Talabalar o'quv faoliyati psixologiyasi Reja: Ta'lim psixologiyasi. O'quv faoliyatining ahamiyati, umumiy tuzilishi. Talaba o'quv faoliyatini shakllantirish. D.V.Elkonin, V.V.Davidov, M.I.Maxmutovlar izlanishlarida o'quv faoliyati muammosi. Ta'lim psixologiyasi shaxsning bilimlarni egallash, mustahkamlash uslublaridan iborat faoliyat jarayonini qamrab oluvchi qator savollarning tuzilishini o'rganadi, shuningdek, ularning natijasida s 'amning individual tajriba, bilim, malaka va ko'nikmalari shakllanadi. Inson dunyo bilan hamkorlikdan nimadir yangi narsa o'rganish va o'z ehtiyojlarini qondirish uslublarini takomillashtirib borganligi sababli ham bilim olishga bo'lgan intilish insonning butun umri davomida ta'qib etib boradi, chunki odam har bir amaliy bilimini hayotdan o'rganadi. Boshqacha qilib aytganda, ta'lim olish har bir faoliyatda mavjud bo'Iib, u subyektning shakllanish jarayonini o'z ichiga qamrab oladi. Shunday qilib, ta'lim olish yetarli darajada keng tushunchadir, u o'z ichiga nafaqat ta'lim olishning uyushtirilgan shakllarini, (maktab, kurslar, oliygoh), balki inson tomonidan kundalik hayotda egallanayotgan bilim va malakalarni ham o'z ichiga oladi. Boshqa faoliyat turlari bo'lmish o'yin va mehnatdan o'zining maxsusligi mohiyati bilan ajralib turuvchi bu faoliyatni psixologik faoliyat sifatida yondashilganda, o'qish faoliyatining uyushgan shakllarini ko'riladi. Uning eng muhim jihati shuki, u istalgan boshqa bir faoliyatga insonni tayyorlaydi va uning asosi boiib hisoblanadi. Psixologlarning bu boradagi izlanishlariga ko'p bo'lgani yo'q (taxminan 50 yillardan boshlangan) va bu sohada hali u darajada sezilarli ishlar qilingan emas. Ammo o'qish faoliyatini tashkil qilish uchun asos yetarli darajada shakllangan va ular o'qitish nazariyasining aniq savol-muammolariga psixologiyaning bir yoqlama yondashishiga yo'l qo'yadi. O'quv faoliyati nazariyasining asosi nima va u psixologiya o'qitish metodikalarini ishlab chiqishda qanday ahamiyatga ega? Awalambor, psixologiyaning qaysi sohasida ishlashdan qat'i nazar, o'qituvchi o'qish faoliyati nazariyalarining asosiy qonun qoidalarini bilishi zarur. Bu bilim egallab olish qoidalari va o'qitish metodikalarini to'g'ri tuzish uchun juda muhim. O'qish faoliyati psixologiyada ilmiy tushuncha sifatida bir yaqqol ifodaga ega erpas. Rus pedagogikasi va psixologiyasining «klassik» nazariyalarida - bu «kichik maktab yoshdagi yetakchi faoliyat», «ijtimoiy faollikning asosiy shakli» sifatida e'tirof etiladi. D.B.Elkonin va V.Davidovning ta'kidlashicha, o'qish faoliyati - bu o'quvchining nazariy bilimlar-o'zlashtirishga qaratilgan va fikrlashning o'sishini ta'minlaydigan faoliyatlaridan bin sifatida ko'rsatiladi. O'qish faoliyati o'quvchining o'zi amalga oshirib o'zini o'zgartirish uchun maxsus tashkil qilingan faoliyat bo'lagidir. O'qish faoliyatining muhim qismi o'quv topshiriq hisoblanadi. Topshiriq yechilish jarayonida, har bir amaliy mashg'ulotdagi kabi, o'quvchi tomonidan o'rganilayotgan obyektda yoki bu haqdagi tasawurda ma'lum bir o'zgarishlar yuzaga keladi, ammo natijada subyektning o'zi o'zgaradi. O'quv topshirig'i subyektda oldindan berilgan o'zgarish sodir bo'lgandagina yechimi topilgan deb hisoblash mumkin. O'qish faoliyati jarayonida (yosh avlod) o'quvchilar kattalarning tarbiyasiga tayanadi, o'rganadi. Har bir yosh avlod dunyo haqidagi bilimlarni bevosita uni o'rab turgan borliqdan oladi, ammo ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
46.18 KB
Ko'rishlar soni
318 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:08
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
46.18 KB
Ko'rishlar soni
318 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:08 ]
Arxiv ichida: docx