Siyosiy madaniyatning darajalari, modellari va turlari Siyosiy madaniyat - jamiyat siyosiy tizimining eng muhim elementlaridan biri sifatida muhim o'ringa ega. Jamiyatda siyosiy madaniyatning nechog'lik rivojlanganlik darajasiga qarab uning siyosiy tizimi qanchalik mukammal tashkil qilinganligiga baho berishi mumkin. Siyosiy madaniyat fuqarolarning siyosiy jihatdan layoqatlilik darajasini ifoda etib, jamiyatda siyosiy va davlat institutlarining shakllanishi, faoliyat ko'rsatishiga, shuningdek, davlat va jamiyat o'rtasidagi munosabatlarning tashkil qilinishi jarayoniga xal qiluvchi, ta'sir o'tkazuvchi omil sifatida namoyon bo'ladi. Siyosiy madaniyat o'zining mazkur jihatlari bilan mamlakatda siyosiy barqarorlikni saqlash, mustahkamlash, jamiyatni demokratiyalashtirish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida, aholini ma'naviy jihatdan yuksaltirishda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. Siyosiy madaniyat umummilliy madaniyatning o'ziga xos, shu bilan birgalikda ajralmas qismi hisoblanadi. Siyosiy madaniyat, avvalam bor, katta va kichik ijtimoiy guruhlarning, umuman insoniyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida olgan siyosiy tajribasidir. Siyosiy madaniyat bir joyda qotib turmaydi, u doimo o'sishda, o'zgarishda bo'ladi. Ayni bir paytda siyosiy madaniyat bo'sh joyda o'z-o'zidan paydo bo'lib xam qolmaydi. Siyosiy madaniyatning shakllanishiga ta'sir qiluvchi ko'plab omillar bor. Siyosiy madaniyat tushunchasi qachon paydo bo'lgan, uning mohiyati nimalarda o'zining aniqroq ifodasini topadi? Insonlarning bevosita ma'naviy hayoti, qadriyatlari, dunyoqarashi, urf-odatlari bilan bog'liq holda namoyon bo'luvchi siyosiy hodisa bo'lgan siyosiy madaniyat siyosatning o'zi kabi uzoq tarixga egadir. Siyosiy madaniyat tushunchasi u yoki bu tarzda qadimgi mutafakkirlar tomonidan xam malum darajada talqin qilingan. Siyosat olamining buyuk donishmandlari bo'lmish Konfutsiy, Arastu, Aflotun, Abu Nasr Farobiy, Yusuf Xos Hojib, Makiavelli va boshqalarni bunga misol qilib keltirish mumkin. «Siyosiy madaniyat» terminining o'zi esa ancha keyinroq paydo bo'ldi. Uni ilmiy muomalaga XVIIasrda nemis faylasufi va ma'rifatparvari I.Gerder olib kirgan degan qarash mavjud. Empirik asosga ega bo'lgan siyosiy madaniyat to'g'risidagi ilmiy konsepsiyalar esa g'arbda XX asrning o'rtalariga kelibgina shakllana boshladi. Bunda yirik xalqaro tadqiqotchilar bo'lgan G.Almond, X.Fayer, S.Verba, A.Lipset, M.Dyuverje, U.Razenbaum, G.Pauell, L.Pay kabilarning xissalari bor. Masalan, hozirgi zamon politologiyasida «siyosiy madaniyat» tushunchasini ishlatgan Amerikalik nazariyotchi X.Fayerning 1956 yilda bosilib chiqqan «Yevropaning buyuk davlatlari boshqaruv tizimi» nomli kitobi siyosiy madaniyatning mohiyatini anglash yo'lida qo'yilgan muhim qadamlardan bo'lgan bo'lsa, undan sal keyinroq G.Almond va S.Verba besh mamlakat AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Meksika va Italiya siyosiy jarayonlarini tadqiq qilish asosida o'zlarining «Fuqarolik madaniyati» (1963) nomli maktabni elon qildi. L.Pay bilan S.Verba o'nta mamlakat jamiyati siyosiy madaniyatini o'rganishi asosida «Siyosiy madaniyat va siyosiy tadqiqot» (1965) nomli asarini chop ettirdilar. Bu ilmiy ish siyosiy madaniyatning hozirgi zamon konsepsiyasining shakllanishiga muhim turtki bo'ldi hamda siyosiy madaniyat nazariyasining kelajakdagi taraqqiyotiga malum darajada zamin tayyorlab berdi. Siyosiy madaniyat tushunchasini talqin qilishda turlicha yondashuvlar ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.26 KB
Ko'rishlar soni
360 marta
Ko'chirishlar soni
72 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.26 KB
Ko'rishlar soni
360 marta
Ko'chirishlar soni
72 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:05 ]
Arxiv ichida: docx