O'zbekiston RespublikaSI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI o'quvchiLARNI KASB-HUNARGA Yo'NALTIRISh VA PSIXOLOGIK-PYeDAGOGIK Respublika TAShXIS MARKAZI S.N.Alimxodjaeva F.I.Haydarov PSIXOLOGIK TRYeNINGLAR IShLANMASI 1-qism (Amaliyotchi psixologlar uchun) Toshkent-2008 YIL PSIXOLOGIK TRYeNINGLAR IShLANMASI Tuzuvchilar: S.N.Alimxodjaeva F.I.Haydarov A.Sh.Zokirovning umumiy tahriri ostida nashr etildi. Masul Sh.T.Ergashev - Umumta'lim maktablarida muharrir: o'quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish va tashkil etish Bosh boshqarmasi boshlig'i. Taqrizchilar: Z.Nishonova- p.f.d, professor. M.Qoplonova - p.f.n, dotsent. Psixologik treninglar ishlanmasida shaxsda mavjud bo'lgan yoki vujudga keladigan muammolarni hal qilish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma malakalarni hosil qilish, ruhiy muvozanatni bahs-munozara, o'yin va mashqlar orqali tiklash bo'yicha ko'rsatmalar berilgan. Ushbu metodik qo'llanmadan umumta'lim maktablari amaliyotchi psixologlari, o'rta maxsus kasb - hunar ta'limi muassasalari psixologlari, ota-onalar va talabalar foydalanishlari mumkin. o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik - pedagogik Respublika tashxis Markazi ilmiy-metodik Kengashining 2008 yil 5 dekabrdagi 5 - sonli qarori bilan tasdiqlangan. Kirish. Xalqimizning milliy ongi, milliy g'ururi, milliy iftixori o'sib, ma'naviy dunyosi kundan kunga boyib bormoqda. Bu esa mustaqil davlatimizning ma'naviy asosini yanada mustahkamlashga imkoniyat yaratib bermoqda. Lekin bundan ma'naviyat sohasida hech qanday muammo yo'q degan xulosani chiqarib bo'lmaydi. Bugungi kunda erkin fuqaro ma'naviyati, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir. Boshqacha qilib aytganda, - deydi Prezidentimiz - o'z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofda sodir bo'layotgan voqea va hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondoshadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarni mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg'un holda ko'radigan, erkin jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak. Hozirgi davrda yoshlarni mustaqil ijodiy fikrlashga o'rgatish mustaqil fikr yuritish imkoniyatlarini shakllantirish muammosi Respublikamizning ta'lim tizimi oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Ushbu muammoning dolzarbligi to'g'risidagi omil mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimovning yoshlar muammosiga bag'ishlangan har bir chiqishida intervyu va fundamental asarlari g'oyasida o'z ifodasini topgan. Oliy Majlisning IX sessiyasida so'zlagan nutqida ham keng jamoatchilikning diqqat etiborini ushbu mavzuga qaratgan holda shunday fikrlarni muhokamaga tashlagan edilar: Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan qilib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o'rganmasa, berilgan ta'lim samarasiz bo'ladi. Albatta, bilim kerak, ammo bilim o'z yo'liga, mustaqil fikrlash ham katta boylikdir. Zero, O'zbekistonni Kadrlar tayyorlash milliy dasturidan hamda ta'lim to'g'risidagi qonundan ko'zlagan asosiy maqsadi bu jamiyatda mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirishdan iboratdir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 29-moddasida ham har bir insonning mustaqil fikrlash huquqiga egaligi qayd etilgan. Chunonchi, har kim fikrlash, so'z va e'tiqod erkinligi huquqiga ega. Dunyo miqyosidagi hozirgi ijtimoiy-siyosiy hayot kishilik jamiyati taraqqiyotining ayni bosqichi shunday o'ziga xos xususiyatga egaki, unda harbiy qudrat emas, balki intellektual salohiyat, aql-idrok, fikrlash, yangi texnika va texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb-etadi. Yoshlarni mustaqil ijodiy fikrlashga o'rgatish ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
74.12 KB
Ko'rishlar soni
784 marta
Ko'chirishlar soni
188 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
74.12 KB
Ko'rishlar soni
784 marta
Ko'chirishlar soni
188 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:57 ]
Arxiv ichida: doc