hozirgi zamon ijtimoiy psixologiya fanining metodologik muammolari va metodlari. RYeJA: 1. Ijtimoiy psixologiya fanining metodologik muammolari. 2. Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarga qo'yiladigan asosiy metodologik talablar. 3. Ijtimoiy psixologiyaning asosiy metodlari. 4. Mavzuning bayoni. «Metodologiya» tushunchasining mohiyati nimada? Bu tushunchani turli nazariy qarashlardagi olimlar turlicha sharxlaydilar va tushunadilar. Masalan, amerikalik psixologlar metodologiya deganda, tadqiqot jarayonida ishlatiladigan barcha tadqiqot uslublari va texnik jarayonlarni tushunadilar. Lekin metodologiya tushunchasi aslida uslublar yig'indisidan kengrok tushunchadir. hozirgi zamon Yevropamamlakatlaridagi olimlar, xususan rus olimlari fandagi metodologiya deganda: ushbu fan falsafiy asoslari va nazariy qonuniyatlaridan kelib chikadigan bilimlar bilan tekshirishning konkret usullari majmuasini tushunadilar. Yani «metodologiya» tushunchasi konkret metodlar yoki texnik usullar tushunchalaridan kengrokdir. Ijtimoiy psixologiya tadqiqotlarning metodologik muammolariga kuyidagilar kiradi. 1. Emprik ma'lumotlar muammosi, yani kay turdagi ma'lumotlarni ijtimoiy psixologik ma'lumotlar sifatida kabul qilish mumkin. Xar qanday tadqiqotchi ish boshlamay turib, avvalo nimani emprik birlik qilib olishini aniq tasavvur qilish va nazariy jihatlari to'g'risida tasavvurga ega bo'lishi kerak. 2. U yoki bu ijtimoiy psixologik nazariya asosida qonuniyatlar yaratish va ilmiy taxminlar qilish muammosi. Ilmiy tadqiqot boshlashdan oldin tadqiqotchi malum taxminlar yuritadi, lekin shu taxminlarni aniq chiqishi usha muammo bo'yicha pishik puxta nazariyaning bor-yukligiga bevosita bog'liq. Shuning uchun xam kupincha fan sohasiga endigina kadam kuygan yosh tadqiqotchilar gipotezalar-taxminan bayon etishga kiynaladilar, chunki ijtimoiy psixologiyada ayniyatlar ayrim alohida tadqiqotlardan umumiy xulosa olish orqali tuzilmaydi, yani deduktiv usul xar doim xam kul kelavermaydi. 3. Ijtimoiy-psixologik ma'lumotlarning sifati masalasi, yani qanday ma'lumotlarni sifatli, isxonarli deb atash mumkinligi masalasidir. Ijtimoiy psixologik ma'lumotlarning ishonchliligi. Sifat gap ketganda avvalo tadqiqotchining tadqiqot obyektini kanchalik to'g'ri tanlagani hamda tuplagan ma'lumotlarning ishonchliligini qanday usullar bilan tekshirganligi nazarda tutiladi. Ijtimoiy psixologiyaning metodologik muammolari asosan 3 tahlil darajasiga bog'liq hisoblanadi. sobiq sovet psixologiyasida bu tahlil darajalari sifatida kuyidagilar kabul qilingan: 1. Umumiy metodologiya. Bunda falsafiy qonuniyatlar va qonuniyatlarning jamiyat-fan taraqqiyotidagi tutgan o'rni ko'rib utiladi. 2. Xususiy metodologiya. Bu xam umum falsafiy qarashlardan kelib chikkan holda konkret fanga tegishli (ijtimoiy-psixologik) metodologiya asoslari ko'rib chikiladi. 3. Konkret metodlar yig'indisi (kuzatish, anketa, test metodlari). Ijtimoiy psixologiya tadqiqotlariga qo'yiladigan asosiy metodologik talablar. Ijtimoiy-psixologik tadqiqot o'tkazish natijasida kulga kiritilgan axborot quyidagi talablarga javob berishi kerak: 1. Ishonchlilik. 2. Asoslilik yoki validlik. 3. Aniklik. Ijtimoiy psixologik tadqiqotdan olingan axborotning ishonchliligi qayta tekshirish o'tkazilganda xam bir xil ma'lumotlar tuplanishi, turli tadqiqotchilar tomonidan bir xil natijalarini kulga kiritish. Asoslilik yoki validlik-avvalom bor tadqiqotchi kullaydigan vositaning xususiyatlari va bu vositaning aynan tadqiqotchini kiziktirayotgan urganilayotgan obyektning aynan zarur xususiyatlarni aniqlash imkoniga egaligi bilan belgilanadi. Ijtimoiy psixologik axborotning anikligi tadqiqotchi ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
28.5 KB
Ko'rishlar soni
328 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:11
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
28.5 KB
Ko'rishlar soni
328 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:11 ]
Arxiv ichida: docx