Yoshlardagi attraksiya va yuksak his-tuyg'ular

Yoshlardagi attraksiya va yuksak his-tuyg'ular

O'quvchilarga / Psixologiya
Yoshlardagi attraksiya va yuksak his-tuyg'ular - rasmi

Material tavsifi

Yoshlardagi attraksiya va yuksak his-tuyg'ular. o'smirlikvao'spirinlikdavrlarinafaqatprofessonaltanlovvakasbegallashuchunmakbuldavrbulmay, budavryoshlarninguzliginianglash, uzkadr-kimmatinibilishvaboshqalarganisbatanmunosabatdabo'lishtajribasiniegallashdavrixamdir. o'smir xam o'spirin xam kancha ichki ruhiy iztirob, qarama-qarshilik, mas'uliyat onlarini boshidan kechirmasin, uning emotsional olami, atrof-muhitda ruy berayotgan hodisalarni ongida aks ettirishi katta urin tutadi. Aynan o'smirlik davri bola kalbida kim bilandir sirlashish, kimnidir uziga eng yaqin kishi sifatida tan olish, uni ruhiyatida kechayotgan barcha o'zgarishlardan vofik etish istagi va ehtiyojini uygotadi. Birinchi marta «dustlik», «muhabbat», «sevgi » tushunchalari xam aynan shu davrda paydo bo'ladi. Shuning uchun xam yetuklik va keksalik davridagi kishilar xam o'smirlik va o'spirinlik yillarini eng begubor, jozibali va yokimli sifatida xotirlaydilar. Bu taraqqiyot davri attraksiya deb atalmish hissiyotning paydo bo'lishi uchun eng makbul davrdir. Attraksiya (lotincha attrahere - yoktirtirish, uziga jalb etish) - bu bir insonning boshqa bir insonga ijobiy munosabati asosida yokishi va yoktirishi, o'zaro moyillikni tushuntiruvchi emotsional xisdir. Bu bir odamda boshqa bir odamga nisbatan shakllanadigan ijtimoiy ustanovkaning bir ko'rinishi bo'lib, simpatiya - yoktirishdan tortib, to sevgi muhabbat kabi chuqur emotsional bog'liqlik xam shu his asosida paydo bo'ladi. Ijtimoiy psixologiyada ushbu hissiyotning asl sabablari ijtimoiy motivlar - sheriklarning bevosita bitta makon va zamonda ekanliklari, ularning tez-tez uchrashib turishlari, uchrashuvlar tezligi, suhbatdoshlar o'rtasidagi masofa, hissiyotlarning tarbiyalanganligi kabi omillar ta'sirida paydo bo'lishi va uning kechish mexanizmlari urganiladi. tadqiqotlar bu kabi emotsional munosabatlar aynan balogat yoshi arafasida rivojlanishini isbot kilgan. Shunisi ahamiyatliki, attraksiyaning namoyon bo'lishi, uning kuchi va mazmuni o'smir - yoshning shaxs sifatida o'zini idrok qilishi, o'z-o'zini xurmat qilishi va uzgalarga nisbatan munosabatlarda tokatlirok bo'lishiga bevosita ta'sir kursatar ekan. Shuning uchun xam ana shu davrda o'smir va o'spirin atrofida u yoktirgan va uni yoktiradigan odamlarning bo'lishi juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lib, uning aksi bola ruhiy azoblanishining sabablaridan hisoblanadi. Dustlik. o'smirlik va o'spirinlik yoshida paydo buladigan barcha muammolarni yechish va u bilan urtoklashish uchun bolaga dust kerak. Psixolog tili bilan aytganda, dust - bu «alter - Ego», yani ikkinchi «Men» bo'lib, u usha paytdagi «Men»ning bir kismi sifatida idrok kilinadi. Bu shunday odamki, shaxs u bilan barcha dardu - xasratlarini muxokama qiladi, muammolarini uning oldiga tukib soladi. Dustlikning boshqa intim, emotsional hissiyotlardan farqi shuki, u odatda bir jins vakillari o'rtasida bo'ladi va dustlar odatda 2 kishi, ayrim xollarda 3-4 kishi bo'lishi mumkin. Dustlikning xam kuzlagan maqsadlari bo'ladi: u amaliy, ish-faoliyat bilan bog'liq, sof emotsional (yani, muloqot ehtiyojlarini kondirish), ratsional (intellektual muammolarni xal qilishga asoslangan), axloqiy (o'zaro insoniy sifatlarni takomillashtirishga xizmat qiluvchi) bo'lishi mumkin. Dustlikning asosiy sharti - o'zaro bir-birini tushunish. Shu shart bulmasa, dustlik haqida gap bo'lishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.95 KB
Ko'rishlar soni 508 marta
Ko'chirishlar soni 56 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:12 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.95 KB
Ko'rishlar soni 508 marta
Ko'chirishlar soni 56 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga