Sotsial nazorat va ijtimoiy qoidalar

Sotsial nazorat va ijtimoiy qoidalar

O'quvchilarga / Psixologiya
Sotsial nazorat va ijtimoiy qoidalar - rasmi

Material tavsifi

Sotsial nazorat va ijtimoiy qoidalar. Muloqot maqsadlari kishilarning birgalikdagi faoliyati ehtiyojlarini aks ettiradi. Bu hol quruq safsatabozlikning, yani fatik muloqotning, kommunikatsiya vositalarining birgina muloqot jarayonining o'zini hosil qilishdan iborat yagona maqsad yo'lida tuturuqsizlik bilan foydalanilishini mustasno etmaydi. Kishilar muloqotga kirishar ekan, savol berish, buyruq, iltimos qilish, biror narsani tushuntirish bilan birga o'z oldiga boshqalarga ta'sir etish, shu narsani ularga tushuntirish maqsadini qo'yadi. Muloqotning maqsadi kishilarning birgalikdagi faoliyatiga ehtiyojini aks ettiradi. Bunda muloqot shaxslararo o'zaro ta'sir sifatida namoyon bo'ladi, yani kishilarning birgalikdagi faoliyati jarayonida paydo bo'luvchi aloqa va o'zaro ta'sirlar yig'indisidir. Birgalikdagi faoliyat va muloqot ijtimoiy nazorat sharoitida ro'y beradi. Jamiyat ijtimoiy normalar sifatida maxsus xulq-atvor namunalari tuzilishini ishlab chiqqan. Ijtimoiy normalar ko'lami nihoyat keng-mehnat intizomi harbiy burch va vatanparvarlik xushmuomalalik qoidalari ana shular jumlasidandir. Ijtimoiy nazorat muloqotga kirishuvchilar bajaradigan rolning repertuariga mos holda namoyon bo'ladi. Psixologiyada rol deganda ijtimoiy (sotsial) mavqeni egallab turuvchi har bir kishidan atrofdagilar kutadigan, normativ tomonidan maqullangan xulq-atvor namunasi tushuniladi. (Yosh, mansab, jins va oiladagi, o'qituvchi va o'quvchi shifokor va bemor, katta kishi yoki bola, boshliq yoki xodim, ona yoki buvi, erkak yoki ayol, mehmon yoki mezbon rolida namoyon bo'lishi mumkin). O'z navbatida har bir rol o'ziga mos talablarga javob berishi kerak. Bir kishi turli muloqot vazifalarida turli rollarni bajarishi mumkin. Masalan, xizmat joyida direktor, kasal bo'lsa vrach ko'rsatmalariga itoat etuvchi bemor, oilada keksa ota - onasining qobil farzandi, mehmondo'st oila boshlig'i bo'ladi. Turli rollarni bajaruvchi kishilarning o'zaro munosabati rolli kutishlari bilan boshqariladi. Xohlaydimi yoki yo'qmi atrofdagilar undan malum namunaga mos keluvchi xulq - atvorni kutadilar. Agar rol yaxshi bajarilmasa ijtimoiy-nazorat tomonidan baholanadi, ozmi-ko'pmi cheklanishlar qilinadi. Turli xil rollarni bajarayotgan kishilarning o'zaro birgalikdagi harakati rollar ehtimoli bilan boshqariladi. Rolning qanday bajarilishi sotsial nazorat ostida bo'ladi, ijtimoiy jihatdan baholanadi, namunadan chetga chiqish esa qoralanadi. Jumladan, ota-onalar mehribon, xushmuomala, bolaning aybiga nisbatan shafqatliroq bo'lishlari kerak-bu rollar ehtimoliga mos bo'lib tushadi va ijtimoiy jihatdan maqullanadi. Ammo atrofdagilarga ota-onaning xushmuomalaligi haddan oshib ketayotgani sezilib turadi va qoralanadi. Vaqti kelganda ota-ona bolaga nisbatan qattiqqo'l, talabchan bo'lishlari lozim. Shunday qilib, o'zaro birgalikda harakat qilayotgan kishilar xulq-atvorining bir-birlaridan kutgan taxminlariga mosligi muloqot jarayonida muvaffaqiyatga erishishning zarur sharti hisoblanadi. Kishining boshqalardan eshitishga yoki ularda ko'rishga tayyor bo'lgan narsani ulardan kutish mumkinligini bexato va aniq taxmin qilish qobiliyati, malakasi odob deyiladi. Odobsizlik-bu muloqot jarayonida muloqotga kirishganlarning o'zaro birgalikdagi harakatlarining izdan chiqishiga olib keladigan va bazan mojaroli vaziyatlarni vujudga keltiradigan darajada buzilishi demakdir. Odobsiz xulq-atvor nisbatan beg'araz tabiatga ega bo'ladi. Pedagogik odobning tegishli aloqa o'rnatish chog'ida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.6 KB
Ko'rishlar soni 706 marta
Ko'chirishlar soni 119 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:05 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.6 KB
Ko'rishlar soni 706 marta
Ko'chirishlar soni 119 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga