Shaxs psixodiagnostikasi

Shaxs psixodiagnostikasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Shaxs psixodiagnostikasi - rasmi

Material tavsifi

Shaxs psixodiagnostikasi Reja: 8.1.Shaxs haqida umumiy tushuncha, shaxsning dinamik strukturasi (Platonov bo'yicha). 8.2. Shaxs psixodiagnostikasida qo'laniluvchi metodik vositalarning turlari. 8.3. Shaxs so'rovnomalarining keng tarqalgan namunalri haqida. 8.4. Shaxs psixodiagnostikasida obyektiv va situatsion testlardan foydalanish muammolari. 8.5.Shaxsni qadriyatlar yo'nalganligini diagnostika qilis. Tayanch tushunchalar: Motiv - muayyan ehtiyojlarni qondirish bilan bog'liq bo'lgan faoliyatga undovchi sabab. Motivatsiya - insonni faol faoliyatga undovchi sabablar majmui. Ekstroversiya - shaxsning tevarak-atrofdagi odamlarga, tashqi hodisalarga yo'nalishi. Introversiya - shaxsning o'z fikrlari, sezgilari, kechinmalarining o'z-o'ziga tayanishi. Sotsiometriya - o'zaro munosabatlar tizimi bilan psixologik qovushuvchanlikni aniqlash maqsadida guruh va jamoalardagi shaxslararo munosabatlarni o'rganishdan iborat psixologik tadqiqot metodi. Temperament - ruhiy jarayonlar dinamikasini belgilovchi barqaror xususiyat Xarakter - shaxsning o'ziga, atrof-muhitga, boshqalarga va mehnatga munosabatini ifodalovchi xususiyatlari yig'indisi. 8.1.Shaxs haqida umumiy tushuncha, shaxsning dinamik strukturasi (Platonov bo'yicha) SHaxs- insonni ongli faoliyat yoki munosabatlar subyekti sifatida tavsiflaydi. SHaxs - bu o'z menligini anglagan, jamiyatda biror ijtimoiy rol bajaradigan, ongli mehnati bilan o'z ehtiyojlarini qondiradigan insondir.K.K.Platonovning talqiniga binoan: jamiyatda o'z rolini anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli a'zosi shaxs deyiladi.K.K.Platonov ta'limotiga ko'ra shaxs tuzilishi quyidagi shaklga ega: 1.Yo'nalganlik -shaxsning axloqiy qiyofasi va munosabatlarini birlashtiradi. Undan harakatchanlik, barqarorlik. Jadallik, ko'lam darajalarini farqlash lozim. 2. Ijtimoiy tajriba - ta'lim vositasida, shaxsiy tajribada egallangan bilimlar, ko'nikmalar va odatlarni qamrab oladi. 3. Psixologik aks ettirish shakllari - ijtimoimy turmush jarayonida shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlari. 4. Biologik shartlangan osttuzilish - miya morfologik va fiziologik xususityalariga muayyan darajada bog'liq bo'lgan patologik o'zgarishlarni, shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning tipologik xislatlarini birlashtiradi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy tushunchalaridan biri shaxs tushunchasi bo'lib, uning maqsadi ham mustaqil fikrlaydigan shaxsni tarbiyalashdir.Shaxsning his-tuyg'ularini trabiyalash, estetik va badiiy didini o'stirish, go'zallikka mehr uyg'otish insonparvar jamiyatning asosiy vazifalaridan biri bo'lib kelgan. SHaxs ma'naviyatini shakllantirishda bevosita ta'sir qiladigan muhim hayotiy omillardan biri ta'lim va tarbiya tizimi ekanligini I.A.Karimovning Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch asarida ilmiy asoslab berilgan. Darhaqiqat, milliy ma'naviyatni yoshlar ongiga singdirish hamda ma'naviy qadriyatlarni qaror toptirishda tarbiya muhim omil hisoblanadi. 8.2. Shaxs psixodiagnostikasida qo'laniluvchi metodik vositalarning turlari Shaxs psixodiagnostikasida psixologiyaning barcha metodlaridan foydalanish mumkin, ya'ni kuzatish, eksperiment, test, suhbat, anketa, faoliyat natijalarini tahlil qilish, sotsiometriya metodlari. Ular orasida ko'proq so'rovnoma va test metodlaridan foydalanish keng tarqalgan. Bolalar psixodiagnostikasi ixtiyorida faqat maxsus proyektiv metodlar, ya'ni bolaning Yutuqqa erishish motivlari va havotirlanish holatlarini o'rganish metodlari mavjud shaxs sifatlarini baholashda ekspert baholash metodlaridan foydalanish mumkin. Bunda ekspert sifatida bolani yaxshi biladigan kattalar, tarbiyachilar, ota-onalar maydonga chiqadi. Faqat ana shunday tarzda bolaning shaxs sifatlariga baho bera olish imkoniyatlariga ega bo'lamiz. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 210.41 KB
Ko'rishlar soni 910 marta
Ko'chirishlar soni 156 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:02 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 210.41 KB
Ko'rishlar soni 910 marta
Ko'chirishlar soni 156 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga