Umumiy o'rta ta'lim maktablarida psixologik xizmatning asosiy yo'nalishlari

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida psixologik xizmatning asosiy yo'nalishlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Umumiy o'rta ta'lim maktablarida psixologik xizmatning asosiy yo'nalishlari - rasmi

Material tavsifi

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida psixologik xizmatning asosiy yo'nalishlari 1. Psixodiagnostika. 2. Psixologik maorif va ma'rifat. 3. Psixoprofilaktika. 4. Psixik rivojlantirish va psixokorreksiya. 5. Psixologik konsultatsiya (maslahat). 6. Kasb - hunarga yo'naltirish. I.1. Psixodiagnostik ishlar Psixologik diagnostika - Ushbu diagnostik ishlar majmuasi o'quvchilarni maktabda o'qitish davomida psixologik-pedogogik jihatdan chuqurroq o'rganishga yo'naltirilgan bo'lib, ularning individual xususiyatlarini, ta'lim va tarbiyasidagi nuqsonlarning sababini aniqlashga mo'ljallangandir. Diagnostik ishlar guruhiy yoki yakka tartibda (individual tarzda) o'tkaziladi. Bunday tadbirlar quyidagilarda o'z aksini topadi: - YOsh davr taraqqiyotining muayyan me'zonlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida psixolog bolalar, o'quvchilarni, psixologik tekshiruvlardan o'tkazadi, kamolot darajalarini belgilaydi; o'rta umumta'lim va yangi tipdagi (invatsion) maxsus maktablar, o'quvchilarini mazkur muhitga moslashish xususiyatlarini o'rganish. Bolalarni birinchi bosqich ta'limiga qabul qilishda qatnashish, ularni maktab ta'limiga psixologik tayyorgarlik darajasini aniqlash; o'quvchilarni ta'limning bir bosqichidan ikkinchisiga o'tkazishning kompleks psixologik-pedagogik tadqiqotida bevosita qatnashish; - Voyaga yetmagan o'smirlarning o'z tengqurlari bilan muomalasi xususiyatini tekshirish, ularning etnoqyofasi va etnomadaniyati xususiyatini inobatga olgan holda psixofiziologik metodikalarni muayyan sharoitga moslashtirish va tadqiqot ishlarini olib borish; - Deviant (qonunbuzarlik) aksil ijtimoiy xulq - atvor sabablari va ularning shakllarini aniqlash; - Giyohvandlik, taksikomanlik, alkogolizm, o'g'irlik, daydilikning ijtimoiy psixologik ildizlarini tekshirish, ularning omillarini tahlil qilish; - An'anaviy ta'lim-tarbiya metodlarining yutug'i hamda kamchiliklarini tadqiqot qilish, innovatsion, faol uslublar samaradorligini amaliyotda sinab ko'rish, o'quvchilarning ularga nisbatan munosabatini aniqlash va ana shularga asosan o'qitishni individuallashtirish, tabaqalashtirish bo'yicha o'quv-uslubiy ko'rsatmalar tavsiyalar ishlab chiqish; - Iqtidorli o'quvchilarni tanlashda ishtirok qilish, hamda psixologik tavsiyalar ishlab chiqish; I.2. Psixoprofilaktik ishlar Umumiy o'rta ta'lim maktablari amliyotchi psixologlarini psixoprofilaktika yo'nalishidagi ishlari mazmuni quyidagilarda ko'rinadi; Psixologik profilaktika - pedagog va ota-onalarda bolalarning har bir yosh davridagi psixik taraqqiyoti haqidagi psixologik bilimlarni egallash ehtiyojlarini tarkib toptirish bilan bola shaxsi va aqliy taraqqiyotida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan har qanday salbiy og'ishlarning o'z vaqtida oldini olishga qaratilgan psixologik tadbirlardan iboratdir. Jumladan: o'quvchining muayyan sharoitga moslashishi (ko'nikishi)ga oid (adaptatsion) ishlarni olib borish; - Maktabgacha yoshdagi bolalarning bog'cha sharoitiga moslashishi buning uchun ijtimoiy moslashish bilan bog'liq bo'lgan maxsus guruhlar tuzish, nevrotik holatlarni bartaraf qilish, tarbiyasi qiyin bolalar bilan va ularning ota-onalari, tarbiyachilari bilan alohida ishlashni tashkil qilish; -Ota-onalarga farzandlarining bilimlaridagi uzilishlarni kamaytirish uchun maxsus uslubiy yo'l- yo'riq berish; -o'quvchining qobilyati, mayli, moyilligi, iqtidori, psixologik fazilatlari va xususiyatlarini to'laqonli darajada nomoyon bo'lishini ta'minlash maqsadida ularning aqliy taraqqiyotini aniqlash uchun psixologik konsiliumlar tashkil qilish; -o'quvchilar bilan o'qituvchilar muomala jarayonini yaxshilashga yordam berish; - o'quvchilar o'rtasida aysh- ishratga, giyohvandlikka, yengil turmush kechirishga, king'ir yo'l bilan boyishga ( chayqovchilik, qizlar orasidagi yengil oyoqlikka) ruju qiluvchi shaxslar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 63.25 KB
Ko'rishlar soni 334 marta
Ko'chirishlar soni 54 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:10 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 63.25 KB
Ko'rishlar soni 334 marta
Ko'chirishlar soni 54 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga