Ijtimoiy-psixologik testlar

Ijtimoiy-psixologik testlar

O'quvchilarga / Psixologiya
Ijtimoiy-psixologik testlar - rasmi

Material tavsifi

Ijtimoiy-psixologik testlar Testlar psixologiyadan kirib kelgan usuldir, bu qisqa sinov usuli bo'lib, ular yordamida u yoki bu ijtimoiy psixologik hodisa qisqa muddat ichida bir texnik usul - testda tekshiriladi. Testlarni qo'llashning qulaylik tomoni- bir test yordamida bir obyektning u yoki bu xususiyatini bir necha marta, takror-takror sinab ko'rish mumkin. Lekin ularni universal deb bo'lmaydi, chunki u yoki bu testni faqat qanday turdagi obyektda sinalgan bo'lsa, shunga o'xshash obyektlardagina qo'llash mumkin, qolaversa, bunda olingan ma'lumotlar nisbiy xarakterga ega bo'ladi. Lekin shunday bo'lishiga qaramay, testlar, ayniqsa hozirgi kunlarda hayotimizga keng kirib keldi. Shaxs xususiyatlarini tekshiruvchi testlardan tashqari, shaxsning muloqot sistemasidagi o'rnini, undagi muloqot malakalarining bor-yo'qligini sinovchi, shaxs aqliy sifatlarini tekshiruvchi testlar keng qo'llanilmoqda. Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki, testni tuzish, uni obyektlarda sinovdan o'tkazish, xattoki, tayyor testni moslashtirish yuksak bilimlarni, malakani, olimlik odobini talab qiladigan ishdir. Testlar xususida yana shuni aytish mumkinki, har bir testning o'z ''kaliti bo'ladi va bu kalitning egasida maxsus litsenziyalar, yani kelishuvga ko'ra ishonchli shaxslargagina sotish, berish huquqi bo'ladi. ''Kalitsiz esa maxsus testlarni hech kim ishlata olmaydi. Test - so'rov oldindan qatiy tarzda qabul qilingan savollarga beriladigan javoblarni taqozo etadi. Masalan, Ayzenkning 57 ta savoldan iborat testi shaxsdagi introversiya - ekstroversiyani o'lchaydi, savollarga «ha» yoki «yo'q» tarzida javob berish so'raladi. Test - topshiriq odam xulqi va holatini amalga oshirgan ishlari asosida baholashni nazarda tutadi. Masalan, shaxs tafakkuridagi ijodiylilikni aniqlash uchun ko'pincha bir qarashda oddiygina topshiriq beriladi: berilgan 20 ta doira shaklidagi shakllardan o'zi xoxlagancha rasmlar chizish imkoniyati beriladi. Malum vaqt va tezlikda bajarilish surati, rasmlarning o'ziga xos va betakrorligiga qarab shaxs fikrlashi jarayonining naqadar nostandart, ijodiy va kreaktivligiga baho berilib, miqdoriy ko'rsatgich aniqlanadi. Bu metodlarning umumiy afzalligi ularni turli yosh, jins va kasb egalariga nisbatan qo'llashning qulayligi, bir guruhda natija bermasa, boshqa guruhda yana qayta tekshiruv o'tkazish imkoniyatining borligi bo'lsa, kamchiligi - bazan tekshiriluvchi agar testning mohiyatini yoki kalitini bilib qolsa, sun'iy tarzda uning kechishiga ta'sir ko'rsatishi, faktlarni soxtalashtirishi mumkinligidir. proyektiv testlar. Bu usullar test usullarining bir ko'rinishi bo'lib, unda tekshiriluvchiga aniq tizim yoki ko'rinishga ega bo'lmagan, noaniq narsalar tavsiya etiladi va ularni sharhlash topshirig'i beriladi. Yani, tekshiriluvchiga turlicha talqin qilish mumkin bo'lgan rasmlar, tugatilmagan hikoyalar, biror aniq ko'rinishga ega bo'lmagan buyumlar, yog'ochlar berilishi mumkin, ularga qarab tekshiriluvchi o'zining hissiy dunyosi, qiziqishlari, dunyoqarashi nuqtai nazaridan baho berishi mumkin. proyektiv usullarga mashhur Rorshaxning siyoh dog'lari testini kiritish mumkin (1921 y.). Bu dog'lar ikki tomonlama simmetrik shaklda berilgan 10 xil dog'lardan iborat bo'lib, har bir dog' har xil buyoqli fonda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 46.47 KB
Ko'rishlar soni 1150 marta
Ko'chirishlar soni 235 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:12 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 46.47 KB
Ko'rishlar soni 1150 marta
Ko'chirishlar soni 235 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga