Psixologik xizmat haqida nizom

Psixologik xizmat haqida nizom

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixologik xizmat haqida nizom - rasmi

Material tavsifi

Psixologik xizmat haqida nizom. Kollejlardagi va akadeaik litseylardagi psixologik xizmat o'rta maxsus ta'limining zaruriy tarkibiy qismidir. Bu xizmatning zaruriyligi kollej va akademik litsey ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Har bir o'quvchida hayotga ijodiy munosabat va individual xususiyatlarning taraqqiyotini ta'minlaganligini psixologik xizmat to'g'ri tashkil etilgan deyish mumkin. Psixolog o'zining inson xulq atvori va psixik faoliyati, psixik taraqqiyotning yosh qonuniyatlari haqidagi kasbiy bilimlariga, ularning o'quvchilar va kattalar, tengdoshlari bilan o'zaro munosabat xususiyatlariga, o'quv - tarbiya jarayonini tashkil etishga bog'liqligiga tayanib, bolaga individual yondashuv imkoniyatlarini ta'minlaydi, uning qobiliyatlarini aniqlaydi, normadan chetlashishlarning bo'lishi mumkin bo'lgan sabablarini psixologik-pedagogik korreksiya qilish yo'llarini aniqlaydi. Bu bilan psixologik xizmat maktabda o'quv tarbiya ishining mahsuldorligini oshirishga, ijodiy faol shaxsni shakllantirishga imkon beradi. Psixologik xizmat uch asosiy bo'g'indan tuzilgan: 1) Aniq o'quv muammosida ishlaydigan bolalar amaliy psixologi, 2) Tuman xalq ta'limi qoshidagi tashxis markazi. 3) Respublika kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazi. Psixologik xizmat xodimlari barcha muammolarni hal qilishda bolani har tomonlama va garmonik rivojlanish vazifalariga va uning qishlariga tayanadidlar. Amaliyotchi psixolog o'z faoliyatini pedagogik jamoa va ota-onalar bilan yaqin aloqada amalga oshiradilar. Psixologik xizmat o'z faoliyatida tibbiy, defektologik va boshqa xizmat turlari bilan, bola tarbiyasida yordam ko'rsatuvchi jamoachilik xodimlari bilan yaqin aloqada ish olib boradi. Barcha mutaxassislar bilan munosabat tenglik asosida va fikrlarning bir-birini o'zaro to'ldirishi asosida quriladi. o'rta maxsus, kasb-hunar tizimidagi psixologik xizmatning maadi-shaxsning har tomonlama garmonik kamoloti, to'laqonli psixologik taraqqiyotni ta'minlovchi qulay shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. Psixologik xizmatda tadqiqot va ta'sir o'tkazish obyekti maktabgacha yoshdagi bolalar, o'quvchilar, maxsus o'quv yurti va oliy maktab, kollej talabalari, o'quvchilar, ota-onalar bo'lib hisoblanadi, ularni alohida yoki guruhiy shaklda tadqiq qilish mumkin. Psixologik xizmatning mazmuni: a)psixoprofilaktika, b) psixologik maorif va ma'rifat, v) psixodiagnostika, g) psixik rivojlanitirish va psixokorreksiya, d) psixologik konsultatsiya. Psixologik xizmat haqida Nizom 1996 yil Xalq ta'limi Vaziri J.G. Yo'ldoshev tomonidan tasdiqlangan. 2001 yilda bu Nizomga o'zgartirish kiritildi. Psixologik xizmat metodlari turli tuman bo'lishi mumkin: a) xalq ta'limi va o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi xodimlari, o'quvchilar, talabalar bilan ma'ruzalar turkumi va trenning mashg'ulotlari o'tkazish va aholining psixologik madaniyatini o'stirish maqsadida, b) ilmiy ommabop adabiyotlarni yaratish va ularni tarqatish, v) ommaviy axborot vositalarida chiqishlar uyushtirish, g) psixodiagnostik tadqiqotlar o'tkazish, metodikalar ishlab chiqish test savol varaqasi, tajriba, kuzatish, suhbat va boshqalar, d) psixologik maslahat berish, ye) pcixologik konsiliumlar o'tkazish, j) ta'lim va tarbiya beruvchi dasturlardan foydalanib psixodrama, psixokorreksion treninglarni amalga oshirish, z) psixologik tadqiqot obyektining psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o'quv dasturi, o'quv tarbiya rejalarini tahlil qilish va hakozolar. Psixologik xizmat haqida Nizom 6 bo'limdan iborat. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 39.77 KB
Ko'rishlar soni 791 marta
Ko'chirishlar soni 114 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:57 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 39.77 KB
Ko'rishlar soni 791 marta
Ko'chirishlar soni 114 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga