Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning predmeti va metodlari

Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning predmeti va metodlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning predmeti va metodlari - rasmi

Material tavsifi

YOSH PSIXOLOGIYASIVA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYANINGPREDMETI VA METODLARI Pedagogik psixologiya o'qitish va tarbiyaning psixologik asoslari haqidagi fandir. Buning ma'nosi shuki, pedogogik psixologiya o'quvchilar tomonidan bilim, iktidor va malakalarni o'zlashtirishning psixologik qonuniyatlarini va shuningdek o'quv-tarbiya prosessida o'quvchilar shaxsining tarkib topishini o'rganadigan fandir. Pedagogik psixologiya fani o'quvchilar shaxsining tarkib topishini va ularni o'qitish masalalarini o'rganar ekan, birinchi navbatda bolalar psixologiyasi bilan mahkam bog'liqdir, chunki bolalarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olmay turib, o'quvchilar shaxsining tarkib topishini, ularni o'qitish va tarbiyalashning psixologik qonuniyatlarini aniqlab bo'lmaydi. Pedagogik psixologiya o'qitish va tarbiyaning asosini urganib va ishlab chiqib, o'qitishning va tarbiyaning mazmunini tashkil qiladigan darslarga va turli o'quv qurollariga bo'lgan talabni aniqlash, o'qitish va tarbiyaning rasional va samarali metodlarini topish, o'quvchi yoki tarbiyalanuvchilarning bilimlarga e'tiqod qilishga erishish qonuniyatlarini ochish: o'quvchilarni mehnat va ijtimoiy faoliyatiga tayyorlashning asoslariini ishlab chiqish imkoniyatiga egadir. Pedagogik psixologiyanng vazifasiga, shuningdek, o'quvchidar va o'qituvchilar, tarbiyalanuvchilarning o'zaro munosabati, o'qituvchi shaxsiga nisbatan qo'yiladigan talablarni o'rganish, o'qituvchilik qobiliyatining mazmunini va uning tarkib topishini ochib berish va boshqa masalalarni ham o'rganishkiradi. Pedagogik-psixologiya - ta'lim muassasalarida o'qitish rosessida o'quvchilar tomonidan bilim va malakalarni egallashning qonuniyatlarini va tarbiya prosessida bola shaxsining tarkib topishini o'rganadi. O'qitish va tarbiyalashning psixologik qonuniyatlarini o'rganish pedagogik psixologiyaning predmetini tashkil qiladi. Bu fan o'quvchilar va tarbiyalanuvchilar tafakko'rining shakllanishini tekshiradi; o'zlashtirish prosessining idora qilish, aqliy faoliyat usullari va malakalarining tarkib topishi problemalarini o'rganadi. O'qitish prosesining, o'quvchi va o'qituvchi, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o'rtasidagi munosabatlarning, ta'lim oluvchilar jamoasidagi o'zaro munosabatlarning muvaffakiyatli bo'lishiga tsir qiladigan psixologik faktorlarni aniqlaydi; o'quvchilar individual psixologik tafovutini, bolalar bilan olib boriladigan o'quv- tarbiya ishlarning psixologik xususiyatlarini o'rganadi. Yosh psixologiyaning predmeti rivojlanayotgan inson shaxsining psixologik xususiyatlari va psixik jarayonlari ontogenezini va inson psixikasining har bir yosh davridagi o'zgarishini o'rganadi. Yosh psixologiyasining bo'limlariga quyidagilar kiradi: Bolalar psixologiyasi, kichik maktab o'quvchilary psixologiyasi, o'smirlar, o'spirinlar, kattalar psixologiyasi, geronoto psixologiyasi, ya'ni qariyalar psixologiyasi. Pedagogik psixologiyaning predmeti ta'lim tarbiyaning psixologik qonuniyatlarini o'rganadi.Pedagogik psixologiya ta'lim jarayonini boshqarishning psixologik masalalarini o'rganadi. Bilish jarayonlarining rivojlanishini tekshiradi. Aqliy taraqqiyotning ishonchli mezonlarini izlaydi. Tabiyachilar va tarbiyalanuvchilar orasidagi o'zaro masalalarni o'rganadi. Bundan tashqari pedagogik-psixolgiya bolalarga individual yondashuv masalalarini ham o'rganadi. Yosh pedagogik-psixologiyaning vujudga kelishi va rivojlanishi. Pedagogik-psixologiya XIX-asrning 2-yarmiga kelib vujudga keladi va psixologiya faniga genetik g'oyalarning kirishi bilan yanada rivojlanadi. Rus pedagogi K.D.Ushinskiyning asarlari pedagogik, psixologik.g'oyalarning rivojlanishiga katta hissa bo'lib qo'shildi. Jumladan u Inson tarbyaya predmeti sifatida nomli asarlar shunday deb yozadi.Insonni har tomonlama tarbiyalaydigan pedagog uni har tomonlama bilishi kerak.XIX-asrning oxiri XX-asrning boshlarida pedogikada pedagogik eksperementni qo'llashning maxsus yo'llari topiladi. Umumiy psixologiyadagi eksperementning sezilarli yutuqlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.46 KB
Ko'rishlar soni 204 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:12 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.46 KB
Ko'rishlar soni 204 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga