday? Tadqiqot metodikasini tanlashdan avval eksperimentator nimani o'rganayotgani, olingan natija amaliy va tadqiqotchilik vazifasi talablariga mos kela olishini tasavvur qila olishi kerak bo'ladi. Birinchi navbatda bu metodning validligi, ishonchliligi va obyektivligini isbotlash uchun zarur bo'ladi. Metodikaning validligi deganda uning tadqiqot predmetiga adekvatligi (mosligi) tushuniladi. Miqdoriy validlik ushbu metodika natijalari bilan tashqi o'lchovlarning o'zaro aloqasini aniqlashda namoyon bo'ladi. Masalan, ta'limning muvaffakiyati -o'quvchining intellektual taraqqiyoti bilan bog'liq bo'ladi. SHuning uchun ham tashqi o'lchov sifatida uning o'zlashtirishini olish mumkin. Aytaylik, talabalarning aqliy rivojlanishini o'rganish uchun test topshiriqlari va o'zlashtirish bahosi o'rtasida ijobiy aloqa mavjud bo'lsa, qo'llanilgan metodika validlikka ega bo'ladi. Metodikaning yana bir muhim xususiyati uning ishonchliligi bo'lib, ushbu metodikaning o'lchov vositasi sifatida loyiqligida namoyon bo'ladi. Metodikaning obyektivligi o'lchash natijalarining undan foydalanuvchi shaxsga bog'liq emasligida aks etadi. Metodikaning validligi va ishonchliligini tekshirish maqsadida turli statistik o'lchovlardan foydalanish mumkin bo'ladi. Har qanday metodikadan ham tajriba jarayonida foydalanish mumkinmi? O'lchov nazariyasi fikricha psixologiyada qo'llaniladigan barcha o'lchov usullari psixologik o'lchov shkalalarini tuzishdan iboratdir. Ko'pchilik psixologlar fikricha shkalalashtirish-psixik jarayon va holatlarni o'lchash uchun qo'llaniladigan eksperimental va matematik usullar yig'indisidan iboratdir. Ko'pincha shkalalashtirishga o'lchash so'zi sinonim qilib quyiladi. Psixologik jarayon, xususiyat, obyekt va hodisalarni shkalalashtirish deganda muayyan qoidalar asosida ularni sonlarga tenglashtirish ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
42.87 KB
Ko'rishlar soni
625 marta
Ko'chirishlar soni
85 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:57
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
42.87 KB
Ko'rishlar soni
625 marta
Ko'chirishlar soni
85 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:57 ]
Arxiv ichida: docx