Xulq atvorning psixofoziologik asosi

Xulq atvorning psixofoziologik asosi

O'quvchilarga / Psixologiya
Xulq atvorning psixofoziologik asosi - rasmi

Material tavsifi

Xulq-atvorning psixofoziologik asosi Reja: Nerv tizimi va endokrin tizimining inson organizmi va xulq atvoridagi ahamiyati. Xulq-atvor va irsiyatning psixologik xususiyatlari Instinkt tushunchasining mazmuni. Odam va hayvon psixikalari o'rtasidagi tafovut TAYANCH TUSHUNCHALAR: Nerv tizimi- Tirik mavjudotlarning evolyusiya natijasida o'zini takomillashtirib borishi bilan ularning organizmlarida o'z zimmasiga rivojlanish, xulq-atvor va yaratish kabilarning boshqaruvi vazifasini olgan maxsus organ Neyronlar- nerv hujayrasi, nerv tizimining asosiy tuzilmasi Miya-yuqori tashkil etilgan materiya Endokrin tizimi-Markaziy nerv tizimining tor aloqasida ikkinchi aloqa tizimi ya'ni endokrin tizimi joylashgan. Instinkt- U yoki bu biologik turga xos, tug'ma biologik shartlangan xulq-atvor. Ong- Ong inson tomonidan voqelikni aks ettirishning yuksak darajasi Ongsizlik.- bu shunday psixik jarayonlar va hodisalar yig'indisiki, unda inson o'z xatti-harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi. Sinaps- aksonning signal uzatuvchi tugash qismi va ushbu signalni qabul qiluvchi dentritning tutashgan qismi. Sinaptik oraliq- akson va signal qabul qiluvchi neyron o'rtasidagi kichik oraliq. Irsiyat- organizmlarning o'z belgi va xususiyatlarini nasldan-naslga o'tkazish xossasidir. Akson - tolasining uchi tarmoqlangan bo'lib, u signallarni boshqa neyron yoki mushaklarga uzatadi. Dendrit- neyronning tarmoqlangan kalta o'simtalari bo'lib, signallarni qabul qiladi va hujayralarga impuls uzatadi. Psixika - bevosita kuzatilmaydigan, lekin qo'shimcha ifodalar orqali aniqlanadigan yaqqol bo'lmagan voqelik. Jins - psixologiyada biologic va ijtimoiy omillarning ta'siri va erkak yoki ayol farqlarini aniqlashtirish xususiyatidir. Testosteron-asosiy erkak gormon. U erkaklarda hamda ayollarda uchraydi. Agar testosterone ayol organizmida ko'payib ketsa, u holda bu homilada erkak jinsiy a'zolarining rivojlanishiga olib keladi. Shuningdek, o'g'il bolalarda jinsiy yetilish davrida tashqi jinsiy belgilarning rivojlanishi tezlashishi kuzatiladi Shartsiz reflekslar - organizmning muhim hayotiy ta'sirlovchi omillar (ozuqa, xavf va shunga o'xshashlar)ga nisbatan tug'ma reaksiyasi. Shartli reflekslar - bu organizmning shunday reksiyalaridirki, ular tug'ma bo'lmasdan, hayotiy sharoitlarda orttiriladi. Retseptorlar - hissiy yoki sensor hujayralar bo'lib, ular, ya'ni, bu ta'sirlanish, ichki yoki tashqi ta'sirlanish bo'lishidan qat'iy nazar, u haqidagi axborotni qabul qilgandan so'ng, o'zgartirib, asab tizimiga yetkazib beruvchi maxsus tuzilmalardir. Ruh - falsafa va din borasidagi chuqur tushuncha. Ko'plab falsofa va diniy yo'nalishlarda, inson ruhi-o'lmas, mavhum deb hisoblangan, uning asosiy xususiyatlari his- tuyg'u, tafakkur ong, kechinma va irodadan iboratdir. Eksperimental psixologiya- bu barcha turdagi ilmiy-psixologik izlanishlarning umumlashuvidir . Fiziologiya (grekchadan - tabiat haqida fan) - jonli borliq haqidagi fan bo'lib, hayotning me'yoriy va g'ayritabiiy o'zgarish jarayonlarini o'rganadi. Refleks - (lotin tilidan olingan bo'lib , orqaga qaytadigan, aks ma'nolarini bildiradi) - bu organizmlarning atrof-muhitga bo'lgan ixtiyorsiz javob deb ataladi, u keying faktlardan iborat: Hozirgi zamon fanida jadal rivojlanib, katta qiziqish uyg'otayotgan va inson sir-sinoatlariga chuqurroq kirib borishga muvaffaq bo'lgan soha asab tizimini tadqiq etish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 839.32 KB
Ko'rishlar soni 1147 marta
Ko'chirishlar soni 380 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:11 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 839.32 KB
Ko'rishlar soni 1147 marta
Ko'chirishlar soni 380 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga