Liderlik uslublari haqida tushuncha

Liderlik uslublari haqida tushuncha

O'quvchilarga / Psixologiya
Liderlik uslublari haqida tushuncha - rasmi

Material tavsifi

Liderlik uslublari haqida tushuncha Har bir lider yoki boshliq o'zicha individual va qaytarilmasdir. Buning boisi har bir boshliq o'z ish faoliyatini, boshqaruv faoliyatini o'ziga xos tarzda tashkil etishidadir. Ijtimoiy psixologiyada boshqaruv sohasida batafsil o'rganilgan muammolardan biri - turli boshqaruv uslublaridir. Bu sohada nemis olimlari G.Gibsh va M. Forverg, rus olimlari V.D. Parigin, L.N. Umanskiy, M.Yu. Jukov va boshqalarning ishlari ayniqsa diqqatga sazovordir. Barcha ilmiy tadqiqotlarni umumlashtirgan holda ijtimoiy psixologiyada qabul qilingan uch asosiy boshqarish uslublariga xarakteristika berib chiqamiz. Bu uch uslub: Avtoritar; Demokratik; Liberal ish uslublaridir. Avtoritar uslub Avtoritar rahbar barcha ko'rsatmalarni ishchanlik ruhida, aniq-ravshan, keskin ohangda xodimlarga etkazadi. Muloqot jarayonida ham xodimlarga nisbatan do'q-po'pisa, keskin taqiklash kabi qatiy ohanglardan foydalanadi. Uning asosiy maqsadlaridan biri - nima yo'l bilan bo'lsa-da, o'z hukmini o'tkazish. Uning nutqi ham aniq va ravon doimo jiddiy tusda bo'ladi. Biror ish yuzasidan xodimlarni maqtash yoki ularga jazo berish, tanqid qilish sof subyektiv bo'lib, bu narsa boshliqning kayfiyatiga va o'sha shaxslarga nisbatan shaxsiy munosabatiga bog'liq. Jamoa a'zolarining tilak-istaklari, ularning fikrlari va maslahatlari juda kam xollardagina inobatga olinadi, aksariyat hollarda bunday istaklar yoki ko'rsatmalar to'g'ridan-to'g'ri do'q-po'pisa, kamsitish yoki ma'naviy jazolash yo'li bilan cheklanadi yoki qoniqtirilmaydi. Bunday rahbar o'z ish uslublari, kelajak rejalari, biror aniq ishni, operatsiyani qanday amalga oshirmoqchiligini odatda, jamoadan sir tutadi, uning fikricha, bu uning obro'yiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Guruhdagi ijtimoiy-fazoviy munosabatlardagi o'rni jihatidan, u ''jamoadan chetda, avtonomdir. Avtoritar rahbarda har bir jamoa a'zolarining qobiliyatlari, ishga munosabatlari, mavqelariga ko'ra tutgan o'rinlari haqida tasavvurlar borki, shunga ko'ra u har bir xodimning ish harakatlarini maksimal tarzda dasturlashtirib qo'ygan, unda har qanday cheklashlar uning ochiq g'azabini keltiradi va buning uchun unda jazolashning turli uslublari mavjud. Yani bunday jamoalarda hokimiyat- markazlashtirilgan, jamoa rahbari ushbu markazning yakka hokimi - shuning uchun ham bu yerda ''mening odamlarim, ''mening ishim, ''mening fikrim bo'yicha kabi iboralar tez-tez ishlatiladi. Bunday rahbarlarda ishiga nisbatan shunday fidoiylik borki, ular o'zlarini shu ishsiz tasavvur qila olmaydilar, yani ish uning ''butun vujudini qamrab olgan. Shu sabab bo'lsa kerak bunday rahbar har bir odamni uning kundalik ish faoliyatini, uning natijalarini juda yaxshi biladi. Lekin, aslida, uni ishning mazmunidan ko'ra, uning o'sha yerdagi yetakchilik roli, boshliqligi ko'proq qiziqtiradi va o'ziga o'sha sifatlarga qarab baho beradi. Bu sifat, tabiiyki, ishning sifatiga ham ta'sir qilgani uchun jamoa oldiga qo'yilgan barcha topshiriqlar bajarilmay qolmaydi (''temir rahbar). Bunday jamoalarda tanqid ishi juda sust, chunki u o'zini ham, boshqalarni ham tanqid qilishlariga yo'l qo'ymaydi. Tanqid qilishga, uning fikricha, faqat boshliq haqli, yig'ilishlarda so'zni o'zi boshlab, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 42.69 KB
Ko'rishlar soni 564 marta
Ko'chirishlar soni 63 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:13 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 42.69 KB
Ko'rishlar soni 564 marta
Ko'chirishlar soni 63 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga