Siyosiy jarayon va etnopsixologik xususiyatlari

Siyosiy jarayon va etnopsixologik xususiyatlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Siyosiy jarayon va etnopsixologik xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Siyosiy jarayon va etnopsixologik xususiyatlari Reja: Siyosiy xulqning psixologik shakllari. Instinkt siyosiy xulq shakli sifatida. Siyosiy jarayonlardagi milliy psixologik xarakter. Jamiyatdagi siyosiy elita. Tayanch tushunchalar Siyosiy xulq-atvor - siyosiy vaziyat, jarayondagi xatti-harakat, faoliyat yo'nalishi, ijtimoiy-siyosiy uslubning namunalari, turlari, manosidadir. Milliy xarakter - bir millat birlashmasiga xos o'rab turgan dunyoni emotsional qabul qilish va unga javob berishga bog'liq xususiyatlar ifodasidir. Siyosiy xulq-atvor - siyosiy jarayonning alohida ishtirokchisi jamiyat subyektlarini faolligi, ommaviy namoyishlar, aksiyalar, ish tashlash kabilarda namoyon bo'luvchi xususiyat. Instinkt-bu harakat quvvatini yo'naltiruvchi, biologik bog'langan, xulq -atvorning tug'ma moduli. Siyosiy xulqning psixologik shakllari. Politologlar siyosatda bo'layotgan voqea hodisalarni mazmuniga etibor qaratsalar, psixologlar bu voqea-hodisalar qanday sodir bo'layotganiga etibor beradilar. Siyosat haqidagi boshqa fanlardan farqli ravishda psixologiya avvalo siyosiy rolni bajarayotgan odamlarning psixologik xususiyatlarini o'rganadi. Umuman olganda siyosiy xulq termini ostida fanda alohida ishtirokchi va ommaviy namoyishlar, hokimiyat subyektlarining faolligiyu, odamlarning namoyishlari, aksiyalari, ish tashlashlari ham tushuniladi. Psixologlar inson faoliyatini 3 shaklga ajratadilar: instinkt, bilim va ko'nikma, aqliy harakatlariga. Bu psixologik tasnif siyosatni tasvirlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. ? Instinkt siyosiy xulq shakli sifatida namoyon bo'ladimi?. Instinkt-bu, harakat quvvatini yo'naltiruvchi, biologik bog'langan, xulq- atvorning tug'ma moduli. Psixologlar inson his tuyg'ulari chegarasi masalasida har-xil fikr bildirsalarda, ko'pgina harakatlar instinktiv xarakterga ega ekanligini tan oladilar. Bazi psixologlar bunday instinktlarni o'ntagacha desalar, qolganlari mingtacha bor deb hisoblaydilar. Instinkt tarkibiga inson xulqidagi avtomatik (nafas olishdan to yurishgacha) va ehtiyojlarga bog'liq ortirilgan (o'zini saqlash, naslni davom ettirish, va x.) harakatlar kiradi. Siyosatda insonning barcha instinktlari tajovuzkorlikdan to ochko'zlikkacha, birodarlikdan to o'z-o'zini saqlashgacha namoyon bo'ladi. Siyosatdagi xulq- atvorning instinktiv asosi biron bir harakatga energiya yo'naltirish uchun inson tomonidan idrok yetmagan (o'zi bilmagan) holda ro'y beradi. ? Ko'nikmalar siyosiy xulq shakllari sifatida qanday ko'rinishdi namoyon bo'ladi? Tug'ma instinktlardan farqli o'laroq inson xatti-harakatining ko'p qismi hayot tajribasida ortirilgan ko'nikmalardan iboratdir. Siyosat haqida gapirar ekanmiz siyosiy bosqich ishtirokchisining o'z funksiyasi va rolini bajarishi uchun talab etiladigan usul, uslub, siyosiy madaniyatdagi odatlarni, stereotiplarni tushuniladi. Ongli harakatlar siyosiy xulqning alohida shakli bo'lib siyosiy ong harakatining maqsadlari uchun xizmat qiladi. Siyosatning maqsadi ijtimoiy xarakterga ega bo'lishini ta'minlash, har xil ishtirokchilarni birlashtirish uchun turli usullar qo'llanadi. Avvalo bu masalani turli dasturlar, mafkuraviy sxemalar, siyosiy aksiyalar, kompaniyalar echadilar. Siyosiy xulq uchun yakka inson yoki partiyalar mafkurasi alohida ahamiyat kasb etadi. Yuqorida ko'rsatilgan siyosiy xulqning uch shakli: instinktlar, ko'nikmalar va ongli harakat-analitik maqsadda qo'llaniladi. Zamonaviy siyosiy psixologiya siyosiy madaniyatning ko'plab nazariy modullarida namoyon bo'ladi. Lekin barcha yo'nalishlar, tadqiqotlar strategiyalarga kiritiladi. Birinchisi odamni siyosiy ta'sir obyekti sifatida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.4 KB
Ko'rishlar soni 239 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:05 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.4 KB
Ko'rishlar soni 239 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga