Shaxs psixologiyasi

Shaxs psixologiyasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Shaxs psixologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Shaxs to'g'risida umumiy tushuncha 2. Shaxs , individ, individuallik. 3. Shaxs strukturasi. 4. Shaxsning motivatsion sohasi. Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ (lo-tincha pkZts! - ajralmas, alohida zot degan ma'no anglatadi), shaxs, individuallik (yakkahollik) tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog'lom (esi-hushi joyida) odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo'q, oddiy malakalarni o'zlashtira olmaydigan aqli za-iflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan birinchisinigi-na shaxs deb atash an'ana tusiga kirib qolgan, chunki o'sha zotgina ijtimoiy mavjudod, ijtimoiy munosabatlar mahsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bo'la oladi. Individ sifatida yorug' dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta'sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga ega-dir. Ilk bolalik chog'idanoq individ muayyan ijtimoiy munosabat-lar tizimi doirasiga tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bo'lib, u yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar yaratgan) ijtimoiy munosabat, muomala, muloqot tizimi bilan ta-nisha boradi. Ijtimoiy qurshov (oila a'zolari, mahalla ahli, ja-moatchilik, ishlab chiqarish jamoasi), ijtimoiy guruh ichida (ki-shilarning og'ushida, ularning qalb to'risida) odamning bundan ke-yingi rivojlanishi uni shaxs sifatida shakllantiruvchi, uning ongi va irodasining xususiyatlariga mutlaqo bog'liq bo'lmagan har xil xu-susiyatli munosabatlar majmuasini vujudga keltiradi. Jahon psixologiyasi fanida onda-sonda uchrab turadigan shaxsni ijtimoiy muhitning sust mahsuli deb tushuntirish va unda faol-likni inkor etish o'ta bahsli fikrdir. Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, shaxsning ijtimoiy tajribani o'zlashtirish jarayoni odamning o'zicha amalga oshirayotgan faolsyatiga va uning bilan qan-day maqsad ko'zlayotganiga nisbatan munosabatini aks ettiruvchi ru-hiy dunyosi orqali namoyon bo'ladi. Odatda, faollik shaxsga xos xulq-atvor, faoliyat, muomala motivlarida, ustanovkalarida, amaliy ko'nik-malarida ko'zga tashlanadi. Boshqacha so'z bilan aytganda, faollik shaxsning atrof-muhitdagi voqelikni egallashga intilgan sa'y-harakatlarda vujudga keladi. Shaxsning faolligi uning o'z istiqbo-li uchun yo'l-yo'riqtanlashda, uni o'zlashtirishda, hayotda o'z mavqei va o'rnini topishda gavdalanadi. Bir xil turmush sharoitlari shaxs faolligining turli shakllari-ni yaratish hamda har xil hayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkoni yatiga ega. Hayetda biron bir tanbeh berishning o'zi kimdadir ruhiy hisni uyg'otsa, boshqa birining sirtiga ham yuqmasligi uchraydi. Shunday qilib, odamga ta'sir qiluvchi barcha tashqi qo'zgatuvchilar ijtimoiy shart-sharoitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy qismla-ri (tomonlari, jihatlari, jabhalari, tarkiblari) tuzilishi yig'in-disi bilan boyitilishi evaziga shaxs degan tushuncha hosil bo'ladi. Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning individualligidir, ya'ni yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikma-si tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig'in-disi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dumyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabi-lar kiradi. Psixik xususiyatlarning birikmasini aynan o'xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Masalan, yaqin odamdan ayrilgan-ligi qayg'u-alam, uning bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.2 KB
Ko'rishlar soni 246 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.2 KB
Ko'rishlar soni 246 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga