Shaxs faoliyati va malakalari

Shaxs faoliyati va malakalari

O'quvchilarga / Psixologiya
Shaxs faoliyati va malakalari - rasmi

Material tavsifi

Shaxs faoliyati va malakalari Reja: 1. Faoliyat haqida tushuncha 2. Faoliyat tarkibi: a) maqsad; b) motiv; v) ish harakat. g) eksteriorizatsiya va interiorizatsiya 3. Faoliyatni egallash. a) malakalar; b) ko'nikmalar; v) malakalarning o'zaro ta'siri. 4. Faoliyatning asosiy turlari: a) o'yin; b) ta'lim; v) mehnat. Mavzu bo'yicha tayanch tushunchalar: Avtomatizm - ixtiyorsiz yoki anglangan holda bajariladigan harakat; Avtomatlashuv - mashq qilish natijasida turli malakalarning shakllanish jarayoni; Etakchi faoliyat - shaxsning muayyan yosh davrida sifat jihatdan o'zgarishini ta'minlaydigan faoliyat turi; Interiorizatsiya - tashqi predmetli harakatlardan ichki aqliy harakatlarga o'tish jarayoni; Interferentsiya - avval hosil qilingan malakalarning yangi malakalar hosil bo'lishini sustlashtirish yoki salbiy ta'sir etishi; Ko'nikma - biror ish harakatni anglangan holda bajara olish o'quvi; Maqsad - faoliyatning so'nggi natijasi timsoli, inson ehtiyojlarini amalga oshirilishi; Motiv - insonni faoliyatga undovchi va o'nga mazmun beruvchi kuch; Mehnat - moddiy va ma'naviy ne'matlar yaratishga yo'naltirilgan taqi olamni o'zgartirish va qayta hosil qilishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyat; Odat - bajarilishi ehtiyojga aylangan harakat yoki xulq - atvorning tarkibiy qismi; Ta'lim - bilimlarni o'zlashtirish va mustahkamlash, faoliyat usullarini egallash jarayoni; Eksteriorizatsiya - ichki aqliy harakatdan tashqi predmetli harakatga o'tish jarayoni. 1. Faoliyat haqida tushuncha Har bir tirik organizmning faolligi uning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo'ladi. Anglab bo'ladigan va anglab bo'lmaydigan, tabiiy yoki madaniy, moddiy yoki ma'naviy, shaxsiy yoki ijtimoiy - shaxsiy ehtiyojlar odamda har turli faollik tug'diradi. Agar hayvonlarni xatti - harakatlari bevosita tevarak - atrofdagi muhit bilan belgilansa odamning faolligi esa ilk yoshlik davridan boshlabok butun insonning tajribasi va jamiyat talabi bilan boshqariladi. Xatti - harakatning bu tipi shunchalik o'ziga xoski, uni atash uchun psixologiyada faoliyatdegan maxsus termin qabul qilingan. Faoliyat deb, shaxsning o'z ehtiyojlarini qondirish uchun ko'rsatadigan jismoniy va psixik (ruhiy) faolligiga aytiladi. Inson faolligining o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, faoliyatni mazmuni, ana shu faoliyatni yuzaga keltirgan ehtiyojning bir o'zi bilangina belgilanmaydi. Agar ehtiyoj faoliyatga motiv sifatida madad berib, uni rag'batlantirib tursa, faoliyatning shakli va mazmuni ijtimoiy sharoitlar, ijtimoiy talablar hamda tajribalar bilan belgilanadi. Odamni ishlashga majbur qiluvchi motiv uning ovqatlanish ehtiyoji bo'lishi mumkin. Biroq odam, masalan, dastgohni ochlik ehtiyojini qondirish uchun boshqarmaydi. Inson faoliyatining mazmuni jamiyat talab qiladigan biron mahsulotni tayyorlash maqsadi bilan belgilanadi. Faollikning manbai bo'lgan faoliyat faollikni yaxshi anglab olingan maqsad bilan belgilanadi. YUqoridagi jadvalda inson faoliyati bilan hayvonlar xatti - harakati o'rtasidagi farqlar aks ettirilgan. Faoliyat faollikni yaxshi anglab olingan maqsad bilan boshqariladi. Faoliyatni anglash qanday darajada bo'lmasin, maqsadni anglash hamma vaqt ham zaruriy belgi sifatida qolaveradi. 2. Faoliyatning tarkibi Inson ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.91 KB
Ko'rishlar soni 256 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:01 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.91 KB
Ko'rishlar soni 256 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga