Shaxs strukturasi va yo'nalishlari Reja: 1. Shaxs to'g'risida umumiy tushuncha 2. G'arb psixologiyasida shaxs nazariyalari 3. «Men» obraz iva o'z-o'zini anglash 4. Shaxsning psixologik tuzilishi Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ, shaxs, individuallik tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog'lom odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo'q, oddiy malakalarni o'zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan birinchisinigina shaxs deb atash an'ana tusiga kirib qolgan, chunki o'sha zotgina ijtimoiy mavjudot, ijtimoiy munosabatlar mahsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bo'la oladi. Individ sifatida yorug' dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta'sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir. Ilk bolalik chog'idanoq individ muayyan ijtimoiy munosabatlar tizimi doirasiga tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bo'lib, u yoshligidanoq shu tayyor ijtimoiy munosabat, muomala, muloqot tizimi bilan tanisha boradi. Ijtimoiy qurshov, yani oila a'zolari, mahalla ahli, jamoatchilik, ishlab chiqarish jamoasi, ijtimoiy guruh ichida odamning bundan keyingi rivojlanishi uni shaxs sifatida shakllantiruvchi, uning ongi va irodasining xususiyatlariga mutlaqo bog'liq bo'lmagan har xil xususiyatli munosabatlar majmuasini vujudga keltiradi. Jahon psixologiyasi fanida onda-sonda uchrab turadigan shaxsni ijtimoiy muhitning sust mahsuli deb tushuntirish va unda faollikni inkor etish o'ta bahsli fikrdir. Shuni alohida takidlab o'tish kerakki, shaxsning ijtimoiy tajribani o'zlashtirish jarayoni odamning o'zicha amalga oshirayotgan faoliyatiga va uning bilan qanday maqsad ko'zlayotganiga nisbatan munosabatini aks ettiruvchi ruhiy dunyosi orqali namoyon bo'ladi. Odatda faollik shaxsga xos xulq-atvor, faoliyat, muomala motivlarida, ustanovkalarida, amaliy ko'nikmalarida ko'zga tashlanadi. Boshqacha so'z bilan aytganda, faollik shaxsining atrof-muhitdagi voqelikni egallashga intilgan say-harakatlarda vujudga keladi. Shaxsning faolligi uning o'z istiqboli uchun yo'l-yo'riq tanlashda, uni o'zlashtirishda, hayotda o't mavqei va o'rnini topishda gavdalanadi. Bir xil turmush sharoitlari shaxs faolligining turli shakllarini yaratish hamda har xil hayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkoniyatiga ega, hayotda biron bir tanbeh berishning o'zi kimgadir ruhiy hisni uyg'otsa, boshqa birining sirtiga ham kirmasligi uchraydi. Shunday qilib, odamga ta'sir qiluvchi barcha tashqi qo'zg'atuvchilar ijtimoiy shart-sharoitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy qismlari tuzilishi yig'indisi bilan boyitilgani evaziga shaxs degan tushuncha hosil bo'ladi. Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning nndividualligidir, yani yakkaxolligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlariniig betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig'indisi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Psixik xususiyatlarning birikmasini aynan o'xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Masalan, yaqin odamdan ayrilganligi g'amu-alam, uning bilan birga esa hayotda tiklab bo'lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab vokelikning mangulikka yo'nalishi bilan izohlash ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
39.34 KB
Ko'rishlar soni
744 marta
Ko'chirishlar soni
79 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:03
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
39.34 KB
Ko'rishlar soni
744 marta
Ko'chirishlar soni
79 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:03 ]
Arxiv ichida: docx