Zigmund Freydning psixoanaliz nazariyasi

Zigmund Freydning psixoanaliz nazariyasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Zigmund Freydning psixoanaliz nazariyasi - rasmi

Material tavsifi

BUYuK FRYeYD VA UNING PSIXOANALIZ TA'LIMOTI Freydning bolalik davri? Zigmund Freyd Chexiyaning Prshibor (hozirgi Freyburg) shaxrida 1856 yili 6 mayda dunyoga kelgan. 1860 yili Freydlar oilasi Vena shahriga ko'chib o'tishgan. Demak, kichik Zigmund bu shaharda bor-yo'g'i 4 yoshga kirgunga qadar yashagan. Shunday bo'lsada, chexlar buyuk olim sharafiga Praga shaxrida U bizning yurtda dunyoga kelgan deb yodgorlik haykalini o'rnatishgan. Z. Freyd ko'p bolalik oilada dunyoga kelgan. Ularning oilasida 8 ta farzand edi. Zigmund esa oilada uchinchi farzand bo'lgan. Zigmund o'ta nimjon bo'lib, tez-tez kasal bo'lardi. Shuning uchun ham oilada asosiy etibor unga qaratilardi. Otasi o'g'lining o'lib qolishidan juda qo'rqardi. Freydlar oilasi kambag'al yashashgan. Uning otasi jun (sherst) sotib farzandlarini boqqan. Zigmund jismonan nimjon bo'lishiga qaramasdan ilm olishga juda chanqoq bo'lgan. U bolalik davridanoq o'ta ziyrak va aqlli bo'lsa-da, o'ta injiq va qaysarligi bilan ham ajralib turgan. Yosh Zigmundni deyarli barcha ma'lumotlar qiziqtirardi. U chet tillarni ham tez o'zlashtirgan. xayolparast va shuxratparast Zigmund! Freyd o'smirlik davridanoq xayolparast va shuxratparast bo'lgan. Uning ilmga, ayniqsa tabiiy fanlarga chanqoqligi avj olib borardi. U barcha ilmlarni egallab mashxur kishi bo'lishni orzu qilar va ko'p kitob mutolaa qilardi. Freyd maktabda o'qib yurgan paytidayoq Ch. Darvinning ta'limoti bilan qiziqib qoladi va uni boshdan-oyoq o'qib chiqadi. Yosh Freyd o'z tengdoshlariga Men Ch. Darvinga o'xshagan tabiatshunos olim bo'laman deb xitob qilgan. Menimcha buning ajablanarli joyi yo'q. Chunki o'smirlar xayolparast va orzumand bo'lishadi. Ota-onasi og'ir xarakterli Zigmunddan aziyat chekishsa-da, uning ta'lim olishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga harakat qilishgan. Z.Freyd bolalik davridayoq tabiiy fanlarga juda qiziqqan. Freydning nega do'sti bo'lmagan? Zigmundning xarakteri o'ta og'ir bo'lganligi uchun ham uning do'stlari deyarli bo'lmagan. Freyd keyinchalik Eynshteynga yozgan xatida buni o'zi ham tan olgan. Shuning uchun bo'lsa kerak, u yolg'izlikka intilgan. U xatto mashhur bo'lib ketganida ham yolg'iz qolgan. Freydning bolalik paytidagi o'ta o'jarligi keyinchalik kuchaysa-kuchayganu, biroq barham topmagan. Shu bois bo'lsa kerak, u xatto o'zining dastlabki shogirdlari - Alfred Adler va Karl Gustav Yung bilan ham kelishmagan. Ular Freydni tark etishgan. Balkim Freydning o'zi ularni haydab yuborgandir. Agar Gyote Oddiylik - bu buyuklikdir degan bo'lsa, Freyd Yolg'izlik - bu buyuklikdir degan tamoyilga asoslanib yashagan va ijod qilgan. Ilm pillapoyalari Freyd 17 yoshida, yani 1873 yili gimnaziyani muvaffaqiyatli tugatib mashhur Vena universitetining meditsina fakultetiga o'qishga kiradi. Vena universiteti Yevropada eng mashhur ilm maskanlaridan biri bo'lib, unda dunyoga mashhur olimlar dars bergan. Freyd falsafiy yo'nalishdagi fanlar bo'yicha ilmiy to'garaklarga qatnashib yuradi. U 1876-1882 yillari Freyd Ernst Bryukkning fiziologiya laboratoriyasida ilmiy izlanishlar olib boradi va orqa miyaning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 63.69 KB
Ko'rishlar soni 835 marta
Ko'chirishlar soni 198 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:12 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 63.69 KB
Ko'rishlar soni 835 marta
Ko'chirishlar soni 198 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga