Psixologning rivojlantiruvchi va korreksion ishlari

Psixologning rivojlantiruvchi va korreksion ishlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixologning rivojlantiruvchi va korreksion ishlari - rasmi

Material tavsifi

Psixologning rivojlantiruvchi va korreksion ishlari. Psixologik xizmatning ushbu yo'nalishi psixologdan inson shaxsi va individualligini tarkib toptirish jaryonida faol o'ishtirok etishni taqozo qiladi. Xalq ta'limi tizimidagi psixologning vazifasi psixologik xizmatni muayyan holda, mezonga asoslanib tashkil qilishdan iborat bo'lib, yosh davr xususiyatlariga binoan psixikaning rivojlanishi, shaxsning shakllanishi qonuniyatlarini amaliyotga tatbiq etish, o'qituvchilar jamoasiga bolalar, o'quvchilar va talabalar ta'lim va tarbiyasini individuallashtirishda yordamlashish, ularning qobiliyati, maylini o'sish darajasiga qarab o'qituvchilarga korreksion ishlarni amalga oshirishda ko'rsatmalar berish. Psixologik xizmatning ushbu yo'nalishida alohida ahamiyat kasb etadigan narsa-bu bolalar, o'quvchilar, talabalar o'sishida kechiqish, ularda xulqning buzilishi, ta'limda o'zlashtirishning yomonlashuvi kabilarni o'rganish hisoblanadi. Psixolog bolalar, o'quvchilar, talabalarning yosh xususiyatlarini hamda jadal rivojlanishini hisobga oluvchi, ularni psixikasining barcha jabhalarini qamrab oluvchi dinamik taraqqiyotga kafolat beruvchi dastur ishlab chiqarishga butun faoliyatini yo'naltiradi, ijtimoiy o'sish talabiga javob beruvchi, umuminsoniy, etnopsixologik xususiyatlar muhitida kamolatga intiluvchi shaxsni tarkib toptirishni bosh maqsad deb tanlaydi. Amaliy psixolog bolalar, o'quvchilar, talabalarning psixik taraqqiyotdagi, xulq - atvor muamalasidagi nuqsonlar va hamda kamchiliklarni asta-sekin tuzatish, korreksiya qilish dasturini ishlab chiqaradi va amaliyotga uni tatbiq etadi. Buning uchun ular bilan maxsus mashg'ulotlar buzilishni kamaytirish o'tkazadi, ijodiy qobiliyatlarni o'stirish maqsadida treninglar olib boradi. Korreksion faoliyatning psixologik qismi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur ishning pedagogik jihati esa psixologning pedagoglar, ota-onalar bilan hamkorligida o'tkaziladi va butun mas'uliyat uning zimmasiga tushadi. Rivojlantiruvchi va korreksion ishlar psixolog tomonidan har xil shakllarda, vaziyatlarda va qilinadi: a) amaliy psixologning maxsus ishi, b) mashg'uloti ayrim bolalar, o'quvchilar, talabalar guruhiga tarbiyaviy ta'sir o'tkazishga yo'naltirilgan bo'ladi, v) ota-onalar pedagogik jamoa ishtirokida tarbiyaviy tadbirlar tarzida mashg'ulotlar olib borish nazarda tutiladi. Rivojlantiruvchi psixokorreksion ishlar dasturini shunday tuzish kerakki, unda korreksion ishga jalb qilinuvchilar guruhining qadriyatiga yo'nalganligi, etnopsixologik va etno madaniyatga xususiyatlari hisobga olinishi lozim. Psixodiagnostik tadqiqotlar quyidagi vazifalarni hal qiladi. 1. Diagnostika uchun ma'lumotlarni olish. Bunda bola psixik holati va shaxsi xususiyatlari ba'zi belgilarining ko'rinishlarini o'rganish maqsadida tadqiqot olib boriladi. Tadqiqotda olingan ma'lumotlar yordamchi xarakterga ega bo'lib xulq - atvorining haqiqiy kuzatilgan xususiyatlari, uning psixik funksiyalari, taraqqiyot darajasi bilan taqqoslashda foydalaniladi. M, darsda o'quvchi diqqatining barqaror emasligi, diqqatini bir joyga to'plashga qiynalishi, aqliy ish qobiliyatining pastligi, tez chalg'ishi va boshqalar bilan ajralib turadi. Lekin xulq - atvorning ko'rsatilgan belgilari bola xulq-atvori ehtiyojlari va motivlari iyerarxiyasining bosqichma-bosqich o'zgarishi natijasi bo'lishi mumkin. Bunda o'qituvchi shaxs normal holati ko'rinishlaridan biriga yoki miya yetishmovchiligining funksional belgilariga duch keladi. Ikkala holatda ham u yoki bu o'quvchi o'zlashtirishi va intizomning pasayishi tashqaridan sezilsa-da, psixodiagnostik tadqiqotlarda o'rganilayotgan o'zgarishlar manbaalari, rivojlanishi va kelgusida qanday bo'lishi, psixologik holat belgilari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 36.5 KB
Ko'rishlar soni 454 marta
Ko'chirishlar soni 64 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:00 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 36.5 KB
Ko'rishlar soni 454 marta
Ko'chirishlar soni 64 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga