Shaxs shakllanishidagi psixologik pedagogik masalalar

Shaxs shakllanishidagi psixologik pedagogik masalalar

O'quvchilarga / Psixologiya
Shaxs shakllanishidagi psixologik pedagogik masalalar - rasmi

Material tavsifi

Shaxs shakllanishidagi psixologik-pedagogik masalalar. Shaxsning har tomonlama shakllanishida muloqotning ahamiyati katta. Oddiy narsalarni o'rganish uchun ham taqlid orqali o'zaro muloqotda bo'lish zarur. Jamiyat qonun - qoidalariga asoslangan holda munosabatlar rivojlanadi. Individ bilan shaxs muloqoti o'rtasida juda katta farqni ko'rish mumkin. Masalan, go'dak, ruhiy kasal, ongi past rivojlangan kishilarning muloqoti bilan yetuk rivojlangan, ongi yuksak kishining muloqoti o'rtasidagi farq. Ongli shaxs muloqotni boshlashdan avval miyasida o'ylaydi, so'zlarini rejalashtiradi. Shaxsning jismoniy, aqliy, axloqiy va estetik rivojlanishida muloqotning o'rni katta. Masalan, axloqiy rivojlanish uchun oilada, maktabda, bog'chada bolaga kattalar muloqot orqali ta'sir qiladilar. Shuningdek, estetik, aqliy, jismoniy rivojlantirish uchun o'quvchiga o'qituvchi muloqot orqali ta'sir etishga harakat qiladi. Demak, muloqot ta'sir qilish vositasi bo'lib ham xizmat qiladi. Shaxs muloqotini shakllantirishda uning yoshi, jinsi, kasbi, dunyoqarashini hisobga olgan holda ish olib borish lozim. Masalan, biz kichik yoshdagi bolalarga kattalarga nisbatan qo'llaydigan so'zlarni ishlatmaymiz. Har bir yosh davriga kiradigan kishilarga o'ziga xos so'zlar qo'llaniladi. Bunda so'zning ta'sir kuchi hisobga olinadi. Shaxsni temperament xususiyatlariga qarab muloqot usullarini qo'llash katta ahamiyatga ega. Shaxsda ko'nikma, bilim, malakalarning hosil bo'lishida muloqotning o'rni beqiyos. Oddiy ko'nikma (to'g'ri o'tir, qo'lingni yuv, joyingga bor, salom ber) larni ham muloqot orqali singdiriladi. Shaxs muloqotini shakllanishida uning tarbiyalanganlik darajasi muhim o'rin egallaydi. Masalan, shaxsga kuchli ta'sir etadigan so'zlarni qo'llasangiz ham u qabul qilmasligi, sizning bergan ko'rsatmalaringizga amal qilmasligi mumkin. Chunki u yoshligidan muomala madaniyatini egallashi kerak. Muloqotning shakllanishida maqsad to'g'ri qo'yilishi lozim. Muloqot ta'lim-tarbiya jarayonida, turli vaziyatlarda rivojlanadi. Masalan, oilada, mahallada, jamoada, guruhda. Agar oilada kattalar bir-birlariga qo'pol munosabatda bo'lsalar, bola ham ularga taqlid qilib atrofdagilar bilan nizolarga borishi mumkin. Biz oldimizga har tomonlama rivojlangan, yetuk, komil inson (shaxs)ni tarbiyalashni qo'yganmiz. Prezidentimiz doimo yoshlarni erkin fikrlaydigan qilib tarbiyalashni uqtiradilar. Demak, muloqot fikrlash bilan o'zviy bog'liq holda shakllanadi. Shaxs shakllanishida muloqotning ahamiyati haqida bir necha psixolog olimlar o'z fikrlarini bayon qilganlar. Jumladan, rus psixologi B.G. Ananev Odam bilishning predmeti sifatida asarida bu masalani chuqur tahlil qilgan. U bilimning turli elementlarini egallash muvaffaqiyatli o'zlashtirishning garovi ekanligini takidlaydi. Bilimlarni egallash muloqot orqali amalga oshirilishini ham uqtirib o'tadi. Agar kishilar o'zaro bir-birlariga axborot o'zatmasalar, tajribalarini muloqot orqali almashmasalar ular rivojlanmay qolishlari to'g'risida B.G. Ananev asosli fikrlarni keltiradi. B.G. Ananev fikricha: Muloqot ijtimoiy va individual holatdir. Shuning uchun nutq bilan o'zviy bog'liq, kommunikativ vazifani bajarishda pantomimika, imo-ishoralar muloqot shakllari sifatida yuzaga chiqadi.(Tanlangan psixologik asarlar.2-tom . 21-.). Demak, olim muloqot tushunchasini umumiy, yosh va pedagogik psixologiya kabi fanlar uchun chuqur tahlil qilib bergan. Hozirgi paytda mamlakatimizda va xorijda muloqot muammosiga qiziqish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.4 KB
Ko'rishlar soni 663 marta
Ko'chirishlar soni 143 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:03 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.4 KB
Ko'rishlar soni 663 marta
Ko'chirishlar soni 143 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga