Tarbiya psixologiyasi

Tarbiya psixologiyasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Tarbiya psixologiyasi - rasmi

Material tavsifi

TARBIYA PSIXOLOGIYASI Shaxs odam ishtirok etadigan ijtimoiy munosabatlar sistemasining ta'siri ostida va unda o'zi bajaradigan faoliyat ta'siri ostida tarkib topadi. Ijtimoiy muhitning, kollektivning shaxsga ta'siri to'g'risida gapirilar ekan, sosial psixologiya ishlab chiqayotgan referent guruh tushunchasiga asoslanish zarur.Gap shundaki, hamma odamlar ham, hatto eng yaqin tevarak- atrofdagi odamlar ham maktab o'quvchisining shaxsiga ta'sir qilavermaidi ko'plarning fikrlariga u befarq qaraydi. Har bir odam uchun bo'lganidek, har bir maktab o'quvchisi uchun ham ayrim guruhlar (ba'zan bunday guruh bir kishidan tarkib topgan bo'lishi mumkin) mavjud bo'ladi, u shaxs sifatida bu guruhlarning fikrlari, o'zi uchun nihoyatda ahamiyatli bo'lgan mulohazalari bilan hisoblashadi. Oila, sinf, sinfdagi ayrim o'quvchilar ba'zi, o'qituvchilar, xovlidagi ulfatlar, yaqin do'st va hoka'zolar muayyan maktab o'quvchisi uchun ana shunday referent guruhlar bo'lishi mumkin. Maktab o'quvchisining tez- tez uchrab turadigan tarbiyaviy ta'sirlariga befarqyoki hatto salbiy munosabatda bo'lish hollariga ko'pincha o'quvchining tarbiyachiga ma'lum bo'lmagan referent guruh pozitsiyasida turishi sabab bo'ladi A.V.Petrovskiyning oqilona fikrga ko'raagar tarbiyachi, maktab o'quvchisi xech narsa va xech kim ta'sir qila olmaydi, deb da'vo qiladigan bo'lsa, bu narsa odatda tarbiyasining maktab o'quvchisining axloqiy pozitsiyasini belgilab beradigan ta'sirli referent guruhlardan mutloko xabarsiz ekanligini bildiradi. Bolalik va maktab yoshida shaxs tarbiyasining hal qiluvchi ta'siri ostida tarkib topadi. Tarbiya maxsus faoliyat sifatida muayyan dasturning anglab olingan maqsadning mavjudligi bilan ta'sir ko'rsatishning maxsus ishlab chiqilgan va asoslar berilgan vositalari formalari hamda metodlarining qo'llanilishi bilan tasodafiy va stexiyali ta'sirlardan ajralib turadi. A.S.Makarenko alohida ta'kidlab bunday degan edi, sog'lomtarbiyaviy vaziyatsiz mukammal shaxs vujudga kelgan yoki aksincha, to'g'ri tarbiyaviy ish olib borilgan paytda buzilgan shaxs tarkib topgan birorta holni bilmayman. Maktab o'quvchisining muayyan qoidalar va normalarini bilishi ma'naviy xulq atvorining zarur shartidir. Biroq axloq normalarini shu tariqa bilish o'z-o'zidan axloqiy xulq-atvorini tegishli darajaga erishtirmaydi. Buning ustiga, bilimlarni ma'naviy xulq-atvor praktikasiz o'zlashtirib olish ma'naviy bilimlar bilan ma'naviy xulq-atvori o'rtasidagi ajralishda ifodalanadigan (axloqiy formalizim) deb atalovchi formalizimning yuzaga kelishiga olib boradi. Shuning uchun maktab muassasasi tarbiyalanuvchisi maktab o'quvchisining hayoti va faoliyatini to'g'ri tashkil qilish ijodiy axloqiy sosial ijtimoiy xulq atvor tajribasi uning shaxsini tarkib toptirishda asosiy narsa bo'lishi kerak. O'quvchida bu narsa tarbiyachi rahbarlygida hosil bo'ladi. Bu narsa o'quvchilarda oilimlar sistemasini-tabiiy, axloqiy va g'oyaviy-siyosiy bilimlar sistemasini, (bu bilimlar muayyan darajada yetakchi rol o'ynagan paytda tarkib toptirish bilan yuz berish kerak. Psixologlarning bergan ma'lumotlariga ko'rabirgina faoliyatning o'zida (bu faoliyatning bola uchun nima sababdan yuz berishga qarab) shaxsning har - xil (va hatto bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan) sifatlari tarkib topishi mumkin. Masalan, biz tarbiyalanuvchilarni boshqalarni ochiqdan-ochiq va dadil tanqid qilishga o'rgatamiz. Ana shunday qilish bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.58 KB
Ko'rishlar soni 467 marta
Ko'chirishlar soni 59 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:08 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.58 KB
Ko'rishlar soni 467 marta
Ko'chirishlar soni 59 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga