Xotira haqida umumiy tushuncha. Psixologik manbalarda ko'rsatilishicha, psixikaning eng muhim xususiyati shundan iboratki, inson tashqi ta'sirotlarning aks ettirilishidan o'zining keyingi faoliyatida, xatti-harakatlarida doimo foydalanadi va ijodiy yondashuvi natijasida bazi bir o'zgarishlar kiritadi. Insonda shaxsiy tajriba, ko'nikma, malaka va bilim ko'lami orta borishi hisobiga faoliyat hamda xulq-atvor tobora murakkablashib, yangi mazmun, yangi sifat kasb eta boshlaydi. Malumki, agar tashqi olamning bosh miya katta yarim sharlari qobig'ida hosil bo'ladigan obrazlari, timsollari va ularning izlari yo'qolib ketaversa, tajribaning saqlanishi, bilimlarning boyishi, murakkablashishi, muayyan tartibga kelishi, qaytatdan jonlanishi mutloqo mumkin bo'lmas edi. Modomiki shunday ekan, mazkur obrazlar bir-biri bilan o'zaro uzviy bog'lanib, asta-sekin mustahkamlanib, miya qobig'ida puxta saqlanib qoladi, shu bilan birga, hayot va faoliyatning muayyan talablariga muvofiq ravishda qaytatdan jonlanadi, avvalgi holatini boshqatdan namoyon qiladi. Hozirgi davrda qo'llanib kelinayotgan adabiyotlarda xotiraga mana bunday tarzda ta'rif berilib kelinmoqda: «Individning o'z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi». Lekin bu ta'rifda xotiraga taaluqli bo'lgan juda ko'p sifatlar, xossalar va xususiyatlaro'z aksini topmagan, shuning uchun uni mukammal, ixcham, pishiq ifodalangan deyishga hech qanday haq huquqimiz yo'q. Ushbu qiyin holatdan chiqishning birdan bir yo'li, bizningcha unga mana bunday tarzda ta'rif berishdan iborat: «Xotira atrof muhitdagi voqelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va aktiv (faol) holda reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo'l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qaytatdan esga tushirish, unitish hamda tanish, eslashdan iborat ruhiy jarayon alohida va umumiy nomoyon qiluvchi hodisa, barcha taasurotlarni ijodiy qayta ishlashga yo'naltirilgan mnemik (yunoncha mnema-xotira) faoliyatdir. Shuni qatiy ishonch bilan aytish mumkinki, berilgan ta'rif xotiraning murakkab, keng qamrovli jihatlarini to'la takidlash imkoniyatiga ega. Lekin bu narsa mutlaq darajada mukammallik davo qilish degan ibora emas, chunki unda obyektivlik (tashqi) va subyektivlik (ichki) yuzasidan ma'lumot aks ettirilmadi. Umuman olib qaraganda esa, bu narsaga xojat ham, imkoniyat ham yo'qdir. ta'rifda xotiraning esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish, unitish, tanish, eslash kabi asosiy jarayonlari alohida ajratib ko'rsatilgan, lekin ularning har biri mustaqil holat va jarayon hisoblanmaydi. Chunki ular muayyan faoliyat davomida, xoh bilish, xoh mnemik holat bo'lishidan qatiy nazar va o'sha faoliyat tuzilishi, mohiyati va mazmuni bilan belgilanadi. Shuning uchun inson tomonidan muayyan bir materialni esda olib qolish, esda saqlash, eaga tushirish uning individual (yakkahol) tajriba ko'lami, bilim saviyasi va aql-zakovati darajasiga bog'liq. Chunki esda olib qolingan narsa va hodisalarni keyinchalik qo'llash uchun esga tushirish taqazo etiladi; bu mnemik faoliyatni talab qiladi. O'zlashtirilgan ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.12 KB
Ko'rishlar soni
287 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:11
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.12 KB
Ko'rishlar soni
287 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:11 ]
Arxiv ichida: docx