Inson xarakterlari Qadimda, odamlar to'da bo'lib yashagan davrlarda har bir to'da azosining malum vazifasi bo'lgan. To'da sardori to'da boshqarish, soqchilar havf-hatardan himoya qilish, ovchilar esa to'dani oziq-ovqat bilan ta'minlash bilan shug'ulanishgan. Vazifalar taqsimlanishi asta-sekin gen darajasida mustahkamlanib, chaqaloqlar biror vazifani bajarishga mo'ljallangan gen bilan tug'ilishgan. Aynan shu gen odamni o'zini kerakli vazifasini bajarishga undaydi. hozirgi zamon odamlari orasida ham ushbu prinsip amal qiladi. Kimdir birovlarni etiborini o'ziga qaratishga urinsa, boshqalar o'zini sezdirmaslikka harakat qiladi. Maktab sinflarida alochilar oldingi qatorga, ikkichilar orqa o'rindiqlarga, cheka joylarga ovchi va himoyachilar, o'rtada esa himoyaga muhtoj o'quvchilar joylashishga intilishadi. Boshlang'ich sinflarda o'qituvchi bu o'zboshimchalikni oldini olishga harakat qilib, bolalarni o'z xohishi bilan o'tirishlariga to'sqinlik qiladi va bolani nevroz holatiga kelishiga sababchi bo'ladi. Katta sinfga o'tgach genlarning chaqiruvi bois bolalar baribir istagan joylariga o'tirishib olib, bu joylarini almashtirmaslikka harakat qilishadi. Katta odam biror zalga kirgan payt beixtiyor o'zini tinch va xotirjam his qiladigan joyga o'tirib oladi. Chunki bu joy uning o'zining joyi. Aynan shu prinsipga asosan inson xarakteri turlarga bo'linadi. Atoqli avstriyalik psixoanalitik Zigmund Freyd 1908 yilda birinchi bo'lib mazkur prinsipni o'zining Xarakter va anal erotika maqolasida tasvirlab bergan. Keyinchalik bu mavzu akademik Ganzin va uning shogirdi Tolkachyovlar tomonidan davom ettirilib tizim shakliga keltirilgan. Ushbu ta'limotga ko'ra inson psixikasi (ruhi) tanadagi teshiklar orqali tashqariga mo'ralaydi. Psixikaning qaysi teshikdan tashqariga qarashiga qarab insonning xarakteri shakllanadi. ta'limot asoschilari inson ikkita ovalsimon qismdan, yani bosh va tanadan iboratligini va ularning har birida to'rttadan teshiklar tizimi mavjud ekanligi takidlashgan.Shunda: Tanadagi teshiklar: anus (orqa chiqaruv teshigi), uretra (oldingi chiqaruv teshigi), lyumbikus (kindik, bog'lanishidan oldin uning ham teshik bo'lganligini eslang) va teri (uni teshiklar tizimi deb atasak to'g'riroq bo'ladi va bular ichida emchak teshiklari asosiy rolni o'ynaydi deb qaraladi). Bosh qismdagi teshiklar: og'iz, burun, ko'zlar, quloqlar. Bosh terisi yuzasi juda kichik bo'lganligi uchun uni tana teshigi deb qarash qabul qilingan. Tananing turli qismlarida qo'zg'alish markazlari joylashgan. Bu qo'zg'alish markazlari ta'sirlanganda tanada shahvoniy qo'zg'alish yuzaga kelib boshqa hamma narsani unutishga olib keladi. Agar hozirgi zamon insonlari bu jarayonni boshqarishni o'rganishgan bo'lsa, yarim yovoyi odamlar bunday qobiliyatga ega bo'lishmagan. Muxtasar aytganda, qo'zg'alish markazlarining joylashishiga qarab, odamlarning xarakterlari ham turlicha bo'ladi. Albatta, insonda shahvoniy qo'zg'alish nuqtasi faqat bitta bo'lmaydi. Odatda ular bir nechta bo'lib, ularning ichida birortasi dominant (asosiy), boshqalari esa belgilovchi bo'ladi. Inson xarakteriga bu qo'zg'alishlarning hammasi bir vaqtda ta'sir qiladi va uning xarakterining o'ziga hosligini ta'minlaydi. Buning ustiga bitta oilada faqat bir hil genli bolalar tug'ilmaydi. Bolalarning har biri o'ziga xos gen bilan ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
28.02 KB
Ko'rishlar soni
244 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:13
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
28.02 KB
Ko'rishlar soni
244 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:13 ]
Arxiv ichida: docx