Xayol - rasmi

Material tavsifi

xayol Inson ongida har doim buyum, xatti-harakat, hodisa shaklidagi faoliyat mahsullarining obrazlari paydo bo'lib turadi. Mana shu hodisaga xayol deyiladi. U insonga faoliyat natijalarini oldindan tasavvur qilish imkonini beradi. Inson xayol vositasida o'z faoliyatining yakuniy va oraliq mahsullarining modellarini yaratish bilan kelajakni bashorat qila oladi. Yangi muammolar paydo bo'lganda, masalaning yangicha yechimlari qidirilayotganda ayniqsa, xayol tez-tez paydo bo'lib turadi. Inson xayol yordamida narsa va hodisalarni alohida qismlarga ajratadi, keyin esa boshqa bir shaklda yana qayta birlashtira oladi. Natijada uning ongida yangi aloqalar, obrazlar va fikrlar paydo bo'ladi. xayol ongning shunday faoliyatiki, bunda mavjud tasavvur, bilim va tajribalarga asoslanib, yangi obrazlar yaratiladi. Fiziologiya nutstai nazaridan esa xayol-bu miyaning murakkab analitik-sintetik faoliyatiga asoslangan yangi muvaqqat bog'lanishlari paydo bo'lish jarayonidan iborat. xayol jayonida go'yoki muvaqat nerv bog'lanishlari o'zaro parchalanib yangicha shakldagi asab bog'lanishlari qaror topadi. Orzu shaklidagi xayol shug'ullanuvchi sportchi (o'quvchi, bolalar) uchun faoliyat motivi vazifasini o'tashi mumkin. Orzu-bu istakdagi kelajak obrazi. Shuning uchun ham u insonning ijodiy kuchlarini hayotgaga tadbiq etish, faoliyatda qo'llashning zarur shart-sharoiti hisoblanadi. Umuman xayol har qanday faoliyatda ham muhim rol uynadi. Shuningdek u shug'ullanuvchi sportchilarda (o'quvchi, bolalarda) pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ham zarur. U shug'ullanuvchi sportchilarga (o'quvchi, bolalarga) ta'lim va tarbiya berar ekan, ularda qanday sifatlarni rivojlantirish zarurligini tasavvur eta olishi zarur. Sport turilari bo'yicha jamoa faoliyatiga rahbarlik qilishda hamda shug'ullanuvchi sportchilarga (o'quvchi, bolalarga) sport tadbirlarida qatnashish, musobaqaga chiqish oldida xayol nixoyatda katta yordam beradi. Olingan topshiriqni aniqlashtirish, vaziyatni baholai va zarur qarorlar qabul qilish asosida shug'ullanuvchi sportchilarga (o'quvchi, bolalarga) fikran kelajakka nazar tashlaydi, o'z sport turi bo'yicha va raqibning (raqib jamoaning) ehtimoliy harakatlarini, uning (ularnng) maqsadi, yo'nalishi hamda eng muhim harakatlarni qachon, qaerda amalga oshirishlarini tasavvur qiladi. xayol shug'ullanuvchi sportchilarga (o'quvchi, bolalarga) sport trenirovkasi (jismoniy mashqni utish), sport tadbirlari, musobaqalarini rejasini oldindan tuzishga imkon beradi. Yaxshi rivojlangan xayol shug'ullanuvchi sportchilarga (o'quvchi, bolalarga) jismoniy tarbiya o'qituvchisi, murabbiyning rejalarini to'g'ri va tezda tushunib olishini tezlashtiradi. Shug'ullanuvchi sportchilarga (o'quvchi, bolalarga) esa jismoniy mashq texnikasi vazifasini yaxshiroq tushunib olishlariga, uning ijrosidagi o'zlarining o'rinlarini anglab etishlariga hamda zarur tashabbuslarni ilgari surishlariga sharoit yaratadi. Ilmiy kashfiyot texnika taraqqiyotini xayolsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. xayolni shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin: faol va zaif. Birinchi holatda xayol inson ijodiy faoliyati uchun sharoit vazifasini o'tasa, ikkinchi holatda esa hech bir faoliyat bilan bog'lanmaydi, aniqrog'i, o'zi faoliyat bo'lib keladi (masalan, shirin xayol). Shuningdek xayol ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo'lishi mumkin. Inson ongida uning istaklariga bog'liq bo'lmagan obraz va fikrlarning paydo bo'lishi ixtiyorsiz xayolni bildiradi. Agar xayol ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.78 KB
Ko'rishlar soni 189 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:23 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.78 KB
Ko'rishlar soni 189 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga