Tafakkur - rasmi

Material tavsifi

Tafakkur Reja: Tafakkur haqida tushuncha. Tafakkur va hissiy bilish. Tafakkur operatsiyalari. Tafakkur shakllari. Tafakkur turlari. Tafakkur va muammoli vaziyat. Tafakkurni tadqiq etishning ijtimoiy ahamiyati. Mavzuning tayanch tushunchalari: tafakkur, ijodiy tafakkur, amaliy tafakkur, mantikiy tafakkur, induksiya, deduksiya, xukm, tushuncha, xulosa chiqarish, tafakkur sifatlari. TAFAKKUR VA hissiy BILISh. tashqi olamdagi vokeilikni sezgi, idrok va tassavur jarayonlari orqali bilish muhim ahamiyat kasb etadi, lekin urganilayotgan narsa va hodisalarni atroflicha chuqur aks ettirish uchun bular xali etarli emas. Chunki ularning o'zaro munosabatlari, sifat va miqdor o'zgarishlari, murakkab ichki bog'lanishlari, o'zaro ta'sir etish xossalarini bevosita kuzatish yoki hissiy obrazlar yordamida aniqlash imkoniyati yuk. Madomiki shunday ekan, subyektning bilish anglash lozim bo'lgan obyekt bilan o'zaro ta'sirini bevosita aks ettirish yo'li orqali bo'laklarga ajratish imkoniyati cheklanganligi sababli hissiy bilish bosqichidan aqliy bosqichga, yani tafakkurga utish zarurati tugiladi. Fikr yuritish yordamida atrof - muhitni chuqurrok bilish, narsalar, vokealar va hodisalar o'rtasida mavjud bo'lgan o'zaro ichki munosabatlar, bog'lanishlarni aniqlash problematik tarzda namoyon bo'ladi. Inson oldida problema - muammo vujudga kelmas ekan, u holda tafakkur jarayoni hosil bo'lishi mumkin emas. Shunday qilib, inson uzining bilish faoliyatida vokeilikning murakkab jihatlarini hissiy bosqich yordami bilan aks ettira olmay kolganda tafakkurga, fikr yuritishga murojaat qiladi. Insonning bilish faoliyatida sezgi, idrok, tassavur obrazlari bilan tafakkur o'zaro uzliksiz ravishda bir - birini boyitib turadi. Ana shunga binoan bilish jarayonining hissiy va aqliy bosqichlari mavjuddir. Tafakkur, sezgi va idrokdan farq qilib, bir nechta xususiyatga egadir. Uning birinchi xususiyati vokeilikni umumlashgan holda aks ettirishdir. Tafakkurning ikkinchi muhim xususiyati bog'lanishlarni bevosita aks ettirishdir. Bu xususiyat tufayli tabiat va jamiyatdagi turli hodisa va vokealar o'rtasidagi bog'lanishlarni tushuntirish imkoniyatiga ega bulamiz. Tafakkurning uchinchi xususiyati so'z nutq orqali narsa va hodisalar o'rtasidagi murakkab munosabatlarni aks ettirishdan iboratdir. Insonning fikr yuritishi bir va undan ortik so'zlar, tushunchalar vositasida ifodalanadi. Shuning uchun odam uylayotganda o'z fikrini aytayotgandek, gapirayotganda esa fikr yuritayotgandek tuyiladi. Ergash Goziev uzining «Tafakkur psixologiyasi» Toshkent, «o'qituvchi» nashriyoti, 1990 yil kitobida ta fakkurga kuyidagicha ta'rif bergan. «Tafakkur atrof muhitdagi vokelikni nutq yordami bilan bavosita, umumlashgan holda aks ettiruvi psixik protsess, sotsial sababiy bog'lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va prognoz qilishga yo'naltirilgan aqliy faoliyatdir». Bizningcha, ushbu ta'rifda tafakkurning eng muhim xususityalari va funksiyalari sanab utilgan. TAFAKKUR JARAYoNLARI. Tafakkur quyidagi jarayonlarda yuz beradi. Analiz va sintez. taqqoslash. Abstraksiyalash. Umumlashtirish. Konkretlashtirish. Klassifikatsiyalash. Sistemalashtirish. ANALIZ - shunday bir tafakkur jarayoniki, uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy ravishda bo'lib ajratib, ularning ayrim qismlari va xususiyatlarini tahlil kilamiz. SINTYeZ - shunday bir tafakkur jarayonidirki, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.33 KB
Ko'rishlar soni 214 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.33 KB
Ko'rishlar soni 214 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga