Ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyasi

Ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyasi - rasmi

Material tavsifi

Ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyasi Ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyasi XX asrning boshida Angliyada shakllandi. Uning asoschisi ingliz psixologi Uilyam Makdugall bo'lib, u o'zining 1908 yilda yozgan Ijtimoiy psixologiyaga kirish kitobidagi inson xulq-atvorlarining motivi yoki uni harakatga keltiruvchi kuch instinktlardir, - deb yozgan. Keyinchalik u instinkt tushunchasi bilan birga layoqat, intilish iboralarini ham ishlata boshladi. Uning fikricha, xulq-atvorni taminlovchi narsa tug'ma, psixofiziologik tayyorlik holati bo'lib, u nasldan-naslga uzatiladi. Makdugall barcha harakatlarni refleksiv holda tushuntirishga intilib, refleksiv yoyga xos bo'lgan barcha qismlar - yani efferent qabul qiluvchi, retseptiv bo'lim, efferent (harakat) va markaziy bo'limdan iborat tizim sifatida tasavvur qiladi. Barcha ijtimoiy harakatlar ham ana shunday refleksiv tabiatga egadir, deb uqtiradi u. Shunga o'xshash fikrlar E.Ross (Ijtimoiy psixologiya ) va Dj.Bolduin (Ijtimoiy psixologiya bo'yicha tadqiqotlar) qarashlarida ham rivojlantirilgan. Masalan, Bolduin ikki turli irsiyat haqida - tabiiy va ijtimoiy irsiyat haqida yozib, ijtimoiy odamlardagi taqlid qilish qobiliyati bilan bog'liq, deb yozadi. Jamiyatda yashayotgan odamlar bir-birlariga ta'sirlarini o'tkazishga moyildirlarki, bu narsa ular o'rtasidagi munosabatlarni boshqarib turadi. Shunday qilib, bu yo'nalish tarafdorlarining fikricha, barcha ongli harakatlarning boshi - ongsizlikdir, yani instinktlar bo'lib, ular asosan hissiyotlarda namoyon bo'ladi. Hissiyot bilan instinktlar bog'liqligini Makdugall juftliklarda ko'rsatishga harakat qilgan: masalan, kurash instinkti - qo'rquv, g'azab hissi; nasl qoldirish instinkti - rashk ayollardagi tobelik hissi; o'zlashtirish instinkti - xususiylikka intilish hissi va hokazo. Ijtimoiy hodisalarni tushuntirishda tug'ma instinktlar rolining yuqori qo'yganligi uchun bu nazariya ilmiy taraqqiyot bosqichida salbiy o'rin tutdi, deb aytishimiz mumkin. Lekin uning ayrim hodisalar sabablarini tushuntirishga harakat qilishi fan oldiga ulkan vazifalarni qo'ydi. Ijtimoiy psixologiya fan sifatida ana shu muammolarni tadqiq qilishi lozim edi. Demak, yuqorida to'xtab o'tilgan uchala nazariyaning ahamiyati shundan iborat ediki, ular yangi tug'ilishi lozim bo'lgan fan - ijtimoiy psixologiyaning tadqiqot mavzuini ochib berdi. Qolaversa, bu uchchala yo'nalish ham nazariy qarashlarni isbot qilishda obyektiv tekshiruv usuli hisoblangan eksperimentdan foydalanish zaruriyatini ko'rsatdi. Bu narsa yana bir bor maxsus fanning kelajak rejalarini aniqlashga yordam berdi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.05 KB
Ko'rishlar soni 1151 marta
Ko'chirishlar soni 261 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:12 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.05 KB
Ko'rishlar soni 1151 marta
Ko'chirishlar soni 261 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga