Rahbarlik va liderlik uslublari haqida tushuncha Har bir lider yoki boshliq o'zicha individual va qaytarilmasdir. Buning boisi har bir boshliq o'z ish faoliyatini, boshqaruv faoliyatini o'ziga xos tarzda tashkil etishdadir. Siyosiy psixologiyada boshqaruv sohasida batafsil o'rganilgan muammolardan biri-turli boshqaruv uslublaridir. Bu sohada nemis olimlari G.Gibsh va M. Forverg, rus olimlari V.D. Parigin, L.N.Umanskiy, M.Yu. Jukov va boshqalarning ishlari ayniqsa diqqatga sazovardir. Barcha ilmiy tadqiqotlarni umumlashtirgan holda ijtimoiy psixologiyada qabul qilingan uch asosiy boshqarish usullariga xarakteristika berib chiqamiz. Bu uch uslub-avtoritar, demokratik va liberal ish uslublaridir. Avtoritar rahbar barcha ko'rsatmalarni ishchanlik ruhida, aniq-ravshan, keskin ohangda xodimlarga etkazadi. Muloqat jarayonida ham xodimlarga nisbatan do'q-po'pisa, keskin taqiqlash kabi qatiy ohanglardan foydalanadi. Uning asosiy maqsadlaridan biri-nima yo'l bilan bo'lsa-da, o'z hukmini o'tkazish. Uning nutqi ham aniq va ravon doimo jiddiy tusda bo'ladi. Biror ish yuzasidan xodimlarni maqtash yoki ularga jazo berish, tanqid qilish sof subyektiv bo'lib, bu narsa boshliqning kayfiyatiga va o'sha shaxslarga nisbatan shaxsiy munosabatiga bog'liq. Jamoa a'zolarining tilak istaklari, ularning fikrlari va maslahatlari juda kam hollardagina inobatga olinadi, aksariyat hollarda bunday istaklar yoki ko'rsatmalar to'g'ridan-to'g'ri do'q-po'pisa, kamsitish yoki ma'naviy jazolash yo'li bilan cheklanadi yoki qoniqtirilmaydi. Bunday rahbar o'z ish uslublari, kelajak rejalari, biror aniq ishni, operatsiyani qanday amalga oshirmoqchiligini odatda, jamoadan sir tutadi, uning fikricha, bu uning obro'iga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumin. Guruhdagi ijtimoiy-fazoviy munosabatlardagi o'rni jihatdan, u «jamoadan chetda», avtonom. ? Qaysi rahbarlik uslubi siyosatchi faoliyatida ijobiy ahamiyatga ega? Avtoritar rahbarda har bir jamoa a'zolarining qobiliyatlari, ishga munosabatlari, mavqelariga ko'ra tutgan o'rinlari haqida tasavvurlar borki, shunga ko'ra u har bir xodimning ish harakatlarini maksimal tarzda dasturlashtirib qo'ygan, unda har qanday cheklashlar uning ochiq g'azabini keltiradi va buning uchun unda jazolashning turli uslublari mavjud. Yani bunday jamoalarda hokimiyat-markazlashtirilgan, jamoa rahbari Ushbu markazning yakka hokimi-shuning uchun ham bu yerda «mening odamlarim», «mening ishim», «mening fikrim bo'yicha» qabilidagi iboralar tez-tez ishlatiladi. Bunday rahbarlarda ishiga nisbatan shunday fidoiylik borki, ular o'zlarini ishsiz tasavvur qila olmaydi, yani ish uning «butun vujudini qamrab olgan». Shu sabab bo'lsa kerak, bunday rahbar har bir odamni uning kundalik ish faoliyatini, uning natijalarini juda yaxshi biladi. Lekin, aslida, uni ishini mazmunidan ko'ra, uning o'sha yerdagi yetakchilik roli, boshliqligi ko'proq qiziqtiradi va o'ziga o'sha sifatlarga qarab baho beradi. Bu sifat, tabiiyki, ishning sifatiga ham ta'sir qilgani uchun ham jamoa oldiga qo'yilgan barcha topshiriqlar bajarilmay qolmaydi («temir rahbar»). Bunday jamolarda tanqid ishi juda sust, chunki u o'zini ham, boshqalarni ham tanqid qilishlariga yo'l qo'ymaydi. tanqid qilishga, uning fikricha, faqat boshliq haqli. Yig'ilishlarda so'zni ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.38 KB
Ko'rishlar soni
279 marta
Ko'chirishlar soni
27 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:00
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.38 KB
Ko'rishlar soni
279 marta
Ko'chirishlar soni
27 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:00 ]
Arxiv ichida: docx