Qobiliyat R e j a 1. Qobiliyatlar - individual - psixologik xususiyatlar sifatida. 2. Qobiliyatlar tasnifi. 3. Qobiliyatlarning miqdoriy va sifat tavsifi. 4. Qobiliyatlar tarkibi. 5. Qobiliyatlarning tabiiy asoslari. 6. Qobiliyatlarning rivojlanishi. Mavzu yuzasidan tayanch so'zlar: differensial psixologiya - odamlar o'rtasidagi individual - psixologik farqlarni o'rganuvchi psixologiya fani sohasi Daholik (geniallik) - shaxs ijodiy faolligining eng yuqori darajasi. Umumiy iqtidor - shaxsning aqliy imkoniyatlari qo'llanishini ifodalovchi umumiy qobiliyatlar Iste'dod (talant) - shaxsning biror faoliyatga bo'lgan qobiliyatining mustaqil, original tarzda bajarish imkoniyati. Layoqat - qobiliyatlarning rivojlanish uchun zarur bo'lgan irsiy jihatdan asoslangan asab tizimining analitik - fiziologik xususiyatlari Test - individual xususiyatlar va rivojlanish darajasini aniqlash maqsadida o'tkaziladigan me'yorlashtirilgan tekshirish usuli Frenologiya - bosh suyagining tuzilishiga qarab, qobiliyatlarning rivojlanishi darajasini aniqlash mumkinligi haqida F.Gall asos solgan ta'limot. Qobiliyatlar - faoliyatni egallash va amalga oshirish muvaffaqiyatini ta'minlovchi shaxsning individual - psixologik xususiyati. 1. Qobiliyatlar - individual psixologik xususiyat sifatida Qobiliyatlar odamning shunday psixologiya xususiyatlardirki, bilim, ko'nikma, malaka oshirish shu xususiyatlarga bog'liq bo'ladi, lekin bu xususiyatlarining o'zi bu bilim va ko'nikmalarga taalluqli bo'lmaydi. Malaka, ko'nikma va bilimlarga nisbatan odamning qobiliyatlar qandaydir imkoniyat tarzida bo'ladi. Qobiliyatlar imkoniyatlardan iborat bo'lib, biror bir ishdagi mahorat darajasi - haqiqatdir. Bolada namoyon bo'ladigan musiqaga qobiliyati uning musiqachi bo'lishi uchun imkoniyatlar, o'nga maxsus ta'lim berilishi qat'iylik, salomatligining yaxshi bo'lishi, musiqa asbobi notalar va boshqa ko'pgina sharoitlar bo'lishi kerak. Bo'larsiz qobiliyatlar taraqqiy etmay turiboq so'nib ketishi mumkin. Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo'ladi, shundan ham faqat ana shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi mumkin bo'lmagan faoliyatlardagina namoyon bo'ladi. O'quvchida hali zaruriy ko'nikma va malakalar tizimi hamda mustahkam bilimlar tarkib topish uslublari yo'qligiga asoslanib, jiddiy tekshirib ko'rilsa, shoshilinch ravishda unda qobiliyatlar yo'q, deb xulosa chiqarish pedagogning jiddiy psixologik xatosi bo'ladi. Masalan, Al'bert eynshteyn o'rta maktabda uncha yaxshi o'qimaydigan o'quvchi hisoblangan va uning kelajakda genial bo'lishidan hech narsa dalolat bermas edi. Qobiliyatlar bilim va malakalarning o'zida ko'rinmaydi, balki ularni egallash tizimida namoyon bo'ladi, ya'ni boshqacha qilib aytganda, mazkur faoliyat uchun muhim bo'lgan bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirish jarayoni turli sharoitlarda qanchalik tez chuqur, yengil va mustahkam amalga oshirilishida namoyon bo'ladi. Qobiliyatlar individual psixologik xususiyatlar bo'lishi bilan aql sifatlari, xotira xususiyatlariga, hissiy xususiyatlar va shu kabilarni qarama - qarshi qo'yib bo'lmaydi, hamda qobiliyatlarni shaxsning bu xususiyatlari bilan bir qatorga qo'yish ham mumkin emas. Agar ana shu sifatlarning birortasi yoki ularning yig'indisi faoliyat talablariga javob bersa yoki bu talablar ta'siri bilan tarkib topsa, unday paytlar bu shaxsning mazkur individual xususiyatlarini qobiliyatlar deb hisoblashga asos bo'ladi 2. Qobiliyatlar tasnifi. ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.07 KB
Ko'rishlar soni
311 marta
Ko'chirishlar soni
40 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:00
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.07 KB
Ko'rishlar soni
311 marta
Ko'chirishlar soni
40 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:00 ]
Arxiv ichida: docx