Xayol turlari to'g'risida umumiy tushuncha. Xayol o'zining faolligi bilan atrof muhitni o'zgartirishga yo'naltirilgan shaxsni ijodiy faoliyatining muhim sharti sifatida xizmat qiladi. Bazi bir psixologik ma'lumotlarga qaraganda, gohi xayol faoliyatining funksiyasini bajaradi, bunda u xatti-harakatlarning sun'iy ravishdagi majmuasi vazifasini ijro etadi, xolos. Inson quyidagi holatlarda yaqqol tasavvurdan yiroq bo'lgan xayolot olamiga kirib borishi mumkin: 1)inson hech qanday yo'l bilan hal qilib bo'lmaydigan masalalar, muammolar iskanjasidan berkinish maqsadida; 2) turmushning og'ir sharoitlaridan, zahmatlaridan himoyalanish niyatida; 3)shaxsiy nuqsonlarning taqibidan; 4) ushalgan armondan; 5) patologik holatga (ruhiy nuqsonga)uchraganda; 6)alkogolizm, narkomaniya va boshqa vaziyatlarda. Xayolot (fantaziya) turmushda gavdalanishi mumkin bo'lmagan, amalga oshirish imkoniyati yo'q xatti-harakatlar dasturini namoyon etadi. Yuqoridagi mulohazalar negizidan kelib chiquvchi xayolning bunday shakli psixologiya fanida passiv (sust) xayol deb nomlanadi. Psixologiyada aktiv (faol), ixtiyoriy, ixtiyorsiz, tiklovchi va ijodiy turlar to'g'risida ham muayyan ma'lumotlar mavjuddir. Inson passiv xayolni oldindan ixtiyoriy rejalashtirib yuzaga keltirishi ham mumkin. Xuddi shu bois iroda bilan hech bir bog'liq bo'lmagan, jo'rttaga «kashf» qilingan, biroq hayotda gavdalantirishga yo'naltirilgan xayolning o'ziga xos obrazlari majmuasi « shirin xayol» deyiladi. Odatda «shirin xayol»da fantaziyaning mahsullari bilan insonning ehtiyojlari o'rtasidagi aloqa engillik bilan yuzaga kelganligi tufayli quvonchli, yoqimli, qiziqarli narsalar haqida odamlar xayol suradilar. Inson qanchalik shirin xayolga berilsa, u shunchalik darajada passiv shaxs sanaladi, bu ko'rinish uning nuhsoni hisoblanadi. Passivlik (sustkashlik) kishinig qiyinchiliklarini engishdan chetlashtiradi, yashash uchun kurashga xohish yo'qoladi, demak u reallikdan tubdan uzoqlashadi. Goho passiv xayol hech o'ylamaganda, ixtiyorsiz ravishda vujudga kelishi ham mumkin, bunda quydagi holat yuz beradi; A) ong nazoratining kuchsizlanishi, B) ikkinchi signallar tizimining susayishi, V) insonning vaqtincha harakatsizlanishi, G) uyqusirash kezida, D) affektiv vaziyatdan, Ye) tush ko'rishda, Yo) galyutsinatsiyada, J)patologik holatlarda va hokazo. Yuqorida takidlab o'tilganidek, passiv xayol ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlarga ajratilganidek, aktiv xayol tiklovchi va ijodiy ko'rinishlarga bo'linadi. O'zining mohiyati bilan tasavvurlarga muvofiq keladigan tasavvurlar, tasvirlar tizimini yaratuvchi xayol «tiklovchi xayol» deb ataladi. Tabiyatga, jamiyatga va shaxslararo munosabatga, bilimlarga oid ma'lumotlar o'rganilishida xayol bevosita ishtirok etadi hamda matnlarda, rasmlarda, xaratalarda aks ettirilgan narsalar qayta tiklanali. Ijtimoiy tajribada, ta'lim-tarbiya jarayonida fazoviy xayo, vaqt va harakat birliklariga oid axboratlar, masofa, hajm to'g'risidagi xabarlarga diqqat bilan sinchkovlik bilan qarash, tiqilish jarayonida mazkur xayol turi rivojlanadi. Ijodiy xayol tiklovchi xayoldan farqli o'laroq original va qimmatli maddiy, ijodiy mahsulotlarda gavdalanuvchi yangi obrazlarning yaratilishidan iborat xayolning turidir. ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.37 KB
Ko'rishlar soni
1334 marta
Ko'chirishlar soni
123 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:10
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.37 KB
Ko'rishlar soni
1334 marta
Ko'chirishlar soni
123 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:10 ]
Arxiv ichida: docx