Umumiy psixologiyaning predmeti va vazifalari Reja: Umumiy psixologiya fani haqida tushuncha. Psixika sohasidagi turl xil qarashlar . Psixika bosh miya va nerv sistemasining maxsuli ekanligi. Psixikaning reflektor tabiati. Psixika va ong. Xulosa. Xar bir fanning o'z obyekti, o'rganadigan sohasi bo'ladi. Masalan, zoologiya hayvonlar, ular organizmining tuzilishi, yashash sharaitini urgansa, astronomiya osmon jismilari, ularning xususiyatlarini o'rganadi. Psixologiya xam alohida fan bo'lib, vokelikning alohida sohasi bo'lgan psixik (ruhiy) hayotni o'rganadi. Psixologiya so'zining o'zi yunoncha p s yu x e (rux, jon) va logos (so'z, ilm) degan ikki so'zdan olingan bo'lib, manosi rux haqidagi ilm demakdir. Lekin uning bu manosi hozirgi zamon psixologiyasining asl mazmunini ochib bera olmaydi Chunki hozirgi psixologiya fani psixika, uning zoxir bo'lishi va rivojlanish qonuniyatlari haqidagi fandir (Goziev E). Psixologiya psixik holatlar, psixik jarayonlar va ularning mexanizmlarini o'rganadigan fandir (A.V.Petrovskiy). Xar birimizda mavjud bo'lgan sezgilar, idrok, diqqat, xotira, xayol, nutq, tafakkur, hissiyot, idora kabilar psixik jarayondir. Bulardan tashqari xar bir shaxsning uzigagina xos bo'lgan xususiyatlar: kizikish, havas, qobiliyat va istedod, temperament va xarakter kabilar xam psixik jarayonlar jumlasiga kiradi. Psixik jarayonlarning umumiy yig'indisini bir so'z bilan psixika deb yuritamiz. Psixika organik hayotning yuksak formalaridan bo'lib, u hayvonlar va insonga xosdir. Lekin hayvonlarning psixikasi inson psixikasiga nisbatan soddarok tuzilgandir. Inson psixikasi miqdor jihatidan xam, sifat jihatidan xam hayvonnikidan farq qiladi. Insondagi psixik hayot sohalari nihoyat xilma- xildir. Shunga qaramasdan ular bir-biri bilan chambarchas boglangan bo'ladi. Psixologiya fanining vazifasi ana shu bog'lanish va munosabatlarning qonuniyatlarini ochib berishdir. Bundan tashqari, Respublikamiz mustaqillika erishgan hozirgi davrda inson ongidagi sarkitlarni, birinchi navbatda, sobiq kammunistik g'oyalardan xalos qilish, bolani yangicha fikr yuritishga o'rgatish, uning ongiga ta'sir qilishning eng samarali yo'llarini ko'rsatib berish ham psixologiyaning vazifasidir. Psixologiya kadimiy fanlardan bo'lib, u bundan 2,5 ming yil ilgari paydo bo'lgan. qadimgi grek filosoflaridan Geroklit ( e.o. 530-470) Demokrit (e.o.460-370), Gippokrat ( e.o.VI asr), Sokrat (e.o.459-399), Platon (e.o.428-348) ning asarlaridayok kishining joni va ruhiy hayoti to'g'risida juda ko'p va xilma-xil fikrlar bayon kilinganini kuramiz. Inson ruhiy hayoti haqidagi ayrim fikrlarni qadimgi xitoy va xind mutafakkirlarining asarlarida ham uchiratish mumkin. Lekin inson psixikasi haqidagi muntazam ta'limotni birinchi marta yunon filosofi Aristotel (Arastu) (e.o.384- 322 y) yaratgan. U Jon haqida» degan asarida psixika haqida batafsil to'xtalib, uning ko'pgina tomonlarini tushuntirishga harakat qilgan. Shu bilan birga, uzidan oldingi olimlarning fikrlariga tarixiy sharx bergan. Shuning uchun ham u psixologiyaning «otasi» hisoblanadi. Psixik jarayonlar miyaning alohida xossasi bo'lib, fakat miyaning faoliyatiga bog'liq holda ruy beradi. Odam bosh miyasi yuksak darajada tashkil topgan materiya bo'lib, ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.43 KB
Ko'rishlar soni
304 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:10
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.43 KB
Ko'rishlar soni
304 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:10 ]
Arxiv ichida: docx