xotira Reja: Xotira to'g'risida tushuncha va xotira nazariyasi. Xotira jarayonlari. Xotira tiplari va ularning inividiual xususiyatlari. Xotira va shaxs faoliyati. Xotira va tafakkurning bog'liqligi. Xotiraning o'sishi. Xotirada esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish kabi asosiy jarayonlar mavjud bo'ladi. Shu jarayonlarning har biri alohida mustaqil psixik xususiyat hisoblanmaydi. Ular faoliyat davomida shakllanadi va o'sha faoliyat bilan belgilanadi. Muayyan bir materialni esda olib qolish hayot faoliyati jarayonida indiviual tajriba orttirishga bog'liqdir. Esda olib qolingan narsani keyinchalik faoliyatda qo'llanish uchun uni esga tushirish taqozo etiladi. Muayyan bir materialning faoliyat doirasidan chiqib qolishi esa uning unutilishiga olib keladi. Materialni esda saqlash uning shaxs faoliyatidagi ishtirokiga bog'liq bo'ladi. Chunki har bir muayyan paytda kishining xulq - atvori uning butun hayotiy tajribasi bilan belgilanadi. Xotira psixologiyaning eng ko'p o'rganilgan bo'limlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Lekin hozirgi paytda xotiraning qonuniyatlari yanada o'rganilishi uni fanning tag'in ham muhimroq muammosiga aylantirib qo'ydi. hozirgi kunda xotiraning mexanizmlari va qonuniyatlarini o'rganish bo'yicha uchta nazariya mavjuddir. Bular psixologik, neyrofiziologik hamda bioximik nazariyalardir. Psixologik nazariya. Bu nazariya tarixiy jihatdan eng eski nazariya bo'lib, u fanda ko'p va turli - tuman nazariyalarning olg'a surilganligi bilan mashhurdir. Bu nazariyalarni xotira jarayonlarining shakllanganida insonning faolligi qanday rolh o'ynashligi va bunda faollikning mohiyatiga qanday yondashuv zarurligi bilan baholash mumkin. Nazariyaning birinchi guruhi assotsiativ nazariya deb yuritiladi. Bu nazariyaga ko'ra, muayyan psixik hosilalar ongda bir vaqtning o'zida yoki bevosita birin-ketin paydo bo'lsa, u holda hosilalar o'rtasida assotsiativ bog'lanishlar tarkib topadi va bu bog'lanishlarni biron bir kismi takroran paydo bo'lishi ongda uning barcha elementlari muqarrar ravishda gavdalanishiga olib keladi. Assotsiatsiyalar uch turli bo'ladi: o'xshashlik, yondoshlik va qarama - qarshilik assotsiatsiyalari. Neyrofiziologik nazariyalar. Bu nazariyalar xotiraning mexanizmlari haqidagi fiziologik nazariyalar bilan bog'liqdir. Bu nazariyaning asosini I.P.Pavlovning «Oliy nerv faoliyati qonuniyatlari haqida» gi ta'limotining eng muhim qoidalari tashkil etadi. Bu ta'limotga ko'ra xotiraning nerv - fiziologik mexanizmini bosh miyada hosil bo'ladigan muvaqqat bog'lanishlar tashkil etadi. Ana shu bog'lanishlar qanchalik mustahkam bo'lsa, esda olib qolish ham shunchalik yaxshi bo'ladi. Ana shu muvaqqat bog'lanishlarning qaytadan jonlanishi esga tushirishga, so'nib, yo'q bo'lib ketishi esa unutishga sabab bo'ladi. Bioximik nazariya. hozirgi kunda xotiraning mexanizmlarini o'rganishning neyrofiziologik usuli bioximik tadqiqotlar darajasiga tobora yaqinlashib va kushilib ketmokda. Bu usul ushbu fanlarning o'zaro tutashgan joyida olib borilayotgan kuplab tadqiqotlarda o'z tasdigini topdi. Bioximik nazariyaning mohiyati kuyidagidan iborat. Birinchi bosqichda (kuzgovchining bevosita ta'siridan sung) miya hujayralarida asl xoliga kaytuvchi fiziologik o'zgarishlarni keltirib chikaradigan qisqa muddatli elektroximik reaksiya yuz beradi. Ikkinchi bosqich birinchi bosqich negizida yuzaga kelib, aslida ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.63 KB
Ko'rishlar soni
214 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:11
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.63 KB
Ko'rishlar soni
214 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:11 ]
Arxiv ichida: docx