Jamiyat tushunchasi Jamiyat bu insoniyat taraqqiyoti jarayoni bo'lib kishilarning tabiat bilan uzviy bog'likda yashashi, rivojlanish, hayot kechirish manbaidir. Jamiyat bu murakkab jarayon bo'lib jamiyatdagi hamma sotsial institutlar, etnik guruhlarning o'zaro aloqa va munosabatlari majmuasi bo'lib unda moddiy noz-nematlar yaratadigan, uni taqsimlaydigan taraqqiy etib yanada rivojlanadigan sotsial tarixiy jarayondir. Jamiyat o'z tarkibiga kiradigan bir qator strukturalari bilan farq qiladi. Ular jamiyat strukturalariga, yani sotsial struktura, milliy struktura va irqiy, demografik va boshqa strukturalardan iboratdir. Jamiyat va ijtimoiy munosbatlar taraqqiyoti dastlab uning sotsial strukturasida jiddiy o'zgarishlarni o'zida taqqoza etadi va uning butun dinamikasi va o'zgarish sababida mohiyatini tushuntirmasdan jamiyat va ijtimoiy tizimlar haqida biron xulosa qilish mumkin emas. Chunki sotsiologik tekshirishlar shunday dalolat beradi, yani jamiyat sotsial strukturasida, hayotning va ijtimoiy taraqqiyotning hamma qarama-qarshilik va ziddiyatlari yotadi. Jamiyat sotsial strukturasi tushunchasida ilmiy sotsiologik adabiyotlarda bir qancha ko'rsatmalar, traktovkalar (yoki tushunchalar) mavjud. Keng manoda sotsial strukturasi, bu jamiyat elementlarning o'zaro aloqalari va munosabatlari hosilasidir. Aniqrog'i «sotsial struktura» turli birliklar va ular o'rtasidagi aloqa va munosabatlar bilan xarakterlanadi: Umumiy sotsial struktura tor manoda jamiyatning sotsial toifalar, sotsial gruppalar va boshqa sotsial-qatlamlar, o'rtasidagi munosabatlar jamiyatning sotsial-toifa, tabaqali strukturasi deyiladi. Ular qo'yidagilardan iborat: 1. Sotsial-sinfiy tabaqaviyligi (unga sinflar, sotsial gruppalar, sotsial-qatlamlar) tashkil qiladi. 2. Sotsial-demografik holati, (unga yoshlar, xotin-qizlar), (ona, ayol, xotin-qiz), erkaklar (ota, yer, o'g'il-erkak), keksalarni tashkil qiladi. 3. Sotsial-etnik, birligi, unga-millat, xalq, xalqchilik, el-elat, urug', qabilalar kiradi. 4. Professionallik - kasbkorlik, unga (turli kasb, mutaxassislik, hunarmandlik kiradi). 5. Irqiy birlik, unga (oq tanli, qora tanli, mongoloidlar). Unda asosan jamiyatning moddiy jarayoni, yani iqtisodiyot va uning taqsimlanishi muhim rol o'ynab, iqtisodiy sotsiologiyasi tashkil etadi. Jamiyatda iqtisodiy sotsiologik yoki jamiyat iqtisodiyotining ijtimoiyligi ijtimoiy qonuniyatlarni o'rganadi, shu bilan birga bu mohiyat jarayonlariga, taqsimot munosabatlariga moddiy mo'l-ko'lchilikka, turmush sharoitlariga - umuman jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga bog'liq ekanligini o'rganadi. Bu jamiyat ijtimoiy strukturasining sotsial iqtisodiy munosabatlari deyiladi. Malumki, jamiyat-kishilar hayotiy faoliyatining tarixiy rivojlanish shakli bo'lib, o'z tuzilishi jihatdan murakkab tizimni tashkil qiladi. Sotsiologiya tarixda jamiyat o'z ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi kishilar birligi sifatida tushunilgan. Shuning uchun ham sotsiologiyaning asosiy vazifalaridan biri ijtimoiy hayot va ijtimoiy munosbatlarni o'rganishdir. Chunki, sotsiologiya fanining o'zi jamiyat to'g'risidagi ta'limot bo'lib, ijtimoiy tizimlar rivojlanish va funksional qonuniyatlari, harakatlantiruvchi kuchlarini o'rganuvchi fandir. Sotsiologiya terminining o'zi tarjima qilinganda «Jamiyat haqidagi so'z» degan manoni anglatadi. Demak, sotsiologiya turli ijtimoiy hodisalar, jamiyat va inson o'rtasidagi aloqadorlikni, shuningdek shaxs, kishilarning ijtimoiy xulqi, uning elementlari va rivojlanish qonuniyatlarini o'rganadi. Shunday ekan sotsiologiya fani boshqa fanlarga nisbatan jamiyatni qanday nuqtai nazardan o'rganadi? Birinchidan, jamiyatning ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
56.77 KB
Ko'rishlar soni
236 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:12
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
56.77 KB
Ko'rishlar soni
236 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:12 ]
Arxiv ichida: docx