Tafakkur rivojining psixologik-pеdagogik jihatlari Mutaxassislar tafakkur ijodkorligining 6 blok omil va jarayonlarini ko'rsatishadi: 1. Idrok va xotira. 2. Tafakkur. 3. Hayol va yangilik. 4. Sezgirlik (ichki sezgi) (intuitsiya). 5. Mustaqillik-o'z fikrini (dunyoqarashini) bemalol ifodalashi. 6. Shaxsning estetik hamda axloqiy sifatlari. Eng muhim bloklardan biri tafakkur bilan bog'liq blokdir. «Tafakkur» nima?Tafakkur, - A.N.Leontevning fikricha, -bu ob'ektiv borliqning (xususiyatlari, aloqalari, munosabatlari bilan) inson ongida ifodalanishi, unda inson sezgi orqali olamni, ob'ektiv borliqni tushunib yetadi. Ushbu tushuncha Pedagogik lug'atda quyidagicha imzohlanadi: tafakkur-insonning narsa-hodisalarni, ob'ektiv borliqni umumlashgan holda uning munosabatlari, aloqalari orqali bilishdir. Tafakkur faol maqsadga yo'naltirilgan faoliyat bo'lib, unda mavjud va yangi (kelayotgan) ma'lumotlarini qayta ishlab, undagi asosiy va ikkinchi darajali elementlarini aniqlab, ular orasidagi aloqadorlikni, qonuniyatlarni aniqlovchi bilish jarayonidir. Tafakkurning boshqa psixologik jarayonlardan farqi - uning yangi bilimlarni ochishga yo'naltirilganligidadir. Shunday qilib, tafakkur: Psixologik jarayon bo'lib, obektiv borliqdagi umumiylik va alohidalikni ko'rsatadi, ifodalaydi. 2. Tafakkur inson xulqining boshqaruvchisi funktsiyasini bajaradi. Chunki u insonning maqsad, vazifa, vosita, harakat dasturi bilan bog'liqlikda namoyon bo'ladi. 3. Tafakkur ijtimoiy jarayondir, uni inson faoliyati davomida orttirgan bilimlarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Dizaynerlik tafakkuri tushuchasini faol tafakkur mexanizmisiz tushunish qiyin. Tafakkurga faol jarayon sifatida qarash kerak, chunki faollik boshqa psixik jarayonlardan farqli o'laroq, tafakkurga xosdir. Inson tafakkurining faol ahamiyatga egaligi, uning o'ziga xosligi, boshqa psixik jarayonlar bilan aloqadorligi, ayniqsa eslash (xotira) bilan, uning rivojlanish qonuniyatlari psixolog olimlar tomonidan o'rganilgan (B.G.Ananev, P.YA.Galperin, A.V.Zaporojets, G.S.Kostyuk, A.N.Leontev, Yu.A.Samarin, B.T.Teplov, M.N.Shardanov, P.YA.Shevarev). Ma'lumki, yangi bilimlarni izlashda turli usul va uslublar qo'laniladi (algoritmik, evristik metodlar). Tafakkur o'tmish tajribasisiz faol bo'la olmaydi. Izlanishlar jarayonida chetga chiqishlar, adashishlar bo'ladi, shu tariqa yangiliklar ixtiro qilinadi, yangi muammolar, masalalar paydo bo'ladi, yechiladi. Sub'ekt tafakkurining harakatlantiruvchi kuchi, uning maqsad va vositalari orasidagi qarama-qarshiliklarning paydo bo'lishidadir. Fikr, jarayonining rivojlanishi o'ziga xos bo'lsada, umumiy tomonlari ham mavjud. Vaziyat muammosi hamisha faoliyatga to'siq sifatida vujudga keladi. Vaziyat muammosini yechish, vaziyat muammosidan chiqib ketish bosqichlarini ko'rib chiqamiz: - vaziyat muammosini, vaziyatni anglab yetish; - nimaaniq, nimalar nomalumligini belgilab olish; - aniqlash (izlash) doirasini (qo'yilgan maqsad, tajriba asosida) belgilab olish; - farazning paydo bo'lishi; - faraz to'g'riligini tekshirib ko'rish. Tafakkur voqyelikni umumlashgan holda aks ettirish jarayoni bo'lsada, uning fikrlash jarayonida mahsuldorligi har xil bo'ladi. Muammoning yangiligi esa uning yechimida har xil sakrashlar, evristika (fikrlash), ijodiy fikrlashlar, muammo yechimida mantiqiy tahlilni talab qiladi.Bu jarayonda umumlashgan mantiiqiy fikrlash bilan birga ichki (intuitiv) fikr yuritish juda muhimdir. Bu jarayonlar aniq va mavhum vazifalarda, konkret vazifa, predmet va modellarni tahlil qilganda, narsa-hodisalarning noaniq tomonlarini izlashda intuitiv tarzda yuzaga ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.64 KB
Ko'rishlar soni
213 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:07
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.64 KB
Ko'rishlar soni
213 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:07 ]
Arxiv ichida: docx