Shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasi Reja: 10.1. Shaxslararo munosabatlarning turlari va ularning o'zaro ta'siriga xos xususiyatlar. 10.2.Sotsiometriya, referentometriya metodikalari 10.3. Oila rasmi, 10.4.Jil film testi proyektiv metodikalari. Tayanch tushunchalar: shaxslararo munosabat psixodiagnostikasi, sotsiometriya, referentometriya,oila rasmi, Jil film proyektiv metodikalari. 10.1. Shaxslararo munosabatlarning turlari va ularning o'zaro ta'siriga xos xususiyatlar Munosabat - odamlar o'rtasidagi birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog'lanishlar rivojining ko'p qirrali jarayonidir.Munosabatning uch jihati farqlanadi: kommunikativ (axborot uzatish) , pertseptiv (o'zaro birgalikda idrok etish) , interaktiv (o'zaro birgalikda harakat qilish). Nutq - bu og'zaki kommunikatsiya, til yordamida munosabat qilish jarayonidir. Psixodiagnostikada shaxslararo munosabatlarni o' rganish uchun turli metodikalar ishlab chiqilgan.Quyida ular bilan tanishamiz. 10.2. Sotsiometriya, referentometriya metodikalari Sotsiometriya metodining asoschisi amerikalik psixolog D.J.Moreno hisoblanadi. Sotsiometriya yordamida guruhdagi shaxslararo munosabatlar aniqlanadi. Metodika o'tkazishdan maqsad: Metodika guruhdagi shaxslararo munosabatlarda simpatiya(yoqish) va antipatiya(yoqtirmaslik), guruhdagi jipslik, norasmiy munosabatlarni tadqiq qilishga mo'ljallangan. SHuningdek, metodika yordamida guruhdagi norasmiy liderlar, munosabatlarni va boshqa xususiyatlarni aniqlash mumkin. Metodika ikki xil shaklda o'tkaziladi. Birinchi shakli noparametrik tarzda metodikani o'tkazishda sinaluvchilarga o'z guruhidan tanlaydigan kishilarning soni chegaralab qo'yiladi. Sinaluvchining oldiga guruh a'zolarining ro'yxati qo'yilib, shu kishilarga o'ziga yoqish yoki yoqmaslik darajasiga qarab raqamlab chiqish taklif etiladi. Noparametrik metodikaning noqulaylik tomoni shundaki, guruh a'zolari soni 15-16 tadan oshgandan so'ng sotsiometrik tanlovlar sonini hisoblash qiyinlashib qoladi. Bunday vaziyatda kompYuterdan foydalanish maqsadga muvofiq. Noparametrik metodikaning yana bir noqulayligi, shaxs guruhidagi 20-25ta tengdoshlarini obyektiv ravishda baholashga, munosabatini bildirishga qisqa vaqt ichida qiynalib, tasodifiy tanlov bajarishi mumkin. Metodikaning ikkinchi shakli parametrik tarzdagi tanlovlar bo'lib, shaxsga o'zi faoliyat ko'rsatayotgan guruhdan 3-5 tagacha kishilarni tanlash taklif etiladi, ya'ni tanlov soni 3-5 ta kishi bilan chegaralanadi. Parametrik tarzdagi tanlovlar Tadqiqotchilarning fikricha, parametrik tarzdagi tanlovlar sodda, ishonchli bo'lib muhim tanlovlar sonini va qiymatlarini hisoblashlarini osonlashtiradi. Tanlovlar sonining chegaralanganligi (3-5 kishi) shaxsning talovlarga jiddiy e'tibor bilan yondashishiga sabab bo'ladi. Sotsiometriya tanlovlarini o'tkazishda eksperimentator tomonidan sinaluvchilarga beriladigan savollar mezonlarining ahamiyati katta. Bu mezonlar quyidagi shaklda bo'lishi mumkin. Guruhdagi tengdoshlaringizdan o'zingizga yoqqan uch kishini o'yingizga mehmonga chaqirmoqchisiz. Siz ulardan qaysi birini birinchi o'rinda, qaysisini ikkinchi va qaysisini uchinchi o'rinda taklif etasiz? Sinf etakchisini saylash uchun, guruhda birinchi, ikkinchi, uchinchi o'rinda kimlarni taklif etasiz. Sotsiometriya metodikasini o'tkazish uchun sinaluvchilarga testni o'tkazish maqsadi qisqacha tushuntiriladi. Tanlovlarni birov bilan maslahatlashmasdan, mustaqil ravishda amalga oshirish talab qilinadi. Iloji boricha, har bir stolda bitta o'quvchi test savollariga javob yozishni ta'minlanishi zarur. Har bir o'quvchi to'ldirgan sotsiometrik kartochkalar asosidasotsiometik matritsa to'ldiriladi. O'tkazish tartibi: kichikroq qog'ozga o'quvchining ismi va familiyasi yozilib, tagiga chiziladi. O'quvchiga: eng yaqin do'stlaringdan 3 tasining ismi ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
84.85 KB
Ko'rishlar soni
335 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:04
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
84.85 KB
Ko'rishlar soni
335 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:04 ]
Arxiv ichida: docx