Sezgi va idrok

Sezgi va idrok

O'quvchilarga / Psixologiya
Sezgi va idrok - rasmi

Material tavsifi

Sezgi va idrok Reja: 1. Sezgilar haqida tushuncha. 2. Sezgilarning klassifikatsiyasi. 3. Sezgi qonuniyatlari. 4. Idrok haqida tushuncha. 5. Idrok turlari va uning individual xususiyatlari. 6. Illyuziya va gallyutsinatsiya. Mavzuning tayanch tushunchalari: sezgi, sizgirlik, adaptatsiya, sinesteziya, analizator, retseptor, sensibilizatsiya, konpersatorlik, idrok, konstantlik, appertseptsiya, illyuziya, gallyutsinatsiya, pertseptiv idrok. Tevarak-atrofdagi narsalar haqida, tovushlar va ranglar, xidlar va harorat, miqdor va boshqa kuplab narsalar to'g'risida biz sezgi organlari tufayli bilamiz. Sezgi - bu oddiy psixik jarayon bo'lib, u moddiy olamdagi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini, shuningdek, moddiy kuzgotuvchilar tegishli retseptorlarga bevosita ta'sir etgan taqdirda organizmda hosil buladigan ichki holatlarga aytiladi. Materiya bizning sezgi organlarimizga ta'sir qilib sezgi hosil kildiradi. Sezgi a'zolari axborotni kabul qilib oladi, saralaydi, jamlaydi va miyaga yetkazib beradi. Miya bunday axborotni benixoya katta va tuganmas okimini xar dakikada kabul qilib va qayta ishlab turadi. Sezgi a'zolari tashqi olamning kishi ongiga kirib keladigan yagona yo'llaridir. Biz moddaning xech qanday shaklini, harakatning xech qanday shaklini sezgilardan boshqacha yul bilan bila olmaymiz. Sezgi a'zolari kishiga tevarak-atrofdagi olamda muljal olish imkonini beradi. Agar kishi barcha sezgi a'zolaridan mahrum bo'lib kolsa bormi, u uzining atrofida nimalar yuz berayotganini bila olmas, atrofdagi odamlar bilan munosabatga kirisha olmas, ovqatni kidirib topa olmas, xavf-xatardan kutilib kola olmas edi. Sezgilar mohiyatiga ko'ra obyektiv olamning subyektiv siymosidir. Lekin sezgilarning hosil bo'lishi uchun organizm moddiy kuzgotuvchining tegishli ta'siriga berilishi kifoya kilmaydi, balki organizmning o'zi xam qandaydir ish bajarishi darkor. Bu ish yo fakat ichki jarayonlardan, yoki tashqi harakatlardan iborat bo'lishi mumkin. Lekin u hamisha bo'lishi shart. Sezgilar muayyan payt davomida retseptorga ta'sir o'tkazayotgan kuzgotuvchining o'ziga xos quvvatini nerv jarayonlari quvvatiga aylanishi jarayonida hosil bo'ladi. Sezgi nerv sistemasining u yoki bu kuzgotuvchidan ta'sirlanuvchi reaksiyalari tarzida hosil bo'ladi va xar qanday psixik hodisa kabi reflektor xususiyatiga ega. Kuzgatuvchining uziga aynan uxshaydigan analizatorga ta'siri natijasida hosil buladigan nerv jarayoni sezgining fiziollogik asosi bo'lib hisoblanadi. Analizator uch kismdan tarkib topadi: 1. tashqi quvvatni nerv jarayoniga o'tkazadigan maxsus transformator hisoblangan periferik bo'lim (retseptor), 2. Analizatorning periferik bo'limini markaziy analizator bilan boglaydigan yullarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan kochuvchi) nervlar, 3. Analizatorning periferik bo'limlaridan keladigan nerv signallarining qayta ishlanishi sodir buladigan kobik osti va kobik (miyaning o'zi bilan tugaydigan) bo'limlari. Sezgining hosil bo'lishi reflektor yoyi tufayli bo'ladi. Aks etish xususiyatiga va retseptorlarning joylashgan o'rniga karab sezgilar odatda uch guruhga ajratiladi: 1. Eksteriotseptiv sezgilar. Bularga tashqi muhitdagi narsalar va hodisalarning xususiyatlarini aks ettiradigan va tana yuzasini sezadigan sezgilar (ko'rish, eshitish, xid bilish, tam bilish, teri-tuyg'u) kiradi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.15 KB
Ko'rishlar soni 270 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:01 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.15 KB
Ko'rishlar soni 270 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga