Ijtimoiy rol - rasmi

Material tavsifi

Ijtimoiy rol Har bir alohida shaxs jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan ijtimoiy normalar va sanksiyalarni u yoki bu ijtimoiy rollarni bajarishi mobaynida xulqida namoyon etadi. Rol - shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, uning konkret hayotiy vaziyatlardagi huquq va burchlaridan iborat harakatlari majmuini bildiradi. Masalan, talaba rolini oladigan bo'lsak, uni bajarish - u yoki bu oliy o'quv yurtida taxsil olish, uning moddiy bazasidan foydalanish, kutubxonasiga azo bo'lish, stipendiya olib, ma'muriyatning ijtimoiy himoyasida bo'lish kabi qator huquqlar bilan birgalikda o'sha oliygoh ichki tartib - intizomi normalariga so'zsiz bo'ysunish, darslarga o'z vaqtida kelish, reyting baholov talablari doirasida kundalik o'zlashtirish normalarini bajarish, amaliyotda bo'lish, dekanatning bergan jamoatchilik topshiriqlarini ham bajarish kabi qator burchlarni ham o'z ichiga oladi. Bu rol uning uyga borgach bajaradigan «farzandlik» roli (ota va ona, yaqin qarindoshlar oldida) talab va imtiyozlaridan farq qiladi. Yani, konkret shaxsning o'ziga xosligi va qaytarilmasligi u bajaradigan turli - tuman ijtimoiy rollarning xarakteridan kelib chiqadi. Shunga ko'ra, kimdir «tartibli, bamani, fozil, axloqli va odobli» deyilsa, kimdir - bemani, bebosh, o'zgaruvchan, ikkiyuzlamachi (yani, bir sharoitda juda qobil, boshqa yerda - betartib) degan hayotiy mavqega ega bo'lib qoladi. Hayotda shaxs bajaradigan ijtimoiy rollar ko'p ligi sababli ham, turli vaziyatlardagi uning mavqei - statusi ham turlicha bo'lib qoladi. Agar biror rol shaxs ijtimoiy tasavvurlari tizimida uning o'zi uchun o'ta ahamiyatli bo'lsa (masalan, talaba roli), u boshqa rollarni unchalik qadrlamasligi va oqibatda, o'sha vaziyatda boshqacharoq, noqulay va noboproq mavqeni egallab qolishi mumkin. qolaversa, rollarning ko'pligi bazan rollar ziddiyatini ham keltirib chiqarishi mumkinki, oqibatda - shaxs ichki ruhiy qiyinchiliklarni ham boshdan kechirishi mumkin. Masalan, sirtdan tahsil olayotgan talaba sessiya paytida ishlab turgan korxonasiga komissiya kelishi va uning faoliyatini tekshirayotganligini bilib, ruhiy azobga tushadi - bir tomondan, talabachilik va uning talablari, ikkinchi tomondan - kasbdoshlar oldida uyalib qolmaslik uchun har kuni ishxonaga ham borib kelish. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 38.2 KB
Ko'rishlar soni 234 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:12 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 38.2 KB
Ko'rishlar soni 234 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga