Yuridik psixologiyaning metodologik asoslari

Yuridik psixologiyaning metodologik asoslari

O'quvchilarga / Psixologiya
Yuridik psixologiyaning metodologik asoslari - rasmi

Material tavsifi

Yuridik psixologiyaning metodologik asoslari Reja: Nazariy bilish tushunchasining ma'no mazmuni. Yuridik psixologiya fanida nazariy bilishning asosiy metodologik tamoyillari. Yuridik faoliyatda shaxsni o'rganishning psixologik usullari. Yuridik amaliyotda shaxsga psixologik ta'sir ko'rsatish usullari. Nazariy bilish tushunchasining ma'no mazmuni. Yuridik psixologiya nazariy, ilmiy-pedagogik predmet bo'lib, «inson-huquq» tizimining psixologik qonuniyatlarini o'rganadi, bu tizimni takomillashtirishga yo'naltirilgan tavsiyalarni ishlab chiqadi. Yuridik psixologiya huquqiy munosabatlar tarkib topgan sharoitda shaxs va uning faoliyati psixologik qirralarini o'rganar ekan, faqat tizimli yondashuv tufayligina zimmasidagi keng qamrovli vazifalarni hal etishi va muvaffaqiyatli rivojlanib borishi mumkin. Psixologiya va yurisprudensiyaning uyg'unlashuvi har ikkala fanni boyitadi, eng muhim muammolardan biri - huquq-tartibot va sudlov faoliyatida ijtimoiy adolat mezonlari tantana qilishini ta'minlaydi. Buning uchun esa avvalo yuridik psixologiya fanini nazariy jihatdan asoslab chiqish, materiallarni puxta tayyorlash usullarini izlab topish lozim. Tabiat hamda jamiyatdagi narsalar, hodisalarning qonuniy bog'liqligi va o'zaro munosabatga kirishishi jarayonining kishi ongidagi in'ikosi jarayoni tafakkur deyiladi. Nazariy bilish asosida tafakkurimiz turadi. Tafakkur sezish, idrok qilish orqali bilish jarayonidan boshlanadi. So'zlar fikrning zarur moddiy ifodasini yaratadi.Inson fikri obrazlar, tushunchalar va mulohazalar yordamida shakllanadi. Tafakkur jarayoni tushuncha , hukm va xulosa chiqarishdan iborat. Bundan tashqari tahlil (analiz), sintez va umumlashtirish shakllari ham mavjud. Shaxs o'z tafakkuri orqali nazariy bilimlarni egallaydi. 2.Yuridik psixologiya fanida nazariy bilishning asosiy metodologik tamoyillari. Yuridik psixologiya fanida asosiy metodologik tamoyillar quyidagilardan iborat: nazariy bilish tamoyillari falsafiy bilish tamoyillari; ilmiy bilish tamoyillari; amaliy bilish tamoyillari; Yuridik psixologiya metodologiyasining asosiy tamoyillaridan yana biri insonga shaxs sifatida alohida yondashuvdan iboratdir. Muayyan bir shaxs uchun uning ichki, shaxsiy -ruhiy kechinmlarai ma'lum bir tashqi ta'sirotlar bilan bog'liq tarzda jinoiy vaziyatni vujudga keltirishini, shaxsiy kriminogen holatlar va sabablarni aniqlash ushbu tamoyilning o'zagini tashkil etadi. Ana shu nuqtai nazardan «faoliyat nazariyasi» alohida ahamiyat kasb etadi. U maqsad, unga erishishning shart - sharoitlari, uslublari va vositalarini tadqiq etadi. Umuman olganda, har qanday faoliyat quyidagi tuzilishda: maqsad-sabab (motiv) - qobiliyat - natija lo'nda ifodalanadi. Falsafa yuridik psixologiya fanining metodologik asosi bo'lib hisoblanadi. Unga tayanib qator muhim muammolarni, jumladan psixikaning tabiatini, ruhiyot darajalari, shaxs va komil inson masalalarini to'la yoritish mumkin. Ilmiy bilish tamoyillari tarkibiga yuridik psixologiyaning boshqa fanlar kabi ilmiy jihatdan tadqiq qilish usullari kiradi. Olimlarning yuridik faoliyat sohasida olib boradigan ilmiy - tadqiqot usullari, tajribalari katta ahamiyat kasb etadi. Amaliy bilish tamoyillari esa ilmiy jihatdan asoslangan ma'lumotlarni, xulosalarni tergov, so'roq qilish amaliyotlariga tadbiq qilish imkonini beradi. 3. Yuridik faoliyatda shaxsni o'rganishning psixologik usullari. Yuridik faoliyatda shaxsni o'rganishning psixologik usullari quyidagilardan iborat: Individual suhbat - uning yordamida kuzatish paytida to'plangan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.14 KB
Ko'rishlar soni 593 marta
Ko'chirishlar soni 92 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:14 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.14 KB
Ko'rishlar soni 593 marta
Ko'chirishlar soni 92 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga