Xarakter - rasmi

Material tavsifi

Xarakter Reja: Psixologiyada xarakter muammolari. Xarakteraolgiyaga turlicha yondashuvlar. Xarakterning tuzilishi. Xarakterda aktsentuatsiya holati. Xulk-atvor va xarakterning shakllanishi. Tarbiya va o'z-uzida xarakterni tarbiyalash. Xarakter yunoncha so'z bo'lib «zarb qilish», «belgi kuyish» degan manoni bildiradi. Xakikatdan xam xarakter kishining jamiyatda yashab egallaydigan alohida belgilaridir. Shaxsning individualligi temperament singari xarakterda xam namoyon bo'ladi. Xarakter - bu shaxsning faoliyat va muloqoti jarayonida tarkib topadigan va namoyon buladigan individual xususiyatlari bo'lib, individ uchun u tipik xulk-atvor xislatlari bo'lib hisoblanadi. Kishining shaxsi u nima kilayotgani bilan emas, balki uni qanday bajarayotgani bilan xarakterlanadi. Xarakter kishi shaxsining yo'nalishini belgilaydigan ijtimoiy munosabatlarga bog'liq bo'ladi. Masalan, kishining jamiyatdagi yuqori mavkei, amali unda takaburlik, kekkayganlik, riyokorlik, tamagirlik, munofiklik kabi salbiy xislatlarni shakllanishiga olib kelishi mumkin. Aksincha, oddiy mehnatkash kishida jamiyatdagi mavkeiga karab fidokorlik, maqsadga intilganlik, jasurlik, kamtarlik, mehnatsevarlik kabi ijobiy xislatlarning shakllanishiga olib keladi. Xarakterning tuzilishi Inson shaxsining xarakteri hamisha kupkirralidir. Unda alohida xususiyatlar yoki tomonlar ajratilib kursatilishi mumkin, lekin ular bir-birlaridan ajratilgan, alohida holda bulmaydi, balki malum darajada xarakterning barqaror tuzilishini tashkil etgan holda o'zaro bog'liq bo'ladi. Xarakterning strukturasi uning ayrim xususiyatlari o'rtasidagi qonuniy bog'liqlikda namoyon bo'ladi. Agar kishi kurkok bulsa, u tashabbuskorlik, katiylik va mustaqillik, fidokorlik va oliyximmatlilik fazilatlariga ega bulmaydi, deb aytish uchun asoslar bor. Shu bilan birga xarakteri bo'yicha kurkok kishidan itoatkorlik va xushomadguylikni, kuchli kishiga nisbatan konformlilikni, kizgonchilikni, sotkinlikni, ishonchsizlik va extiyotkorlikni kutish mumkin. Xarakterning xususiyatlari orasida ayrimlari asosiy, yetakchi bo'lib, uning namoyon bo'lishining butun kompleksini rivojlantirishning umumiy yo'nalishini belgilab beradi. Ular bilan bir katorda ikkinchi darajali xususiyatlar xam borki, ayrim xollarda ular asosiy deb belgilanishi, boshqalarida esa ular bilan uygunlashmasligi xam mumkin. Xarakter subyektning birgalikdagi faoliyatga kay tarzda faol jalb qilinishiga karab xatti-harakatlarda va ishlarda namoyon bular ekan, xam faoliyat mazmuniga, xam qiyinchilikning muvaffakiyatli yoki muvaffakiyatsiz bartaraf etilishiga, xam asosiy hayotiy maqsadlarga erishishda uzoq va yaqin istiqbollarga bog'liq bo'lib koladi. Shunday qilib xarakterning tarkib topishida kishining tevarak-atrofidagi muhitga va o'z-uziga, boshqa kishiga qanday munosabatda bo'lishi muhim hisoblanadi. Shu bilan birga bu munosabatlar xarakterning eng muhim xususiyatlarini tasniflash uchun asos bo'ladi. yuqoridagilardan kelib chikib xarakterning turtta sistemasini farqlash mumkin: Jamoaga va ayrim odamlarga bo'lgan munosabatlarni ifodalovchi xarakter xususiyatlari: yaxshilik, mexribonlik, talabchanlik, takaburlik va boshqalar. mehnatga bo'lgan munosabatni ifodalovchi xarakter xislatlari: mehnatsevarlik, vijdonlilik, inga mas'uliyat bilan qarash, boshlagan ishni oxiriga yetkazish, yalkovlik, mas'uliyatsizlik kabilar. Narsalarga bo'lgan munosabatlarni ifodalovchi xarakter xislatlari: ozodalik yoki ifloslik, narsalarni ayab ishlatish yoki ayamaslik, ularga nisbatan extiyotkorlik yoki aksincha kabilar. Odamning o'z-uziga bo'lgan munosabatlarini ifodalovchi xarakter xislatlari: izzat-nafslilik, o'z shanini extiyot qilish, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.46 KB
Ko'rishlar soni 194 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:23 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.46 KB
Ko'rishlar soni 194 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga