Motiv muomalasi va uning yechimiga doir mulohazalar Sobiq sovet psixologiyasi motivlar muammosini dialektik materializm printsplariga asoslanib tadqiqodlangan. Bu esa eng avvalo motivlar tizimi inson hayoti va faoliyatiga murakkab tuzilgan boshqaruvchisi (regulyatori) sifatida tushunishni bildiradi. Mazkur yo'nalishga daxldor psixologlar o'rtasida shaxsning faolligi, ongning faolligi haqidagi g'oyalar keng tarqalgan. Jumladan, S.L.Rubinshteyn motivlashgan tizimning inson borliqni aks ettirishdagi asosiy rolini ko'rsatib, shunday mulohazalarni takidlab o'tadi: birinchi bo'lib kuzatish obyektlari emas, balki ehtiyoj obyektlari va inson xatti-harakatlari beriladi. Motivlashgan ustanovkalarning faollikka oid o'ziga xosligi ham shunday tuzilgan va u o'zi xohlagan borliqning elementi va holatini belgilashga xizmat qiladi. Ularning fikricha, tashqi olamga munosabatning faol motivatsion xususiyatini ko'rsatib o'tishning o'zi kifoya. S.L.Rubinshteyn «ong-bu faqatgina aks etish emas, balki insonning tashqi muhitga nisbatan munosabati hamdir» deb yozadi. Motivlarning tuzilishi bilan bevosita borliq ongning bosqichli tuzilishi muammosi psixologlar tomonidan tezkorlik bilan hal qilish, yechish, tekshirish, tadqiq etish zarur bo'lgan dolzarb masalaga aylanib bormoqda. S.L.Rubinshteyn ongning rolini ko'rsatish bilan bir qatorda psixikaning ko'pqirraliligi nuqtai nazaridan turli bosqichlarda ruhiy jarayonlarning vujudga kelishi, kechishi holatlarini tushuntirib berishga erishgan. Har qanday shaxsning xulq-atvorini psixologik jihatdan tushuntirishda quzg'atuvchilar (qo'zg'ovchilarni) turli bosqichlarda o'zaro murakkab bog'liqlikda olib qarash, ko'rish lozim, deb takidlaydi. Bu ko'p bosqichli tuzilma boshqarishni anglashilgan bosqichi singari anglanmagan motivatsion tendensiyalarni o'z ichiga oladi. Sobiq sovet psixologlari motiv tuzilishining bosqichli konsepsiyasini ishlab chiqarishda quyidagi mulohazalarga tayanganlar: a) ongning tarixiy kelib chiqish jarayoni bilan inson xulq-atvorini boshqarishning murakkab tizimiga ega ekanligi; b) ontegenezda bola shaxsining individual (yakkahol) shakllanish jarayoni bo'lmish genetik dalillarga asoslanganligi va boshqalar. Motivlar tuzilishini genetik bosqichda shakllanish ehtimolini tahlil qilish natijasida uning sodda, bir bosqichli tizimdan murakkab, ko'p bosqichli yuksak darajaga o'sib o'tish jarayoni ishonchli omillar yordami bilan yaqqol ko'rsatib beriladi. Umumlashtirilgan ma'lumotlarga ko'ra, sobiq sovet psixologlari motivlarning tuzilishi muomalasini tadqiq qilishda ularning dinamik va manoviy tomonlarining birligi prinsipidan kelib chiqish maqsadga muvofiq. Ular faol motivning dinamik holati haqida mulohaza yuritganlariga mazkur faoliyatning bazi jarayonlarida uning dinamikasi o'ta bo'rttirib talqin qilinadi. Shuni alohida takidlab o'tish maqsadga muvofiqki, sobiq sovet psixologlari motiv tuzilishiga oid masalaga yondashish jarayonida butun etiborini uning mazmuniy jabhasini alohida ko'rsatishga, manoviy tomonlarining birlamchiligini belgilashga yo'naltiradi. ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
43.89 KB
Ko'rishlar soni
414 marta
Ko'chirishlar soni
53 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:13
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
43.89 KB
Ko'rishlar soni
414 marta
Ko'chirishlar soni
53 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:13 ]
Arxiv ichida: docx