Diqqatning neyrofiziologik mexanizmlari (retikulyar sistemasi aktivatsiyasi) Hozirgi zamonda diqqatning neyrofiziologik mexanizmlarini tadqiq etish, ko'p jihatdan psixik jarayonlar kechishining tanlovchanlik xususiyatiga bog'liqdir. U faqat qo'zg'alishing optimal darajasi mavjud bo'lgan miya po'stining uyg'oq (tetik) holati orqaligina ta'minlanishi mumkin. Miya po'stining uyg'oqlik darajasi po'stda zarar mexanizm (tonus) bilangina ta'minlanib, bosh miyaning tepa stovolida normal munosabatni saqlovchi ko'tariluvchi retikulyar formatsiyani aktivlashtirish faoliyati bilan uyg'unlikka egadir. Ko'tariluvchi retikulyar formatsiyaning aktivatsiyasi miya po'stlog'iga organizmdagi jarayonlarning alsmashishini taminlovchi impulslar olib borib, uyg'oqlik holatini yuzaga keltirib turadi. Bunda ekstroretseptorlar tashqi qo'zg'atuvchilar yordamida tashqaridan kirnib keluvchi informatsiyalarning oldin stvolning tepa bo'linmasiga hamda ko'rish tepaligining chdrosiga, keyin esa bosh miya po'stiga olib boradi. Bosh miya po'stining optimal tonusi va uyg'oqlik (tetiklik) holatini tag'minlash faqat ko'tariluvchi retikulyar formatsiyaning aktivatsiyasiga bog'liq emas. Balki bu narsa tushuvchi retikulyar formatsiya faoliyatiga ham aloqadordir. Tushuvchi retikulyar sistemaning apparati tolalari bosh miya po'stidan boshlanib (pesxona va chakka qismlarining medial va medibazal bo'linmalarida), stvol yadrosi tomon, so'ng orqa miyaning harorat yadrosi sari yo'nalishda harakat qiladi. Shuning uchun tushuvchi retikulyar formatsiyaning faoliyati juda muhim bo'lib, uning yordamida miya stvoli yadrosiga qo'zg'alishni tanlovchi sistemasiga etkaziladi, dastavval bu jarayon bosh miya po'stlog'ida yuz berib, murakkab bilish jarayonlari ontogenezida vujudga kelgan xatti-harakatlarning murakkab programmasi tariqasida insonning ongli faoliyatining yuksak formasi mahsuli bo'lib hisoblanadi. Har ikkala retikulyar formatsiyalorni tarkibiy qismlarining o'zaro ta'siri miyaning aktiv faoliyatini o'z-o'zini boshqaruvchi murakkab formasi bilan ta'minlaydi. Ular elementar, sodda biologik hamda murakkab, kelib chiqish jihatdan ijtimoiy stimulyatsiya formasi ta'siri bilan o'rin almashtirib turadilar. Aktivatsiya jarayonini ta'minlashdagi bu sistemaning muhim ahamiyati ko'p seriyadan iborat eksperimental dalillar neyrofiziologlar Matun, Djaster, Lindsli, Anoxin kabilar tomonidan tekshirilgan. Bremerni tajribasining ko'rsatatishicha, stvolning quyi bo'linmalarini kesish tetiklik (uyg'oqlik) holatini o'zgarishiga olib kelmaydi, lekin stvolning yuqori qismini kesish elektr potentsiallarning asta-sekin paydo bo'lishi bilan uyquni vujudga keltiradi. Lindsli, sensor qo'zg'atuvchini vujudga keltiruvchi mazkur signallar miya po'stlog'iga borishni davom ettiradi, lekin po'stning bu signallarga javobi qisqa muddatli bo'lib, uzoq vaqtli turg'un o'zgarishin amalga oshirmaydi. Ushbu dalillarning ko'rsatishicha, uyg'oqlik (tetiklik) holatini harakaterlovchi qo'zg'alishning murakkab jarayonlarini vujudga keltirish uchun sensor impulslar oqimining o'zi kifoya qilmaydi. Shuning uchug retikulyar sistemasi aktivatsiyasini qo'llab-quvvatlab turuvchi tag'sir zarur. Lidslining psixologik tajribasiga qaraganda, ko'tariluvchi retikulyar formatsiyaning aktivatsiyasi natijasida stvol yadrosidagi qo'zg'alish hayvonlarda sezgi chegarasini pasaytiradi, ular uchun oldin mumkin bo'lmagan ishni amalga oshirish imkoni yaratiladi, nafis farqlash (diffirentsirovka) vujudga keladi: konus bilan uchburchak tasvirini aniqlash va boshqalar. Doti, Ernandes Peon va boshqalarning retikulyar formatsiya yo'llarining kesilishi oldin mustahkamlangan shartli reflekslarning yo'qoloshiga olib keladi. Biroq retikulyar formatsiya yadrosini qitiqlashda, hatto qo'zg'atish chegarasi atrofida ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.86 KB
Ko'rishlar soni
364 marta
Ko'chirishlar soni
46 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:12
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.86 KB
Ko'rishlar soni
364 marta
Ko'chirishlar soni
46 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:12 ]
Arxiv ichida: docx